T.N. Nikitin, L. Bure kabi rassomlar katta hissa qo‘shishdi. XX asming 20-30-yillariga kelib, 0 ‘zbekiston tasviriy san’ati o‘ziga xos shakl-shamoyiliga ega b o ia boshladi. Bunda A. Volkov, P.
Kuznesov, M. Kurzin, S. Finkelshteyn, N. Karaxan, V. Ufimsev, Usta Mo'min (A. Nikolayev), N. Kashina, O. Tatevosyan, P. Benkov, S.
Kovalevskaya, I. Ikromov, 0 ‘. Tansiqboyev, Ch. Ahmarov, L.
AbduUayev kabi mo‘yqalam ustalarining ijodiy namunalari e’tiborga molik boidi. Toshkentda 1919-yilda o ‘lka badiiy maktabi-Turkiston xalq maktabi tashkil qilindi. Unda S. Yudin, I. Kazakov, A. Isupov, I.
Golovin, A. Volkov va boshqa rassomlar o'qituvchilik qildilar, 1921- yilda maktab tarqatildi; 1921-1923-yillarda Toshkentda badiiy texnikum ishlab turdi. 0 ‘zbek kitob grafikasining asoschilaridan biri, rassom iskandar Ikromov shu bilim yurtida ta’lim oigan. 0 ‘zbekiston xalq rassomi Iskandar Ikromov kitob grafikasi sohasida sermazmun ijod qildi. U o‘z faoliyatida o‘zbek naqqoshlik san’atining boy merosidan unumli foydalanib, bir qancha kitoblarni bezadi. U Navoiy lirikasi, Ibn Sino va Beruniyning ilmiy to‘plamlari, Oybek asarlarining to‘rt tomligi, shuningdek, rus adabiyoti klassiklarining asarlariga illyustratsiyalar ishladi. I. Ikromov 1904-yilda Toshkent shahrida tugMldi. Yoshlik yillarida rasm ishlashni ishtiyoq bilan o ‘rgandi va grafika san’atiga boigan qiziqishi yanada ortdi. Uning rasmlari «Bolalar dunyosi» jumalida, hajviy rasmlari esa «Mushtum»da chop etila boshladi. Rassom tasviriy san’at sirlarini chuqurroq o‘rganish uchun Sankt-Peterburgga borib o ‘qiydi. U Sankt-Peterburgdan «Kitob san’atining texnik rassomi»