S. F. Abdirasilov


 0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistonda tasviriy sasi’atol o‘



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

2.2. 0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistonda tasviriy sasi’atol o‘
Mazmuni:
Sharq miniatyura maktablarining rivojlanishi va 
ularning uslublari. 0 ‘rta Osiyo, Eron, Hind, Misr 
miniatyurasi. 
Kitoblarga 
bezak 
ishlash 
maktabi 
(K.Behzod). Samarqand, Shoxruxiya, Buxoro maktablari. 
0 ‘zbekistonda tasviriy san’atni o'qitilishiga doir dastlabki 
ma’lumotlar. 0 ‘zbekis-tonda XX asr boshlarida tasviriy 
san’atni o‘qitilishi va shakllanishi. Tasviriy san’at 
o‘qituvchilarini 
o‘quv-metodik 
majmualar 
bilan 
ta’minlanishi.
0 ‘zbekiston hududida eramizdan avval ham tasviriy san’atning 
rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik turlari nihoyatda rivojlangan 
bo‘lib, ularning namunalari Varaxsha, Afrasiyob, Qalchayon, Tuproq 
qal’a, Bolalik tepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo‘yqirilgan 
qal’a, Ajina tepa, Teshik qal’a va boshqa bir qator joylardan topilgan. 
Bu asarlar eramizdan avvalgi IV-I asrlarda yaratilgan bo‘lib, ulaming 
yoshi 5-6 ming yilga to‘g‘ri keladi. Bu asarlaming badiiyligi hozirgi 
zamon rassomlari va haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlami o‘sha 
davrda to‘plangan ilg‘or tajriba, tasviriy san’at maktablarisiz yaratish 
mumkin emas. Ma’lumki, san’at bir necha avlodning ko‘p yillar 
davomida shakllangan an’analari, ustaning shogirdga o‘tkazgan bilimlari 
asosidagina taraqqiy topadi. Bu esa so‘zsiz umumiy badiiy ta’lim 
yo‘nalishida 
bo‘lmasa 
ham, 
kasbiy 
badiiy 
ta’lim 
shaklida 
rivojlanganligidan dalolat beradi. Ma’lum davrlarda 0 ‘zbekiston 
hududidagi san’at taraqqiyotida uzilishlar ro‘y berganligining sabablari, 
Iskandar Zulqaynar, mo‘g‘illar, arab, rus istilollariga borib taqaladi. 
Amir Temur mustaqil davlat tuzgan davrda tasviriy san’atning 
miniatyura turini gullab-yashnagani ham buning yaqqol dalilidir. Amir 
Temur davrida miniatyura va kitob grafikasi shunchalik tez rivojlandiki
u nafaqat Sharq, hattoki Yevropa mamlakatlari san’atiga ham o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, Samarqand, Buxoro, Hirot miniatyura 
maktablari bilan bir qatorda Bag‘dod, Tabriz, Sheroz, Ozarbayjon, Hind, 
Isfaxon, Turk miniatyura maktablari ham shakllandi va rivojlandi.
Mazkur miniatyura maktablarida, xususan, umumiy o‘rta ta’lim 
maktablari uchun tayyorlangan dasturlarida san’atshunoslik asoslari, 
rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni 
idrok etish bo‘limlari mavjud bo'lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta’lim tizimlari o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘yib boimaydi. Tasviriy 
san’atning nazariy asoslari hisoblangan rang, hajm, perspektiva, 
kompozitsiya asoslari kabilar, ham kasbiy, ham umumiy ta’lim tizimida 
o‘rganiladi. Faqat tasviriy san’atni o‘qitilishida talaba va bolalaming 
yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari hisobga 
olinishi lozim, xolos.
Tasviriy san’at tarixida buyuk naqqosh va musawir Kamoliddin 
Behzodga Hirotlik Mirak naqqosh ustozlik qilgani, unga miniatyura 
rangtasviri sirlarini o'rgatgani haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek
ustoz Mirak naqqoshning Hirot «Nigoristoni» (San’at akademiyasi) 
bo‘lganligi va unda Kamoliddin Behzod tarbiya olganligi ham ma’lum.
Professor Orif Usmonov o‘zining «Kamoliddin Behzod va uning 
naqqoshlik maktabi» nomli kitobida Behzod Tabrizda yashagan vaqtda 
nafis tasviriy san’at maktabini yaratganini qayd qiladi. U yerda musawir 
o‘z atrofiga eng iste’dodli yoshlami to‘plagani, ularga san’atining sir- 
asrorlarini o‘rgatgani va Tabrizda Sulton Muhammad, Mirzo Amir, Oqo 
Mirak, Muzaffar Ali, Sulton Muhammad Nur, Shomuhammad 
Nishopuriy, Yusuf Mullo, Mir Ali, Rizo Abbosiy, Mahmud Muzahhib, 
Mavlono Yoriy, Hasan Bag'dodiy, Abdulla Sheroziy, Darvesh 
Muhammad, Mir Said Ali, Qosim Ali singari o‘nlab iste’dodli 
musawirlarni tarbiyalaganligini yozadi. Uning shogirdlari Behzodning 
tasviriy san’at uslubini davom ettirganlari ham rasmiy ma’lumotlardan 
ayon.
0 ‘zbekistonda hozirgi zamon ta’lim tizimining paydo bo'lishi XX 
asming birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Bir guruh fan va madaniyat 
vakillari Sankt-Peterburg va Moskvalik rassomlar Turkistonga 
yuboriladi. Bu rassomlar Turkistonning yirik shaharlarida badiiy 
studiyalar tashkil etdilar, o‘z asariarining ko‘rgazmalarini o‘tkazdilar.
1918-yilda Toshkentda badiiy kommuna ochiladi, bir yildan keyin 
Samarqandda Turkiston o‘lka badiiy xalq maktabi ishga tushadi. 1920- 
yilda Andijonda rangtasvir maktabi, yangi Buxoroda san’at to‘garagi 
tashkil etildi, musulmonlar uchun tasviriy san’at kurslari ochildi. Bir 
yildan so‘ng respublikada badiiy maktab va studiyalar soni 29 taga yetdi 
va unda shug‘ullanuvchilar soni 500 kishidan oshib ketdi. 1921-yili 
ochilgan badiiy politexnikumda 170 o‘quvchidan 150 tasi o‘zbeklar edi.
1924-yilda Toshkent tasviriy san’at muzeyi qoshida badiiy studiya 
ochildi. Unda M.Kupriyanov (Mashhur Kukrinikslar gumhidan),
S.Chuykov, mahalliy yosh rassomlardan 0 ‘. Tansiqboyevlar yoshlar 
bilan mashg‘ulotlar olib bordilar. 1927-yilga kelib, Toshkent va 1929-
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


yilda 0 ‘zbekiston poytaxti hisoblangan Samarqandda badiiy bilim yurti 
tashkil etildi. Bu bilim yurtlariga ko‘proq mahalliy yoshlar qabul qilindi. 
Bu bilim yurtlarining asosiy maqsadi rassomlar tayyorlash bo‘lsa-da, 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorlash borasida 
ham ma’lum rol o‘ynadi.
Shu bilan birga ta’lim tizimida estetik va badiiy ta’lim 
masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi.
Natijada maktab dasturlari qayta ko‘rib chiqildi. Rasm darslarining 
asosini naturaga qarab rasm ishlash, mavzu asosida rasm ishlash, 
dekorativ rasm ishlash, san’at haqida suhbat o‘tkazish mashg‘ulotlari 
tashkil etdi. Bu dasturlarda o‘lkashunoslik materiallari ko‘p bo‘lmasada, 
har qalay o‘z aksini topdi, eng muhimi bu dasturda darsdagi 
o‘qituvchining yetakchilik roli katta ekanligi belgilab qo‘yildi.
1924-yilga kelib, maktab o‘quv rejalarida rasm darslari o‘z o‘rnini 
topmagan 
bo‘lsa-da, 
ayrim rassomlar bolalar tasviriy 
ijodini 
rivojlantirishga harakat qildilai'. Ana shunday iqtidorli yosh grafik 
rassomlardan biri Iskandar Ikromov edi. U 1925-yilda «Maorif va 
o'qituvchi», keyin «Alanga» jumallarida rasm chizishga doir maqolalar 
e’lon qildi. 1932-yilga kelib, uning «Rasm chizishni o‘rganish 
qo‘llanmasi», 1933-yilda esa «Kitob va jurnallar qanday nashr etiladi» 
albomi nashr etildi. 1935-yilda rassomning «Harf yozishni o‘rgan» 
kitobi ham chop etildi. Bu maqola va kitoblar yagona mehnat va 
politexnika maktablari talablari asosida yaratilgan «Rasm» predmeti 
dasturlariga mos edi. Mazkur ishlar faqat umumiy ta’lim maktablari 
uchungina emas, balki tasviriy san’at studiyalai'i, klublar, havaskorlik 
to‘garaklari, grafikani mustaqil o'rganuvchilar uchun ham ahamiyatli 
bo‘ldi.
1920-yügi o‘quv rejalaiida san’atga doir o‘quv predmetlariga 
tegishli o‘rin ajratilmagan bo‘lsa-da, 1929-yilga kelib, bu kamchilik 
bartaraf etila boshlandi. Maktablarda maxsus rasm o‘quv predmetlari 
o‘qitila boshlandi. Lekin 0 ‘zbekiston maktablari Rossiya maktablari 
uchun yaratilgan dasturlar asosida ishlay boshladi. Bu dasturlar ma’lum 
miqdorda 0 ‘zbekiston sharoitiga moslab lokalizatsiyalashgan edi. Shu 
munosabat bilan 0 ‘zbekiston xalq morifi kommisarligi tegishli joylarga 
yuborilgan xatida shunday deyilgan edi: «Majmuaning maqsadi unga 
tegishli material mazmuni, majmua bilan ishlash metodlari lokalizatsiya 
qilinadi. 0 ‘qituvchi oldindan o‘lkashunoslik materiallarini to‘plab oigan 
holda, o‘z tumani hayotiga oid eng xarakterli jihatlami dasturga 
kiritadi».
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shu munosabat bilan boshlang‘ich sinf «Rasm va loy ishi» 
tlasturiga o‘lka materiallari kiritila boshlandi. Ular tevarak-atrof 
tabiatiga doir narsalar, 0 ‘zbekiston xalq amaliy san’atiga doir 
materiallar edi.
Respublikamiz uchun tayyorlangan va nashr etilgan dasturlar 
mazmuni va vazifasi jihatidan Rossiya maktablari uchun tayyorlangan 
dasturdan deyarli farq qilmagan, lekin uning hamma bo‘limlarida 
mahalliy sharoit va materiallar ma’lum miqdorda hisobga olingan edi. 
Xususan, narsaga qarab rasm chizish darslarida Respublikamizga xos 
bo‘lgan predmetlar va tabiat mahsulotlari, dekorativ ishlar bo‘limida 
o‘zbek amaliy san’at namunalarini chizdirish tavsiya etilgan edi.
1939-yillarda maktablarda rasm darslarining asosiy vazifasi 
o‘quvchilarda tasviriy malakalami o‘stirish, ko‘proq rasm chizishga 
o‘rgatishdan iborat bo‘lishi lozim deb topildi. Shuning uchun ham rasm 
darslarida tarbiyaviy tomonlarga yetarlicha e’tibor berilmadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida va qisman undan keyingi yillarda 
ham rasm darslarining vazifalari o‘zgardi, uning mazmunida ta’limdan 
ko‘ra tarbiyaviy jihatlar kuchaytirilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor 
vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga qaratildi. Shu maqsadda rasm 
darslari vatanparvarlik va baynalmilal mazmundagi tasviriy san’at 
asarlari bilan boyitildi.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin