Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)
sharqona tiz cho‘kib, chordona qurib, hatto yonboshlagan holda juft-juft boiib oiirgan erkak va ayollaming obrazlari tasvirlangan. Odamlaming chehralari, liboslari, har xil buyum va shakllaming turli bo‘yoqlarda aks ettirilishi ajdodlarimizning rangtasvir san’atini mukammal egallaganliklarini ko'rsatadi. Bolaliktepadan topilgan suratlar VI asrga mansub boiib, eftaliylar davrida ishlangan. Bu haqda atoqli tarixchi olim A. Muhammadjonov shunday dalillarai hikoya qiladi: «...Bola- iiktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollaming tashqi qiyofasi VI asrda eftaliylar hukmdori huzurida boigan budda kohinini hayratga solgan. Ular saroy zodagon ayollarini eslatadi. Kohinning ta’riflashicha, 0
‘sha vaqtlarda eftaliy malikalari juda qimmatbaho matodan tikilgan, orqa etagi uch quloch va undan ham uzunroq bo‘lgan serbezak ko‘ylaklar kiyganlar, ulaming etagini maxsus joriyalar ko‘tarib yurganlar». Afrosiyob - Samarqand shahii yonbag‘ridagi xaroba. Uning bunyod etilishi miloddan avvalgi V I-V asrlarga to‘g‘ri keladi. Afrosiyobni qazish ishlari XX asr boshlarida boshlanib, hozirda ham davom etmoqda. Qazilma ishlai'i natijasida u yerda qal’a-saroy borligi aniqlanib, uning qadimiy ko‘rinishi rekonstruksiya qilindi. Bu binoda bir necha xonalar mavjud bo‘lib, ulardan biri mehmonxona ekanligi aniqlandi. Mehmonxonaning to‘rt tomoniga turli devoriy rasmlar ishlangan. Ular miloddan avvalgi VII - V asrlarga oid rasmlar deb topildi. Mehmonxona devorlaridagi rasmlardan birida bir erkak bilan bir ayolning suhbatlashib o‘tirgani aks ettirilgan. 92
www.ziyouz.com kutubxonasi