V.Fadiyev. Beruniy.
Rasm chizishni o'rganish uchun alohida iqtidor, iste’dod kerakmi?!
Agar astoydil istasa, har kim, qobiliyatidan qat’i nazar savodli chizishga
o'rgana oladi. Chizishni o‘rganish, savodli yozish yoki maktab
matematika kursini o‘zlashtirishga qaraganda murakkab emas. Faqat
intilish va asosiysi - yaxshi iroda, rasm istalgan kasb, istalgan
mashg‘ulot egasiga zarurligini tushunish kerak.
13
www.ziyouz.com kutubxonasi
Chizishni bilgan san’atning barcha turlarini tushunadi, unga avval
odatiy ko‘ringanlarning barchasida go‘zallikni ko‘ra biladi: uning
fikrlash doirasi keng, ma’naviy dunyosi boy, u qiziqarli va shodon hayot
kechiradi.
Chizishni bilish ko‘pchilikka: geograf, botanik, geolog, arxitektor,
uchuvchi va boshqalarga amaliy jihatdan ham kerak. Masalan, II jahon
urushi qahramonlaridan biri - 62 fashist samolyotini urib tushirgan (o‘zi
biror marta hatto yaralanmagan uchuvchi Ivan Nikitovich Kojedub havo
jangi texnikasida unga rasm chizish malakalari ko‘maklashganini
ta’kidlagan. Rasm chizish tufayli unda snaypercha ko‘z o‘tkirligi, idrok
tezligi va reaksiya tezligi rivojlangan. Axir rassom harakatlanayotgan
predmetni nafaqat tez ilg‘aydi, balki uni tez chizadi ham. Kojedub
dushmanlaridan reaksiya tezligi va aniqligida ustun va shu sababli
g‘alaba qilar edi.
Muhandis, pedagog, jarroh, astronom ishida rasm chizish foyda
bermaydimi.
Buyuk olim, adib va san’at arboblariga (Lomonosov, Lermontov,
Shevchenko, Siolkovskiy, Timiryazev) tasviriy vositalami egallaganlik-
lari muhim kashfiyotlarda, durdona badiiy asarlar yaratishda ko‘mak-
lashgan. San’at barcha kasb egalariga do‘st va hamkor bo'la oladi.
Rassomlaming ko‘zi o‘tkirligi, idrok va reaksiya tezligi yaxshi
ma’lum:
- rassom N. Jukov
bilyardda doim g'olib boMishi bilan
faxrlangan;
- ertakchi rassom Viktor Vasnetsov gorodkini yuqori mahorat
bilan o'ynashi ko'pchilikni lol qoidirgan;
- manzarachi I.Levitan miltiqdan Vilgelm Telldek otgan - «o‘qni
o‘qqa» joylagan;
- XVI asr italyan zargar va haykaltaroshi Benvenuto Chellini
artilleriyachi sifatida janglarda qatnashgan. «Mening rasm chizishim va
ajoyib mashg‘ulotlarim yozadi u, - va musiqa chalish go‘zalligi,
barchasi shu qurollarda «chalishimda» ketdi». Darhaqiqat, ko‘z o‘tkirligi
talab etiladigan o‘rinlarda rassomlar oson g‘olib boiishadi. Mikelandje-
lo aytganidek, san’at ulaming ko‘zIarida sirkul va chizgMchni bir
paytning o‘zida joylashtirishga o'rgatgan.
Ram chizish nafaqat ko‘rish idroki tezligini, balki yaxshi ko‘rish
xotirasini ham shakllantiradi. Razvedkasi logann Vays (Sasha Belov)
maxfiy hujjatlaming ko‘plab sahifalarini bir ko‘rishda eslab qolgani
ko‘pchilikka ma’lum. Mo‘jizami. Yo‘q mo‘jiza emas, mashq qilishi.
14
www.ziyouz.com kutubxonasi
í^assomlar haniisha ko‘rish xotirasi kuchliligi bilan shuhrat qozonib
kelgan.
I.
Levitan o‘rtoqlarini lol qoldirgan. Qish tunida bir guruh
rassomlar o‘rmonga sayrga otlanishadi. Ular ertaklardagidek go‘zal
manzaraga guvoh bo‘lishadi - moviy, oy shu’lasi yoritib turgan qorda
kul rang-pushti jemovlar va ular uzra qorga o‘rangan qarag‘aylar.
Hamma manzaradan bahra olib, uy-uyiga tarqaydi. Oradan bir necha
kun o‘tib, rassomlardan biri Levitan ustaxonasida kartinani ko'radi:
xuddi o'sha tungi manzara - moviy qordagi kul rang-pushti jemovli
manzara. Levitan uni, razvedkachi Vays maxfiy hujjatlami eslab qolgani
kabi eslab qolgan va xotiradan chizgan.
Rassom Ayvazovskiy shunday ko‘rish xotirasiga ega ediki, dengiz
ko‘rinishlarini o‘z ustaxonasiga qamalib olib tasawuri bo‘yicha
chizardi. Hikoya qilishlaricha, u Peterburgdagi bir kvartiradan ketayotib,
devorda kiyim ilgich ostiga o‘z po‘stinini shunday chizib qo‘yganki, uy
egasi ijarachi po‘stinini unutib qoldiribdi, degan xayolga borgan. Faqat
yaqinroq kelganidagina, po'stin chizib qo‘yilganini fahmlagan.
Shunday qilib, barchaning san’at va go'zallik olamini bilishi
ta’limning barcha sohalarida jadal rivojlanishga olib keladi.
BoshlangMch sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda tasviriy san’at
0
‘qitish metodikasi asosiy predmetlardan biri hisoblanadi va o‘z oldiga
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
1. Talabalarga tasvirlash asoslarini o‘rgatish, ya’ni badiiy ijodning
psixologik asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar - qiziqish, diqqat,
idrok va sezish, xotira va tasavvumi yaxshi bilishi bolalar badiiy ijodini
faollashtirishda foydalanishga o‘rgatish.
2. Talabalaming badiiy ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, ularning
badiiy didini tarbiyalash, borliqdagi va san’atdagi go‘zalliklarni ko‘ra
bilishga o‘rgatish.
3. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tasviriy san’at darslarini olib borishga
tayyoriash va shu bilan birga mashg‘ulotlarni hayot bilan bog‘lab
o‘tishga o‘rgatish.
4. Sharq mumtoz san’ati, hozirgi zamon o‘zbek tasviriy san’ati,
sharq xalqlari va xorijiy mamlakatlar san’atlaii haqida qisqacha
ma’lumot berish.
15
www.ziyouz.com kutubxonasi
RChoriyev. Ahmad.
16
www.ziyouz.com kutubxonasi
II bob. TASVIRIY SAN’ATNI 0 ‘QITISHINING QISQACHA
TARIXI
2.1.
Chet eilarda rasm chizishni o‘rgatish tarixidan
Mazmuni:
Tasviriy san’at o‘qitishiga doir eng qadimgi va
o‘rta asr bosiilaridagi (Misr, Yunon, Qadimgi Rim)
ma’lumotlar. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasini
rivoj iantirishda
Uyg'onish
davri
rassomlarining
xizmatlari (Chennino Chennini, Leon Alberti, Leonardo
da Vinchi, Albrext Dyurer). XVII-XIX asriarda G'arbiy
Yevropada rasm chizishni o‘rgatish metodikasiga
bo‘lgan turli qarashlar.
XVIII-XIX asriarda Rossiyaning pedagogika
o‘quv yurtlarida tasviriy san’at fanining o‘mi. LD.
Preysler, A.G. Sapojnikov, G.A. Gipiuslaming tasviriy
san’at o‘qitish metodlarining rivojlanishidagi o‘mi.
P.P. Chistyakov, D.N. Kardovskiylaming pedagogik
qarashlari va tasviriy san’at o‘qitish uslublari.
Misr. Yunoniston. Rim.
Jahonda tasviriy san’atni o‘qitilishiga
dastlabki ma’lumotlar qadimgi Misr va Yunonistonda eramizdan avvalgi
III asrlarga doir materiallar mavjud. Qadimgi Misrda tog‘ qoyalariga
o‘yib ishlangan haykaliar, shuningdek, rangtasvir asarlaii o‘zining
yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jihatidan kishilami hayratga
solib kelmoqda. Kishilar o‘z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo‘llar
bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o'tkazib kelganlar. Bunga eng
qadimgi Misrda rasm chizishga o‘rgatishga doir tarixiy manbalar
guvohlik beradi.
Tasviriy san’atni
0
‘qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug‘ullanib
kelganliklari ko‘proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr
maktablarida rasm ishlashga o‘rgatish rnuntazam ravishda chizmachilik
bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda
maktabni tugallab chiqayotgan yoshlar ma’lum may don yuzasini
o‘lchash va uni qog‘ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan,
ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo'lishlari talab
etilgan.
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda ham katta ahamiyatga
ega boMgan. Masalan, harfni o‘rgatish uchun narsalaming tasviri
chizdirilgan.
Bolalami rasm chizishga o'rgatishda qo‘lni erkin harakat qilishiga
alohida e’tibor berilgan. Erkin, yengil, ravon chiziqlar chizish doskada
yoki papirus qog‘ozlarda bajarilgan.
Dostları ilə paylaş: |