S. F. Abdirasilov


S.Rahmetov. Istirohat bogMda kuz



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

S.Rahmetov. Istirohat bogMda kuz.
San’atkor o‘z asarida voqea, hodisa, holatning ma’lum bir zumdagi 
ko‘rinishini ifodalab, u tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga 
intiladi, kishilaming ma’naviy qiyofasi, psixologik holati va boshqa 
fikrlarni ilgari suradi va tasaw ur qiladi.
Rassom biror shaxsni rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat 
o‘ziga o‘xshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu 
ishlayotgan tasvir orqali aw alo o'zining fikr va tuyg'ularini 
tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Ishlamoqchi boMgan tasvirida 
awalom bor g‘oyasiga mos 
mavzu, 
syujet tanlaydi, voqea 
kompozitsiyasini quradi, shu yo‘lda izlanadi, dastlab hayotni o‘rganib, 
naturani kuzatib, eskizlar chizadi, etyudlar yaratadi. Rassomlik san’atida 
predmetlaming shakli, hajmi, rangi, ulaming o‘zaro muvozanatini to‘g‘ri 
ko‘rsatishda rasmni aniq va to‘g‘ri ishlashning juda muhim ahamiyati 
bor.
San’atkor o‘z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson 
fantaziyasi mahsuloti bo‘lgan voqea va predmetlar ham aks ettirilishi
hayotda mavjud bo‘lgan hodisalarning ayrim jihatlari o‘zgartilib.
10
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘rttirib ko‘rsatishi ham mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tasviriy 
san’at asarlari - insondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish, uni o‘rganish 
va sirlarini ochishga bo‘lgan ehtiyojlami qondirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar 
uyg‘otadigan, kishini ruhlantirib, ma’naviy olamini boyitadigan san’at 
turiaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san’at inson shaxsining 
shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir.
Pedagogika 
instituti va universitetlarining pedagogika va 
boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlarida ta’lim oluvchi talabalar 
tasviriy san’atdan maxsus bilim va malakalarga ega boMishi 
o‘quvchilarni badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, badiiy didni, rang sezishni, 
fazoviy tasavvurini, buyuk rassomlar asarlarini go‘zalliklarini ko‘ra 
bilishga va ulami hissiy idrok etishga olib keladi.
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi bo‘yicha to ia bilimlarga ega 
boiish, ayniqsa, 0 ‘zbekistonda va chet ellarda fanning o‘qitish tarixi, 
o‘quv fanning maqsad va vazifalari, ta’limning mazmuni, shakllar, 
usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lish tasviriy san’at o‘qituvchi 
faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bugungi o‘quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizayn- 
konstmktor, muhandis, shifokor, o‘qituvchi, yurist yoki harbiy 
mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo‘ladilar. Ulami har biri 
uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo‘ladi. Hatto uy bekasi 
ham rasmni ko‘ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur 
faoliyatidir. Hozirgi davrda har bir erkak zoti mashina haydashni, 
texnika bilan shug‘ullanishiga, uy bekalarini esa dazmol, tikuv 
mashinasi, radio, televizor, kir yuvish mashinalari, muzlatgich, elektr 
plita, sut, qaymoq olish mashinalari kabi yuzlab texnik buyumlar bilan 
shug‘ullanadilar. Ularga bu asbob-texnika vositalarini ishlatish va ularni 
sozlash ucliun grafik bilim va malakalar darkor. Shu boisdan har bir 
kishi rasm chizishni, grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga ega bo‘lishi uning 
o‘ziga ham, jamiyatga ham suvdek zarur. Shunga ko‘ra fransuz faylasufi 
Didro, bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, - «Qaysi bir mamlakatda 
rasm chizislini o‘qish-yozish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha 
sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va oitda qoldiradi» - 
degan edi.'
' Sitata N.Rostotsevning «Maktabda tasviriy san'atni ■r'‘qitish metodikasi» kitobidan olindi. M., 
I980-y. 12-bet.
11
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tarix 
shohidkim, 
jahonga 
mashhur 
geograflar, 
tarixchi, 
adabiyotchi, shoir, yozuvchilar, konstruktor va boshqa soha allomalari 
rasm chizishni juda yaxshi bilganlar. Shunga ko‘ra Beruniy, Ibn Sino, 
Ulug‘bek, Gyote, Gyugo, Anderson, Pushkin, Tagor, Mikluxo-Maklay, 
Mendeleev, B.Zokirov kabi turli soha ijodkorlari rasm chizish bilan 
jiddiy shug‘ullanib kelganlar.
Xullas, har bir sohani ijodkori uchun rasm chizishni bilish unga 
katta ijodiy imkoniyat va ozuqa beradi.
N.Qo‘ziboyev. Al-Xorazmiy.
Agar har bir o‘qituvchi rasm chizishni bilganda edi, ular dars 
berishda 
yuksak 
samaralarga 
erishardi, 
dars 
mashg'ulotlarini 
o'zlashtirish ham o‘quvchi uchun juda oson va yengil boMardi, hatto 
o‘zlashtirmovchi o‘quvchini boiishi ancha qiyin boiardi. Shularga 
ko‘ra bugungi maktab o‘quvchilariga badiiy bilim va malaka berishga 
katta e’tibor berilmoqda.
12
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin