rassomlardan Chennino Chennini, Leon Batista Alberti, Leonardo da
Vinchilar bu borada e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar.
Ularning asarlarida fan va san’at o‘rtasidagi aloqalar, proporsiya,
perspektiva, anatomiya masalalari asosiy o‘rinni egalladi. Ularning
fikrlariga ko‘ra naturaga qarab rasm ishlash o‘qitishning asosini tashkil
etishi lozim hisoblangan.
Ayniqsa, Leonardo da Vinchi tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi
rivoj lanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U o‘zining «Книга о живописи»
nomli ishida rassomlikni jiddiy ilmiy fan sohasi deb qaraydi. U ko‘p
yillar davomida anatomiya, rang, kishi a’zolari o‘rtasidagi mutanosiblik
qonuniyatlarini ishlab chiqqan.
Tasviriy
san’atni
o‘qitishni
takomillashtirishda
Uyg‘onish
davrining nemis rassomlaridan A.Dyurerning xizmatlari katta bo‘ldi. U
birinchi bo'lib rasm ishlashni yengillashtirish uchun geometrik metodni
o‘ylab topdi. Uning fikricha, har qanday buyum, narsalar asosida
geometrik jism shakli yotadi. Shuning uchun u yoki bu narsalarni
tasvirlashda avval geometrik jism shaklini chizib olinishi lozim, keyin
ular umumlashtirilib, haqiqiy tasvir hosil qilinadi. Keyinchalik uning bu
metodi
Dyupyui,
Ashbe,
Chistyakov
kabilarning
pedagogik
faoliyatlarida keng qo‘llanila boshlangan. Hozirgi kunlarda ham bu
metod o‘z kuchini yo‘qotganicha yo‘q.
Dostları ilə paylaş: