mazmuni, moddiy-texnikaviy asoslarda o‘z ifodasini topdi. Tasviriy
san’at darsliklarini yaratish bilan bir qatorda o‘qituvchilar uchun o‘qüv-
metodik adabiyotlar ham tayyorlandi. Natijada R.Hasanov va
X.Egamovlaming birinchi sinf o‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at va
badiiy mehnat darslari» (Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1997), R.Hasanovning
5-sinf
0
‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at darslari» (Toshkent:
0 ‘qituvchi, 1997.) nomli qoMlanmalari chop etildi.
1996-1998-yillar davomida 1-4-sinflar uchun «Tasviriy san’at va
badiiy mehnat» darsliklari yaratildi, biroq ulardan 1998-yilda faqat
birinchi sinf darsligi chop etildi, xolos. Mazkur darslik 0 ‘zbekiston
maktablari uchun rus, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qoraqalpoq tillarida
ham nashr etildi. Boshqa sinflari esa 1999-yiIda yangi o‘quv rejalari va
ta’limning davlat standartlari ishlab chiqiiishi munosabati bilan nashr
etilmay qoldi. Ta’limning davlat standartida bu o‘quv predmetiga har bir
sinfda haftasiga bir soatdan vaqt ajratilgan edi.
1997-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi
yangi tahrirdagi qonuni va «Kadriar tayyoriash milliy dasturi»
hujjatlarining e’lon qilinishi katta tarixiy voqea bo‘ldi. Unda ta’lim
sohasini 1997-2006 va undan keyingi yillar uchun ish rejasi va
taraqqiyoti belgilab berilgan edi.
«Kadrlar tayyoriash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlami
o‘qitilishiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, xususan, uning «Uzluksiz
ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida uzluksiz
ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplaridan biri ta’limning ijtimoiy-
lashuvi deb qaraldi. Unda ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni
hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni
shakllantirish lozimligi qayd etiladi’.
Ushbu hujjat asosida barcha fanlar qatori «Tasviriy san’at» o‘quv
predmetidan ta’limning davlat standarti ham tayyorlandi. Mazkur
standartda o‘quvchilami 1-7-sinflarda tasviriy san’atdan o'zlashtirishlari
lozim bo'lgan bilim va malakalar belgilab berilgan edi. Unda tasviriy
san’at o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, faoliyat turlariga doir
ko‘rsatmalar ham bayon etilgan bo‘lib, tasviriy san’at mashg‘ulotlari-
ning turiari sifatida boriiqni idrok etish (1-4-sinflar), badiiy qurish-
yasash (1-4-sinflar), naturaga qarab tasvirlash (1-7-sinflar), san’atshu
noslik asoslari (1-7-sinflar), kompozitsiya (1-7-sinflar) bo'limlari qayd
qilindi.
‘ Kadrlar tayyoriash milliy dasturi. //Barkamol aviod
Dostları ilə paylaş: