1950-60-yillar davomida tayyorlangan va nashr etilgan dasturiarda
«Rasm» o‘quv predmetining vazifasi oldin tuzilgan dasturlardan farq
qildi.
1953-yilda nashr etilgan dastur «Rasm solish» deb nomlanib, u
o‘quvchilami tarbiyalashda katta rol o‘ynashi ta’kidlangan boMsa,
1956-yilda nashr etilgan «Rasm» dasturida esa bu predmetning vazifasi
o'quvchilami estetik jihatdan tarbiyalash vazifasiga xizmat qiladigan va
o‘quvchilami har tomonlama kamol toptirishga yordam beradigan o‘quv
predmetlaridan biri deb ko‘rsatildi.
1958-59-o‘quv yiliga kelib, o‘quv rejasida rasm chizishga
ajratilgan soatlar oshdi va I-VI-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitila
boshlandi.
Umuman olganda, 50-yillarda Respublika hukumati tomonidan
maktablarda rasm predmetining o‘qitilishiga boMgan e’tibor kuchaydi.
Bu avvalo maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tayyorlashda o‘z aksini
topdi. Ma’lumki, maktabda badiiy ta’limni rivojiantirish ko‘p jihatdan
pedagogik kadrlar tayyorlashga bog‘liq edi. 1950-yillarda bu masala
bilan Samarqand va Toshkent badiiy bilim yurtlarini birlashtirish
natijasida tashkil topgan P.P. Benkov nomidagi badiiy bilim yurti
shug‘ullana boshladi. Bu badiiy bilim yurti maktablarda rasm o'quv
predmetlaming o‘qitilishini sifat jihatidan yaxshilashga ma’lum miqdor
da ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir maktablar bilan bir qatorda, maktabdan
tashqari olib boriladigan seminar, konferensiya, yigMlishlarda ham o‘z
ifodasini topdi. Shuningdek, badiiy bilim yurtini bitiruvchilar maktab
larda tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ham ishtirok etdilar.
Dostları ilə paylaş: