S. F. Abdirasilov


«Buyuk sohibqiron - buyuk bunyodkor»



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

«Buyuk
sohibqiron - buyuk bunyodkor» 
deb nomlangan. Asar uch qismdan 
iborat bo‘lib, «Tug'ilish», «Yuksalish», «Faxrlanish» deb ataladi. Uning 
umumiy maydoni 200 kvadrat metmi tashkil qiladi. Asar ijodkorlari 
«Sanoyi nafis» ijodiy guruhining iqtidorli m usawirlari -
Xurshid
Nazirov, Toyir Boltaboyev, Sodiq Qoraboyev, G‘ayrat Komilovlar-
dir. «Usto» xalq san’ati birlashmasi 1986-yildan mahobatli rassomlik,
140
www.ziyouz.com kutubxonasi


miniatyura va lok miniatyurasi bo‘yicha samarali faoliyat ko‘rsatib 
kelmoqda.
«Sanoyi nafis» ijodiy guruhi tomonidan so'nggi o‘n yil ichida 
miniatyura devoriy surat uslubida qator ishlar amalga oshirildi. 
Moskvadagi 
« 0 ‘zbekiston» 
restorani, 
Tojikistondagi 
«Zumrad» 
sihatgohining mehmonxonasi, Urganchdagi Marosimlar uyi, Yangi 
Angren GRESi «Baxt» restorani, Olmaliq shahridagi dam olish hududi 
va boshqalar shular jumlasidandir.
Tasviriy san’atning eng murakkab va jozibador turlaridan biri - bu 
grafika san’atidir. Grafika san’atining rivoji so‘nggi o‘n yil mobaynida 
turlicha kechdi. 1980-1990-yillar boshida bosma mahsulotlar hajmining 
kamayib ketishi mashhur grafik-rassomlar M. Kagarov, Q. Basharov, 
M. Sodiqov, F. Q am barova, G ‘. Boymatovlar ijodiy yo‘nalishlarining 
0
‘zgarishi, hatto, ularning rangtasvir bilan shug'ullanishlariga olib keldi.
Shunga qaramasdan dastgohlik grafika san’ati rivoji ilgarigi 
koiam da bo‘lmasa-da, har holda davom etmoqda. Rassomlar 
suvbo‘yoq, chizmatasvir, linogravyura, ofort texnikasida ishladilar. 
Ularning ko'pchiligi badiiy ko'rgazmalarda o‘z asarlari bilan ishtirok 
etdilar.
1990-yillar oxiriga kelib, 0 ‘zbekiston grafika san’atida sezilarli 
ijodiy yuksalishlai' ro‘y berganligi ta’kidlanadi. Badiiy ko‘rgazmalar 
jarayoni, shuningdek, grafik asarlarga nisbatan tomoshabinlarning 
qiziqishlari bundan dalolat beradi. San’atning bu turini jadal rivojlanishi 
ko‘rgazmalarda tez-tez ishtirok etishlar bilangina emas, rassomlaming 
grafikaga butunlay boshqacha tai'zda yondashishlari bilan ham 
bogiiqdir. Undan tashqari grafikaning o‘ziga xos imkoniyatlari ham bu 
o‘rinda katta ahamiyat kasb etdi, deyish mumkin. Grafika san’ati 
haqidagi odatdagi tasavvurlarni rad etgan holda butunlay yangi shakl va 
badiiy uslublar vujudga keldi. Bunga misol qilib M. Kagarov ijodini 
keltirsak boiadi. Rassom soiiggi o‘n yil davomida moybo‘yoq 
texnikasida klassik realistik grafikadan uzoqlashib, «monogriniy» 
texnikasida kollaj yoki applikatsiyani eslatuvchi «Ibodatxonaga y o i»
(1997), «Qayta tirilgan Orol» (1999) kompozitsiyalarini yaratdi. Bu 
mavhum kompozitsiyalarda grafik chiziqlar emas, balki rangtasvirga xos 
yondashish ustunlik qiladi.
G ‘. Boymatov 1990-yillarda suvbo‘yoq texnikasida faol va 
sermahsul ijod qildi. Uning asarlari noan’anaviy suvbo‘yoq texnikasida 
ishlanishi, zamriy ahamiyatli yangi texnik yechimlarni qidirishga 
undashi bilan uning asarlari kishi diqqatini jalb qiladi. Bunday asarlar
141
www.ziyouz.com kutubxonasi


sirasiga « 0 ‘rta Osiyoning qadimgi tangalari» (1997), «Urgutda to‘y» 
(1996), «Ming bir kecha» (1997) kompozitsiyalarini kiritish mumkin.
Taniqli grafik rassom L. Ibragim ov 90-yillarda grafik va 
rangtasvir asariarida o'zbek va uyg‘ur folkloridagi epik va lirik obrazli 
kompozitsiyalar 
yaratishni 
davom 
ettirdi. 
Afsonalar, 
termalar, 
aytishuvlar olami uning tafakkuri va ijodida yanada mustahkamroq o‘rin 
egalladi. Lirik grafik asarlaridagi intilishi tez-tez Osiyo mavzusini 
ifodalovchi kuchli jarangdor she’riy matnlar bilan uyg‘unlashib ketdi. 
Rassom o‘z ijodida birmuncha katta hajmli va tasvir tili lo‘nda boMgan 
obrazlar timsolini yaratishga intildi. L. Ibragimov asarlaridagi o ‘ziga 
xoslik va yetuklik Uzoq Sharq tasviriy san’ati an’analarini mujassam 
etishda ko‘zga tashlanadi. («Osiyo okeani» turkumidagi grafik va 
rangtasvir kompozitsiyasi, «Bahor», «Kuz» turkumidagi manzara janrli 
kompozitsiyalari. (1999-y)).
Grafika san’ati ustasi A. M am a- 
jonov «birinchi 
ma’lumoti 
bo‘yicha 
rassom - kulol» o‘z xalqi hayoti va 
qiyofasini yaxshi bilgan holda grafik 
chizig‘i 
nafis 
va 
o‘ziga 
xos 
kompozitsiyalarni yaratdi. Uning asarlari 
bizga xalq 
bayramlari 
va 
sayillari, 
shuningdek, 
mahalliy 
yashash 
tarzi 
haqida hikoya qiladi. Muntazam ravishda 
tush 
bilan 
peroda 
ishlagan 
rassom
A. 
Mamajonov 
o‘z 
ijodida 
realistik 
uslubni 
qo‘llaydi. 
Mahalliy 
xalq 
vakillarining xususiyatlarini ko‘rsatish, 
hajmlilik, mutanosiblik, naturalistlarga xos ortiqcha unsuriardan 
cheklanish va hazilga moyillik rassom grafikasiga xosdir. Bu borada u 
mashhur grafikachi va miniaturachi rassom Telman Muhamedovning 
an’analarini davom ettirdi. Bunda A. Mamajonovga naqqoshlik sohasida 
orttirgan tajribalari qo‘l keldi. 0 ‘z kompozitsiyalarini u o‘ng q o iid a
qanday ishlasa, chap q o iid a ham qayta ishlov bermagan holatda aynan 
o‘xshatib ishlashga harakat qiladi. Uning ijodidan «Kurash» va «Eski 
shahardagi bozor» (1998-y.) kompozitsiyalarini alohida eslab o‘tish 
mumkin. Shu bilan birga davlat ramzlarining muallifidir. 
Har qanday 
davlatning o ‘z ramzi boiadi. Uning muqaddas timsollari - gerb, bayroq, 
madhiya hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi taniqli
0 ‘zbekiston D avlat gerbi. 
A. M am ajonov.
142
www.ziyouz.com kutubxonasi


grafik rassom Anvar Mamajonov tomonidan yaratilgan va 199?-yil
2-iyulda tasdiqlangan.
Respublikamiz gerbining tuzilishi dumaloq shaklga ega. Uning 
chap tomonida paxtaning ochilgan chanoqlari, o‘ng tomonida esa 
bug‘doy boshoqlari 0 ‘zbekiston bayrog‘i bilan o‘ralgan holda 
tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida sakkiz burchak ichida yarim oy 
va yulduz tasvirlangan. 0 ‘rtada tasvirlangan qanotlarini yozib turgan 
Xumo qushi xalqimizning tinchlik, totuvlik, farovonlik, baxt-saodatga 
intilish yo‘lidagi orzu umidlarini ifodalaydi.
Tasviriy san’atning ramzilar bilan shug‘ullanuvchi sohasi mavjud, 
ular rangtasvir, grafika, dizayn san’atini o‘zida mujassam etgan holda 
ramziy belgilarni tasvirlaydi.
Ko‘pchilikka mashhur avtolitografíya va suvbo‘yoq ustasi 
M.Sodiqov oxirgi o‘n yillikda avtolitografíya texnikasidan voz kechib, 
asosan, suvbo‘yoq texnikasida Buxoroning eski shahar ko'chalarini 
ishlaydi. M. Sodiqov bir necha taniqli rassomlar bilan Oqtosh tog‘larida 
ijodiy safarda bo'lib, ushbu jarayonda ishlagan grafík kompozitsiyalarini 
hisobot ko‘rgazmasida namoyish etdi.
M. Sodiqov suvbo‘yoq va pastel kabi texnik vositalardan 
foydalanib, tuzilishi juda go‘zal va maftunkor kompozitsiyalar yaratdi. 
Ular sirasiga «Tog‘ manzarasi» (2001-y.) asari kiradi.
Taniqli grafikachi rassomlar M. Kagarov, V. Apuxtin, M. Sodiqov, 
E. Ishoqov, I. Vasileva va ulaming yosh hamkasblari L. Tiora, L. Zufari, 
T. Ayupov, O. Nikolayeva, Yu. Alagirlar ishtirokida 1998-yili Toshkent 
shahrida o ‘tkazilgan grafika va haykaltaroshlik san’ati ko‘rgazmasi 
grafika janrining rivoji uchun muhim voqea bo‘lib qoldi. Ushbu 
ko‘rgazma tashkilotchilarining asosiy maqsadlari iqtidorli yoshlar 
ishlarini tomoshabinlar hukmiga havola etish edi.
Linogravyura, ksilografiya, ofort singari grafíkaning aniq turlarida
1990-yillar 
oxirida 
vujudga 
kelgan 
grafík 
asarlar 
avvalgi 
j'aratilganlaridan keskin farqlanadi. Bulaming hammasini grafika 
san’atiga an’anaviy yondashish mahsuli deb qarash mumkin, biroq 
rassomlar an’anaviy grafika imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
realistik yo‘ndashishga tayanadilar.
90-yillarda ofort va suvbo'yoq texnikasida ajoyib asarlar yaratgan 
D. M irsalim ov asta-sekin moybo‘yoq texnikasiga o‘tdi va uni 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirdi.
1999-yil Baynalmilal markaz saroyida A. Ligayning shaxsiy 
ko‘rgazmasi boMib, unda m usaw irning suybo‘yoqda ishlagan qator
143
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlari namoyish etildi. Suvbo'yoq texnikasida manzara turkumlari 
yaratishda A. Ligay Sharq rangtasviri uchun an’anaviy boMgan nafís 
mo‘yqalamdan foydalanib, 0 ‘rta Osiyo tabiati nafosati va ruhini chuqur 
ifodalash bilan o‘z mahoratini namoyish etdi.
1990-yillar boshlarida ko‘pchilik grafikachi rassomlar dastgohli 
rangtasvirda ijod qilgan bo‘lsalar, 2000-yilga kelib grafika texnikasida 
yaratilgan asarlari bilan turli ko‘rgazmalarda ishtirok eta boshladilar. 
Shu o ‘rinda B.Jalolov va S. Alibekovning 2001-yil aprel oyida «Ilhom» 
teatrida bo‘lib o‘tgan grafík asarlari ko‘rgazmasini eslab o‘tish mumkin.
B. 
Jalolov bu ko‘rgazmada chizmatasvir ustasi ekanligini yana bir 
bor namoyish etish bilan ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa,
S. Alibekov o ‘zining betakror fantaziyalari bilan rangli qalam 
imkoniyatlarini namoyish qildi.
Shu bilan birga, respublika badiiy kolleji va K. Behzod nomidagi 
Milliy rassomlik va dizayn institutini bitirgan yosh rassomlar ijodida 
realistik uslubning saqlanib qolganligi kuzatiladi.
1991-2001-yillar 0 ‘zbekiston dastgohli grafika san’ati rivoji 
umumma’naviy vosita sifatida professional rassomlar singari yosh 
rassomlar ijodida tomoshabinlar estetik qarashlarini ifodalashga 
intilishning ortganida namoyon bo‘ladi.
O ‘zbekiston 
Respublikasi 
mustaqillikka erishganidan 
so‘ng 
yurtimizning qadimiy tarixini yorituvchi kitob va risolalar ko‘plab nashr 
etila boshlandi. Ularda 0 ‘rta Osiyoning buyuk sh ax slari- Amii Temur, 
Ahmad Yassaviy, Xo‘ja Ahror, al-Buxoriy, al-Farg‘oniy, Cho‘lpon, 
Fitrat kabilar haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda ko‘plab nashriyotiar faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
Badiiy adabiyotlarning asosiy qismi G ‘. G ‘ulom 
nomidagi NMIU, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 
Cho‘lpon nomidagi NMIUda chop etilmoqda, desak o‘rinli bo‘ladi. 
Ushbu nashriyotlarda zamondosh 
mualliflar bilan bir qatorda 
ajdodlarimiz, shuningdek, xorijiy mualliflar qalamiga mansub asarlar 
ham chop etilmoqda.
Hozirgi paytda « 0 ‘qituvchi» NM IUda kompyuter grafikasiga 
ixtisoslashgan 
bir 
gumh 
yoshlar 
ishlamoqda. 
Ular 
nashriyot 
kitoblarining muqova va boshqa unsurlarini bezash bilan shug‘ul- 
lanmoqdalar. Sh. Mirfayozov, T. Qanoatov, Sh. Xo‘jayev kabi rassomlar 
kompyuter 
grafikasini 
fotomontaj 
bilan 
muvofiqlashtirmoqdalar. 
Sh. Mirfayozov yaratgan muqovalar yorqinligi va hayotiyligi bilan 
ajralib turadi. Icliki illyustratsiyalarini u q o id a realistik uslubda bajara-
144
www.ziyouz.com kutubxonasi


di. Shu nashriyotda ishlagan yana bir rassom E. Nurmonovning grafik 
ishlari kompozitsiyasining jiddiyligi, simmetrikligi hamda ranglaming 
vazminligi bilan ajralib turadi. U bajargan muqova va illyustratsiyalarda 
realistik uslub yaqqol seziladi.
Zamonaviy kitob grafika san’atida A. Bobrov, A. Mamajonov, 
M. Karpuzas, Yu. Gabzalilov, A. Kiva, A. Ponomaryov, O. Vasixonov, 
G. Miller, U. Solihov, Sh. Odilov kabi rassomlar ham faol ijod qilib 
kelmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, 90-yillar oxirida poligrafik kitob chiqarish 
texnikasini yangilash natijasida kitobning poligrafik sifati o‘sib 
bormoqda. Sohaga kirib kelayotgan iqtidorli yosh rassomlar tajribali 
ustozlar 
bilan 
birga 
kitob 
grafikasi 
san’atini 
rivojlantirishni 
muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqdalar.
145
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin