Keyinchalik bu akademiya asosida 1967-yilda sobiq pedagogika
lanlari Akademiyasi tashkil topib, uning tarkibida
badiiy tarbiya ilmiy
tadqiqot instituti ochildi. Bu institut umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
estetik tarbiyaga doir ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borishda asosiy
markaz bo‘lib qoldi. Bu borada Rossiya Maorif
vazirligi tasarrufida
tashkil etilgan maktablar ilmiy tadqiqot instituti va uning tasviriy
san’atni o‘qitishga oid laboratoriyasi diqqatga sazovor ishlarni olib
bordi.
Rossiyada ikkinchi jahon urushidan so‘ng
samarali faoliyat
ko‘rsatganlardan biri E.Kondaxchan edi. U o‘zining «Методика
преподавания рисунка в средней школе» nomli qo'llanmasida bu
boradagi ilg‘or tajribalarga asoslanib realistik san’at va rasm chizishga
o‘rgatishning asosini naturaga qarab rasm
ishlash egallashi lozim deb yozdi. U
Rossiyada 1925-50-yillarda
keng tashviqot
qilib kelingan Bakushinskiyning «Erkin
tarbiya» nazariyasiga qarshi chiqib, ta’lim
va tarbiyada o'qituvchining katta rahbarlik
faoliyatini qattiq turib himoya qildi. U
«Erkin tarbiya» nazariyasi o‘qituvchi
rolini
kamaytiruvchi va o'qitishda tartibsizlikni
vujudga keltiruvchi «metod» deb o‘z
g'oyalarini asoslashga harakat qildi.
XX
asrning ikkinchi yarmida o‘qitish
metodikasiga doir qator ilmiy tadqiqot
ishlari olib borildi.
Natijada, rasm chizish
bo‘yicha
1963-70-yillarda I-VI sinflar
uchun sinov
darsliklari tayyorlanib, nashr etildi.
Bu darsliklar V.V.Kolokolnikov (1 va 2-sinflar), S.A.Fyodrov,
M.N.Semyonova (3 va 4-sinflar), E.E.Rojkova, E.L.Xersonskaya
(5-sinf), L.L.Makoed (6-sinf)lar muallifligida tayyorlandi.
Rossiya maktablarida ta’lim mazmunini isloh qilish borasida
hukumat qarorlari asosida rasm chizish o‘quv predmetini maqsad va
vazifalari va ta’lim mazmuni bir necha bor qayta ko‘rib chiqildi.
Natijada, 1970-yilda «Рисование» o‘quv predmetining nomi «Tasviriy
san’at» deb o‘zgartirildi. Bu nomda tayyorlangan
dasturda estetik
tarbiya vazifalari hamda rassomlar asarlarini o‘rganilishiga doir qismlar
kengaytirilgan edi.
Dostları ilə paylaş: