balandligini yotiq chiziq bilan, enini og‘ma chiziqlar bilan belgilab olishdan boshlanadi. So‘ngra simmetriya o‘qi ustida kapalakning boshi, .anasining tasviri ishlanadi. Oxirida esa belgilangan yotiq va og‘ma chiziqlar orasida kapalak qanotlarining rasmi tasvirlanadi. Rasm chizishdagi bosqichlami o‘qituvchi ba’zi o ‘quvchilarga og'zaki takrorlatganidan so‘ng uni doskadan o‘chirib tashlaydi. So‘ngra bolalar partalarga qo'yilgan kapalaklarni kuzatadilar va ulaming o‘ziga qarab rasmini (qalamda va bo‘yoq bilan) ishlaydilar. Dars oxirida sinfda ishlangan bolalar ishlaridan namunalar ajratib olinib, tahlil qilinadi. Yaxshi ishlangan rasmlaming egalari rag‘batlantiriladi, bo‘sh ishlangan rasmlardagi xato va kamchiliklar qayd etiladi. Yana bir boshqa kapalakning o'ziga qarab rasmini chizish uyga vazifa qilib topshiriladi. Yuqorida qayd qilinganidek, naturaga qarab tasvirlash, naturaga qarab haykal ishlashni ham nazarda tuliladi. Bu mashg‘ulotlaming yana o‘ziga xos jihatlaiidan biri bolalarda plastilin, loy, stek bilan to‘g‘ri munosabatda bo'lish, loy (plastilin) parchalarini o'zaro qo'shish orqali haykal ishlash, shuningdek, birgina yirik loy bo'lagidan ortiqcha joylarini olib tashlash orqali haykal hosil qilish metodikasini to‘g ‘ri o‘zlashtirib olishga qaratilganligidir. 63
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘quvchilar tomonidan topshiriqlarni bajarishda naturani barchaga to‘liq ko‘rinishiga erishish muhimdir. Shuningdek, naturani bolalar ishtirokida savol-javob orqali tahlil qilish, u haqda to'liq tasawur hosil qilishga imkon beradi. BoshlangMch sinflarda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga