ming yilliklarda ishlanib, keyingi vaqtlarda Surxondatyo viloyatidan topilgan qoyaga o ‘yilgan rasmlar, Dalvarzintepa yodgorliklari 0 ‘rta Osiyoda, xususan, 0 ‘zbekistonda san’at qadimdan rivojlanib kelganligidan darak beradi. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan 0 ‘zbekistonda aniik davr va ilk o‘rta asrlar madaniyati me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomlikning uyg‘unlashgan namunasi bo‘lgan Xorazmdagi «Tuproqqai’a» (III asr), Buxoro yaqinidagi Varaxsha saroyi (UP asr), Termez yaqinidagi Bolaliktepa (V—^VI asr) kabi yodgorliklar buni isbotlaydi. 0 ‘rta Osiyo xalqlari IX—X V asrlarda dunyo madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan xalqlar darajasiga ko‘tarila oldi. 0 ‘rta asr fani va madaniyati Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, A.Navoiy, K.Behzod kabi ulug‘ siymolarning nomlari bilan birga tilga olinadi. Bu mutafakkir olimlar, shoirlar, san’atkorlar yashagan davr tarixda Uyg‘onish davri deb yuritiladi. Bu davrda 0 ‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati, ilm-fani, san’ati ravnaq topdi. Sharq Renessansi qadimgi Sharq va Gretsiya madaniyati bilan Yevropadagi Uyg‘onish va yangi davr madaniyatini bir-biriga bog‘lovchi davr bo‘lib xizmat qildi. Tasviriy san’at sohasida bu davr unutilmas iz qoldirgan: nafis va go‘zal www.ziyouz.com kutubxonasi
miniaíyuralar, hasharaatli, ko‘rkam,
hanuzgacha kishini hayratda qoldiradigan me’morchilik yodgorliklari yai'atildi. Sharq Uyg‘onish davrining yutuqlaridan biri XIV - XV asrlarda butun Sharqqa mashhur boigan Behzod miniatyura maktabidir.