o‘simliklar, pastroq tomonda natural kattalikda kiyiklarning bo'rtma tasviri — barelefi ishlangan. Kichik xonalardan birining devoriga ishlangan arfa chaluvchi qiz surati birmuncha yaxshi saqlangan. Varaxsha — Buxoro shahridan 40 km g ‘arbda joylashgan qal’a xarobasi. Hozirda bu joy choiga aylangan. Arxeologik qazilmalar shuni ko‘rsatadiki, bu yerda miloddan avvalgi ming yil davomida odamlar yashagan va tasviriy san’at yaxshi rivojlangan. Varaxshadagi eng katta bino 9 gektami egallagan, balandligi 10 m. Bu binoda hukmdorlar saroyi va ibodatxona, askarxona, aslahaxonalar mavjud bo‘lgan. Ular devoriy rangtasvir asarlari, haykaliar va har xil rasmlar bilan bezatilgan. Devoriy rasmlardan birida fil mingan o‘rta yoshli kishi bir oyog‘i uzangida, bir oyog'i esa buklangan holda ikkinchi oyog'ining ustida tasvirlangan. Bundan tashqari rasmda bahaybat arslonga o‘xshash hayvonning filga hamla qilgan holatidagi tasviri ham aks ettirilgan. Shuningdek, Varaxshaning boshqa devoriy rangli suratlarida podshoning qabul marosimiga bag'ishlangan hashamatli ko‘rinishlari o‘rin oigan. Saroydagi xonalardan biri qizil xona hisoblangan. Undagi qizil rangli devorda rangtasvir ko‘rinishlar bo‘lib, ov manzarasi aks ettirilgan. R^assom bu tasvirda qizg‘ish-kulrang, sariq ranglardan ko‘proq foydalangan. Mazkur rangtasviming ayrim namunalari Sankt- Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. Ayritom — Termiz shahridan 18 km uzoqlikda, Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan qadimiy shahar bo‘lib, u 1932-yilda aniqlangan. Karniz tarzida akanf barglari orasida yarim beligacha tasvirlangan arfa (chiltor), qo‘shnay, ud, nog‘ora chalayotgan sozandalar, qoMlarida