Naqshning uchinchi turi hisoblangan murakkab naqshda esa naqsh geometrik va o‘simlik elementlarining birga qo‘shib ishlatilishi natijasida hosil boiadi. Bunda geometrik element doimo naqsh o'rtasida joylashadi. Naqqosh ustalardan A.Qosimjonov, Yo.Raufov, T.To‘xtaxo‘jayev, A.Boltayev, S.Norqo‘ziyev va J.Hakimovlar san’atning bu turida samarali mehnat qilib shuhrat qozongan. Tabiiy loydan turli idishlar yasash va ulami ranglarda bo‘yash - bu kulolchilikka mansubdir. U juda qadim zamondan rivojlangan. Kulolchilik san’atiga lagan, tovoq, choynak, piyola, sopol va chinni idishlr, shuningdek, loydan ishlangan o‘yinchoqlar kiradi. Kulolchilik san’atida bezatishning turli usullari qoilaniladi. Shunday usullardan biri «qalami» usulidir. Bu usullarda bezak idishlarga naqshning rasmini chizib olmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘yqalam bilan tshlanaveradi. Bu usulda ko‘proq Rishton va gijduvon ustalari ishlashadi. Ba’zi joylarda ustalar gilvata orqali gul chizib, keyin bo'yoq beriladigan «chizma» usulidan foydalanadilar. Bu usul toshkentliklar orasida ko‘p tarqalgan. 0 ‘zbek kulolchilik buyumlari bezak kompozitsiyalarida o‘simliksimon va geometrik elementlaming boyligi, xilma-xilligi, bo‘yoqlar gammasining yorqinligi bilan ajralib turadi. Ularda femza rang baxt keltimvchi belgi sifatida ko‘p ishlatiladi. Kulolchilik 0 ‘zbekiston me’morchiligida ham keng qo‘llanilgan. Madrasa, machit, karvonsaroy, hammomlarning peshtoqlarida xona ichlaridagi devor bezaklarida kulolchilik san’atining namunalari o‘z aksini topgan. Hozirda kulolchilikdan jamoat, turar-joy binolarini bezatishda keng qo‘llanilmoqda. 0 ‘zbekiston