oftoba va obdastalar misgarlik buyumlari ichida eng ko‘p tarqalgan buyumlardir. Suyak o‘ymakorligi san’ati mamlakatning shimolida, ayniqsa, Xolmogorsk, Tobolsk va Chukotkada keng rivojlangan. O'rta Osiyoda suyak o'ymakorligi geografik sharoiti tufayli rivojlanmagan. Ammo xalq amaliy san’atining boshqa turiarida (pichoqchilikda) qo'llanilgan. Bular oddiy suyaklardan (qoramol, echki shoxlaridan) ishlangan. Suyak o'ymakorligi 0 ‘zbekistonda san’atning eng yosh turi bo‘lib, buyumlarining o‘ziga xos tayyorlanish uslubi bor. Bunda ish avvalo zarur materialni topishdan boshlanadi. Keyin materialning notekis joylari egov bilan, mayda jilvir qog‘ozdan tekislab chiqiladi. So‘ngra unga tasvir ishlanib, lak surtiladi va naqsh o‘yib ishlanadi. Tayyor ishga keyin pardoz beriladi. Tayyor buyum bo‘r va spirt bilan artib chiqiladi. 0 ‘zbek o'ymakorlari orasida Ortiq Fayzullayev birinchi bo'lib, bu san’atni chuqur o'rgandi. Suyak o'ymakorligida, - deydi u, - mamont, morj, fil, mol, ot suyaklaridan samarali foydalaniladi. Mis choynak va piyolalar. 85
www.ziyouz.com kutubxonasi
Parma, arracha, egov va boshqalar suyak o'ymakorligida qo‘lla- nadigan asboblardir. Suyak o'ymakorligi ustalari ota-bobolarining eng yaxshi an’analarini davom ettirib, ajoyib qutichalar, trubkalar, kichik hajmdagi haykallarni yaratmoqdalar. Ota-bobolarimiz naqqoshlik san’ati bilan ham shug‘ullanib shuhrat qozongan. Respublikamizda amaliy san’atning bu turi qadimdan rivojlangan boiib, 0 ‘zbek ustalari faqat uy-ro‘zg‘or buyumlarini emas, balki uy-joy