olib, o‘zbek xalqiga xos boMgan mayda haykalchalar yasashga oid ishlardan namunalar ko‘chirtirish, bu san’at turining milliy badiiy an’analarini o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kompozitsiya mashg‘ulotlari boshlang‘ich sinflarda rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya va haykaltaroshlik kompozitsiyasi kabi qismlardan tashkil topadi. Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarida bolalar ko'proq yil fasllari, bayramlar, ommaviy tomoshalar, qishloq va shahar mehnatkashlarining . kundalik mehnati, qush va hayvonlar hayoti kabilarga doir mavzularda rasm ishlaydilar. Bunday mashg‘ulotlarda o‘qituvchi o‘zining asosiy e’tiborini bolalai- rasmlarida aks etadigan g‘oya, rasm mazmuni, rasm elementlarini qog‘oz yuzasida kompozitsiya jihatdan to‘g ‘ri savodli qilib tasvirlanishiga qaratishi lozim. BoshlangMch sinflarda tasvirlanayotgan jarayon yoki narsalarning hajmini yorug‘-soya, perspektiva yordamida tasvirlash talab etilmaydi. Perspektiva qoidalariga rioya qilish talab etilmasa-da, biroq, yaqindagi narsalarni yirikroq, uzoqdagisini kichikroq tasvirlanishi lozim. Rangtasvir kompozitsiyasida tasvirlangan hayvonlar, qushlar, odamlar 0
‘rtasidagi bir-birlari bilan bogMiqlikni, aloqadorlikni ham aks ettirish kerak boMadi. Kompozitsiyadagi barcha elementlar o‘zaro bogMiqlikda tasvirlanishi shart. Bolalar rangtasvir kompozitsiyasini xarakterli xususiyaflaridan biri, ulaming rasmlaridagi soddalik, jo‘nlik, dunyoni