joylashtirilgan, parda tprtilgan derazalar esa zalga ixchamlik bag‘ishlab turadi. Osmono‘par binoning birinchi qavat xonalari vestibyuldan naqshlangan ravoqlar orqali ochilgan. Vestibyulga ikkala tomonlama manzarali rasmlar solingan va shakllari Samarqand minoralarini eslatuvchi binolar maketi o ‘rnatilgan. Ulardan chapdagisiga ikkinchi qavatga olib chiqadigan aylana zina o‘matilgan. Vestibyulning markaziy devori yonida ham shinamgina favvora mavjud. Mehmonxona qavatlari nihoyatda zieh rejalashtirilgan. Liftlar oldidagi maydonchadan ikki tomonga moviy gilamli va yog‘och devorli yo‘laklar ketgan, devor lampalarining chiroqlari zamonaviy rassomlarning tarixiy mavzularga bag‘ishlangan miniatyuralarini yoritib turadi. Shaharlarimizning shohko‘chalarida joylashgan bozorlarimiz tubdan o‘zgardi. Viloyatlarda ularni qurish jarayonlarida xalq ustalari faol qatnashdilar. Ular ichida Termiz bozorining ikki qavatli savdo do‘konlari favvora va g‘ishtdan terilgan ravoqii ko‘rinishdagi bezakli devori keng maydonga qaratilgan. Qo‘qon dehqon bozori imoratlari yevropacha uslubda bezatilgan. Toshkentdagi Eski shahar bozorining yirik temir-beton gumbazlari rang-barang sopol naqshlar bilan qoplab chiqilgan. Gumbazlar ostida savdo zallari, do‘konlar va xalq hunarmandlarining «Usto» birlashmasi ustaxonalari joylashgan. Oloy bozorining tomi ravoq shaklli metallardan qurilgan va kun yorug‘ini o‘tkazish uchun oynasimon ko‘kimtir leksan varaqlari bilan yopilgan. Shu qatorda, zont, qat-qat shaklli, oraliqlari keng, yorug‘ tomlar Mirobod va Parkent bozorlari ustida ham qurildi. Shuningdek, Chilonzor buyum bozorida ham bir nechta yangi savdo qatorlari qurilib foydalanishga topshirildi. 104
www.ziyouz.com kutubxonasi