Tasviriy san’atni hamma umumiy ta’lim maktablarida o‘qiti-
lishining foydali ekanligi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy
tomonidan uning «Buyuk didaktika» asarida rivojlantirildi.
Umumiy ta’lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda fransuz
olimi J.J.Russoning fikrlari diqqatga sazovordir. U o‘zining «Емил или
воспитание» nomli kitobida borliqni bilishda naturaga qarab rasm
ishlashning ahamiyati katta ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha
rasm chizishni ko'proq tabiat qo‘ynida amalga oshirish samaralidir.
Chunki, bolalar tabiat qo‘ynida narsalami haqiqiy rangi, perspektiv
qisqarishlarini ko‘rgazmali ravishda o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar, uning
qonunlarini ongli ravishda tushunib yetadilar.
Yevropa pedagoglari orasida rasm chizishni umumiy ta’lim
maktablarida alohida o‘quv predmeti sifatida o‘qitilishi va uni
takomillashtirishda I.V.Gyote (Germaniya), I.G.Pestalotssi, I.Shmidt va
P. Shmidt (Shvetsariya), A. Dyupyui va F. Dyupyuilar (Fransiya) katta
hissa qo‘shdiIar.
Umumiy ta’lim maktablarida rasm ishlashda natural metoddan
ko‘ra geometrik metodlarni afzalliklarini N.Pestalotssi, P.Shmidt va
I.Shmidt kabi pedagoglar yoqlab chiqdilar. Natijada, maktablarda rasm
chizishga o‘rgatishda ikkita qarama-qarshi natural va geometrik
metodga asoslangan ikki oqim paydo boidi. Naturaga asoslangan rasm
chizishni ustunliklarini Ya.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.V.Gyotelar
yoqlagan boisalar, geometrik metodni ko‘proq I.G.Pestalotssi, I.Shmidt
va P.Shmidt, F.Dyupyuilar asoslashga harakat qildilar.
Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan geometrik metod
Yevropaning ko‘p mamlakatlarida qoilanila boshlandi. Shunday qilib,
XIX asr o‘rtalariga kelib, Yevropada rasm chizish fan tarzida umumiy
ta’lim maktablarida o‘qitilishi ancha rivoj topdi. Bu sohada rassom va
muallimlardan tashqari san’atshunoslar, pedagog, psixologlar, shifokor-
lar shug‘ullana boshladilar. Rasm chizishni
0
‘qitish metodologiyasiga
doir bir qator adabiyotlar nashr etila boshlandi. Bu borada Kulman,
Prang, Eisner, Baumgml, Ausberg, Braunshvig, Tedd kabilar jonbozlik
ko‘rsatdilar. Bular tomonidan yaratilgan adabiyotlarda rasm chizish
qoidalari, uning metodikasida qarama-qai'shi fikrlar boisa-da, biroq
natural metod borasida bunday qarama-qarshi fikrlar ro‘y bermadi.
Dostları ilə paylaş: