Umuman, mehmonxonaning devorlarida to‘y safari, daryoda cho‘milish, elchilarni qabul qilish marosimi, ov kabi ko‘rinishlar tasvirlangan. To‘y safari aks etgan rasmga oq rangdagi filda malika, saman ot mingan shoh - kuyov aks etgan. «Katta zal devorining sharqiy qismida shartli tarzda chap tomonga, qasrga qarab borayotgan tantanali yurish marosimi ko‘rsatilgan. Oldingi qatorda zeb berib bezatilgan chakmon kiygan to‘rt erkak kishi tasvirlangan. Surat to‘la saqlanmagan: figuralarning belidan biroz pastki qismi buzilgan. Asta-sekin qadam tashlayotgan oq fil tantanali yurishni boshlab boimoqda». Shuningdek, malikani kuzatib ketayotgan kanizaklar ham tasvirlangan. Rasmdagi bir ayol qizil rangdagi ko'ylak, och kulrang ro'mol, sariq lozirn, qora etik, qoiida bilaguzuk bilan mohirona tasvirlangan. Bu rasmda saroy xodimlaridan ikkitasi tuyalarga minib, ularni kuzatib kelayotganliklari ko‘rsatilgan. Ulardan biri chol, ikkinchisi undan yoshroq kishi. Ikkovlari ham serbezak kiyimda tasviriangan. Ularning bellarida kichik xanjar va qilich osilgan, qoilarida hassa. Bu ularning saroy amaldorlari ekanligidan dalolat beradi. Ularning orqasidan oq rangli parrandalar ergashib kelmoqda. Bulardan tashqari oq kiyimli ikki kishi ham tasvirlangan. Kishilarlan biri qora rangli otni yuganidan tortib kelmoqda, ikkinchisi orqaroqda, qushlar yonida (u oí mingan holda boiishi mumkin) tasvirlangan. Me’morlik san’ati. Me’morlik san’ati qurilish ishlari bilan bogiiq boigan san’atning bir turidir. U ham san’atning boshqa turlari kabi katta ahamiyat kasb etadi. Me’moriar va quruvchilar mehnati natijasida turii- tuman binolar, shahar va qishloqlar yaratiladi. Me’morchilik mahsuloti jamiyat moddiy madaniyatining bir qismi hisoblanadi.