S. F. Abdirasilov



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Qadimiy Misr.
Odam tanasining
kanoni.
Misrdagi rasm chizishga 
0
‘rgatish maktabi.
Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat 
bolalar o'qiganligi sababli ularga nihoyatda yuqori talablar qo‘yilgan. 
Shuning uchun ham talab va ko‘rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar 
qattiq jazolangan, hattoki, yog‘och bilan kaltaklangan.
Misr maktablarida rasm chizishga o‘rgatish nazariyasi bor-yo‘qligi 
ma’lum bo‘lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo‘llanilgan. 
0 ‘qituvchilar rasm chizishni (shakl, rang, o‘lcham, tuzilishi v.b.) 
tabiatni kuzatish asosida emas, ko'proq namunadan, sxemadan 
ko‘chirish orqali o‘rgatganlar.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Misrda rasm chizishga o‘rgatish 
qadimgi Yunonistondan ancha avval boshlangan. Italiyalik XV asr 
me’mori, artisti, yozuvchisi va olimi L.B.Alberti shunday deb yozadi: 
«Misrliklaming yozishicha, rangtasvir ishlash ularda Yunonistondan 6 
ming yil avval mavjud bo‘lgan» .
Альберти Л. Три книги о живописи. М., 1933. стр. 40.
18
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rasm chizishga o‘rgatish qadimgi Yunonistonda ham o‘ziga xos 
yo‘nalishda amalga oshirilgan. Ularda rasm ishlashga o‘rgatishda 
tabiatni, 
butun 
borliqni 
o‘rganishga, 
unda 
go‘zalliklami idrok etishga alohida e’tibor berilgan.
Rasm ishlash uchun yog'och taxta ustiga asalari 
mo‘mi surtilgan va uning ustini bo‘yoq bilan 
sidirg‘a bo'yalgan. Rasm ana shu yuza ustiga o‘tkir 
metall yoki suyak bilan chizilgan. Noto‘g‘ri 
chizilgan rasm q o i bilan ishqalanib, chiziqlar o‘mi 
to‘ldirib o‘chirilgan. So‘ngra tekis yuzaga yangi 
rasm ishlangan.
Eramizdan 
avvalgi 
432-yilda 
yunon 
haykaltaroshi 
Poliklet 
inson 
tanasi 
a’zolari 
0
‘rtasidagi mutanosiblik, proporsionallikka doir 
namuna sifatida «Dorifor» haykalini yaratdi.
Keyinchalik u barcha maxsus badiiy va badiiy 
bo‘imagan maktablarda o‘rgatildi.
Yunon rassomlari borliqni va turmushdagi 
go‘zalliklami kuzatish asosida tasvirlashni qonun 
va qoidalarini ishlab chiqqanlar. Ulaming fikricha

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin