S. F. Abdirasilov



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

«Bobur» 
portretlari obrazlarining hayotiyligi va tasviming tiniqligi 
bilan ajralib turadi. Ijodkor AQSh, Marokash, Hindiston, Gretsiya, 
Italiya, Ispaniya, Fransiya va boshqa bir qancha mamlakatlarga qilgan 
safarlari natijasida ulaming hayotini aks ettimvchi bir qator asarlar 
yaratdi.
120
www.ziyouz.com kutubxonasi


M. Nabiyev. Bobur.
Tasviriy san’atda tarixiy 
shaxslar obrazini yaratish bora­
sida rassom Malik Nabiyevning, 
ayniqsa, 
sohibqiron 
Amir 
Temur obrazi diqqatga sazo- 
vordir. Taqdir taqozosi bilan
1941-yil 
iyun 
oyida 
Amir 
Temur dahmasi, so‘ngra Mirzo 
Ulug‘bek va Bibixonim qabrlari 
ochilganligi m aium . Biroz vaqt 
oigandan 
so‘ng 
qabrdan 
topilgan ashyolar, jumladan, 
sohibqironning bosh suyagi ham 
Toshkentdagi 
0 ‘zbekiston 
xalqlari tarixi muzeyiga olib 
kelingan.
Bu haqda musavvir shun­
day hikoya qiladi: «M. Gera­
simov 
muzey 
binosida 
jahongiming bosh suyagi asosida haykal portret ishlashni boshlab 
yuboradi. Men bu jarayonni o ‘z ko'zim bilan ko‘rganman. 0 ‘sha 1941- 
yildan buyon ulug‘ sarkarda siymosini yaratish niyati meni bir daqiqa 
ham tark etgani yo‘q». Ellik yildan ortiq vaqt ichida Amir Temur 
obrazini har tomonlama o‘rganish uchun olib borgan tadqiqotlari, 
izlanishlari haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:
«Shu davr ichida Amir Temur haqida ko‘plab asarlar bilan 
tanishdim. Mavjud miniatyuralarni, qayerda boim asin, imkoniyat 
daraj asida qidirib topdim. Men Hindistonning Kalkutta, Bombay 
shaharlaridagi muzeylai'da, Eronning Tehron, Isfaxon, Turkiyaning 
Istambul, Ko‘nyo, Izmir va boshqa shaharlarida, Angliyaning 
«Britaniya» muzeyida, Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlar muzeylarida 
saqlanayotgan miniaturalarning así nusxalarini ko‘rishga muvaffaq 
boidim . Ularda Amir Temur turlicha tasvirlangan. Hindistonning Bobur 
miniatura maktabi, Behzod (Hirot) miniatura maktabi vakillari chizgan 
Amir Temur qiyofasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Istambul muzeyidan 
joy olgan Temur portreti ham butunlay boshqacha...
Xullas, Amir Temur siymosini yaratish uchun bir emas, bir necha 
miniatyura maktabini o‘rganib chiqdim». Haqiqatan ham rassom bu
12!
www.ziyouz.com kutubxonasi


portret asarini yaratish borasida astoydii izlanishiar olib borgan, yutuq(J| i 
yuksak mahorati, mo‘yqalamining kuchi tufayli erishgan.
San’at ixlosmandlari e’tiborini o ‘ziga jalb qilgan Amir Teimii 
portretida sohibqiron sarkarda qiyofasida gavdalantirilgan. Boshiga oll In 
toj kiygan Temurning nigohi bir nuqtaga qaratilgan va jiddiy xayol 
og‘ushida ekanligi chap qovog‘ining biroz ko‘tarilib, qoshi tepaKn 
chimirilganidan sezilib turadi, ulug‘vor fikr bilan bandligidan dalolal 
beradi. Yuz qiyofasi asosan bug‘doyrang tuslar orqali tasvirlangan, 
Peshana va yuzda paydo boMgan chiziqlar, shuningdek, burun, lali, 
quloq, soqol, mo‘ylovlar holati Temurning yoshi biroz o‘tganligiiii 
ko‘rsatsa-da, uning tetik va baquw at ekanidan dalolat berib turibdi.
Ayniqsa, bu holat yuzda ko‘zga tashlanayotgan pishiqlik, chayir- 
likning tasvirlanishida aniq ko‘rinadi, Portretda qo‘l barmoqlari 
nihoyatda xa-rakterli tasvirlangan. Sharqona bezatilgan shoh saroyining 
bir qismi, derazadan Samarqand shahrining manzarasi ko'rinadi. 
Devordagi fonda naqshin bezaklar, sohibqiron o'tirgan saltanal 
kursisining jozibali ranglarga boyligi, shuningdek, Amir Temur egnidagi 
liboslaming o‘ziga xos qimmatbaho ko‘rinishi tomoshabinga zavq 
ulashadi.
Xwlias, Malik Nabiev sharqona xarakterga ega boMgan Amir 
Temurning uzoq va mashaqqatli jangu jadallardan keyingi holatdagi 
obrazini muvaffaqiyatli tasvirlashga erishgan.
0 ‘zbekiston xalq rassomi, akademik Rahim Ahmedov P. Benkov 
nomidagi badiiy o‘quv yurtini va Leningraddagi I. Repin nomidagi 
rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutini tamomlagan. 
R. Ahmedov, asosan, portret janrida ijod qiladi. Rassom yaratgan 
portretlarda zamondoshlarimiz - talaba, artist, rassom, cho‘pon, paxta- 
korlar- mehnatsevar oddiy kishilaming tipik obrazini ko‘ramiz. 
R. Ahmedovning ilk asarlari bo‘lmish «Cho‘pon yigit», «Xalq 
sozandasi», «Surxondaryolik qiz» kabi suratlari uni mohir suratkash va 
kolorit ustasi boMib yetishganini ko‘rsatadi. Rassom o‘z asarlarida 
qahramonlaming ma’naviy qiyofasini, rahini, his-tuyg‘ularini ta’sirli 
qilib ifodalagan. Bular «Ona o ‘ylari», «Bahor» va boshqalardir. 
R. Ahmedov badiiy jihatdan mukammal janrli suratlar ham yaratgan. 
«Birinchi maosh», «Tushki dam olish», «Onalik - tong», «Qo‘shiq» 
kabi polotnolari nihoyatda jonli, hayotiy va haqqoniy chiqqan.
R. Ahmedov yaratgan ayollar obrazlari, ayniqsa, jozibali va 
maftunkordir. Rassomning bu mavzudagi suratlari nazm ruhi bilan 
sug‘orilgan, nozik his-tuyg‘ularga boy. «Onalik - tong» (1963) suratida
122
www.ziyouz.com kutubxonasi


R. Ahmedov. Ustaxonada.
iii i'iom zamonaviy o‘zbek ayolining 
ll|iik 
obrazini 
gavdalantirdi.
A/iildan san’atkorlarni maftun etib 
li'lgan mavzuni R. Ahmedov sodda 
VII bir vaqtda tantanali ifodalagan.
Suratning kompozitsiyasi 
oddiy, 
koloriti jozibali va nafis. Suratning 
umumiy nozik pistoqiyashil rangi, 
ioi;‘ 
cho‘qqilari 
va adirlaming 
Viishiltob binafsha ranglari hamda 
ilaraxtlarning ko‘kish tuslari bilan 
iiyg'unlashib 
ketgan. 
0 ‘zbek 
nyollariga xos holatda o‘tirgan 
oiianing egnidagi sariq libosi uning 
inig‘doyrang 
bada-niga
iiyg‘unlashtirib tasvirlangan.
Hamza 
mukofoti 
laureati,
Toshkent teatr-rassomlik institu- 
tining 
akademigi 
R. Ahmedov
i-espublika 
tasviriy 
san’atining
atoqli namoyandalaridan biridir. .Uning asarlari xalqaro ko'rgazmalarda 
namoyish 
qilingan, 
mamlakatimizning 
san’at 
muzeylari 
va 
galereyalarida saqlanmoqda.
Respublikada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor, dastgohli 
rangtasvir san’atining atoqli vakillaridan biri Mannon Saidov (1923- 
2001) Toshkent shahrida tavallud topdi. Dehqonchilik va savdo ishlari 
bilan shug‘ullangan otasi juda erta dunyodan o'tadi. U paytda Mannon 
11 yoshda edi. Beshta farzandni tarbiyalab o‘stirish onasi zimmasiga 
tushadi.
Rassom M annon Saidov 1939-yili o‘rta maktabni tugatgandan 
so‘ng respublika badiiy bilim yurtiga o‘qishga kirdi. Bilim yurti urush 
yillarida Samarqand shahriga ko‘chirildi. Oilaviy sharoiti og‘irligi 
sababli M. Saidov Samarqandga o‘qishga bora olmaydi.
1942-1945-yillarda u zavodda oddiy ishchi bo‘Hb ishladi. Urush 
tugagandan so‘ng 1945-yildan boshlab o‘zi dastlab tahsil ko'rgan badiiy 
bilim yurtida o‘qishni davom ettirdi. Bu yerda A. P. Lunyov va Malik 
Nabiyevdan ta’lim oldi. Bilim yurtini muvaffaqiyatli tugatib 1947-yilda 
Sankt-Peterburg 
shaliridagi 
tasviriy 
san’at, 
haykaltaroshlik 
va 
arxitektura oHygohida dastlab taniqli rassom Troshev, keyinchalik
L
123
www.ziyouz.com kutubxonasi


mashhur rassom loganson ustaxonasida ijod sirlarini o'rgandi va 
institutni muvaffaqiyatli tugatdi. 1953-yildan boshlab Benkov nomidagi 
badiiy bilim yurtida pedagogik faoliyatini boshladi. 1956-1959- 
yillardan Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti (bugungi 
universiteti)ning badiiy grafika fakultetida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 
Mana shu yillardan boshlab ko‘rgazmalarda rang-barang kompo- 
zitsiyalari bilan qatnashib muxlislar hurmatiga sazovor bo‘ldi. 1956- 
yilda rassomlar uyushmasiga a’zo bo'lib kiradi. Rassom ijodiy va 
pedagogik faoliyatini birga olib borib, tasviriy san’atni targ‘ib qildi. 
1964-1984-yillarda esa shu institutda rangtasvir kafedrasini boshqarib 
ko‘plab yoshlarga ta’lim berdi, institutning professori sifatida faoliyat 
ko‘rsatdi.
Rassomning «Askiya» mavzusiga bag‘ishlangan bir nechta asarlari 
b o iib , unda o‘zbek xalqiga xos samimiy kulgi ishqibozlarining 
m a’naviy qiyofasi o‘z aksini topgan. 1973-yilda ishlangan mana 
shunday 
kartinada 
choyxonada 
hazil-mutoyiba 
qilib 
o‘tirgan 
yurtdoshlarimizning 
xatti-harakatlari, 
sho‘x 
qahqahalari 
rassom 
tomonidan ustalik bilan tasvirlanganini ko‘ramiz. Mannon Saidov 
mehnatkash kishilar, tarixiy voqealar, 0 ‘zbekiston tabiatini rang-barang 
ko'rinishlarda tasvirlab muvaffaqiyat qozondi.
Bu o‘rinda, ayniqsa, «Oila», «Askiya», «Xumson», «Uzum 
terishda», «Kattaqo‘rg‘onlik paxtakorlar», «Tog‘ manzarasi», «Hosil», 
«Ustaxonada» kabi o ‘nlab asarlarini misol qilib keltirish mumkin.
0 ‘zbek rangtasvir san’atining iqtidorli vakillaridan biri, taniqli 
rassom G ‘ofur A bdurahm onov takrorlanmas ijod namunalariga ega.
G ‘ofur Abdurahmonov rangtasvir san’atining ko‘pgina janrlariga 
dadii murojaat qila oigan rassom sifatida ajralib turadi. Bu o‘rinda uning 
mavzuli kompozitsiyalar, manzara, natyurmort, portret janrlaridagi 
faoliyatini ta’kidlab o ‘tish joiz.
U 1936-yili ishchi oilasida (otalari Muhammadjon aka paxta 
zavodida ishchi bo‘lib ishlaganlar), Toshkent viloyati Toshkent tumani 
Ko‘kterak qishlog‘ida dunyoga keldi. Tasviriy san’atga bo‘lgan ishtiyoq 
unda juda erta uyg‘onib, dastlab maktabda rasm o ‘qituvchis¡ 
K. P. Chibisovdan ta’lim oldi.
Rasm chizishga bo‘lgan ilk qiziqishlarini eslab rassom shunday 
deydi: «Eski shahar bozorining bir chetida shiddat bilan matoga tasvir 
tushirayotgan bir rassomning jonli obrazlari ko‘z oldimdan hali-hamon 
ketmaydi. Obrazlar nihoyatda jonli bo‘lib, bozordagi harakat yaqqol 
sezilib turardi. Qop ko‘tarib ketayotgan hammol, bozoming orqasidagi
124
www.ziyouz.com kutubxonasi


machitga tashrif buyurayotgan chollar tasviri bo‘yoqlarda o‘z aksini 
topgan edi. Bu tasvirlarni ko‘rib, rasm chizish naqadar zavqli ekanini 
yana bir bor his qilgan boisam kerak».
Xullas, rasmga boMgan qiziqish uni 14 yoshida P. P. Benkov 
nomidagi 
respublika 
badiiy 
bilim yurtiga 
o‘qishga yetakladi. 
Muvaffaqiyatli imtihonlardan so‘ng H. Rahmonov, M. Nabiyev kabi 
rassomlar, keyinchalik yuqori kurslarda T. Oganesov, N. Qo‘ziboyev 
singari m usaw irlam ing qo‘lida tasviriy san’at sirlarini o'rgandi. Bilim 
yurtini tugatar ekan, «Xirmonda» nomli diplom ishini himoya qildi.
Uning talabalik yillaridagi eskiz, etyudlar ustida olib borgan 
izlanishlari zoe ketmadi. Bilim yurtidan keyin 1956-yili Toshkent 
shahridagi K, Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn institutiga 
o‘qishga kirib ustozlar nazariga tusha boshladi. Birinchi kursdanoq 
ishlarining rang-barangligi, pishiqligi bilan ajralib turdi. Bu yerda u 
R. Ahmedov, A. Kirvonos kabi rassomlar qo‘lida ta’lim oldi. G ‘oflir 
Abdurahmonov talabalikning birinchi yozgi ta’tili paytida 100 dan ortiq 
etyud ishlab, ustozlarining maqtovlariga sazovor boidi. 1960-yili, 
institutni tugatishiga 1 yil qolganda, diplom himoyasiga chiqdi. Shu yili 
o‘zi o'qib ta’lim olgan P. P. Benkov nomli badiiy bilim yurtiga ishga 
taklif qilindi. G ‘. Abdurahmonov talabalik yillaridayoq pedagogik 
faoliyatini boshlab yubordi. Institutni 1961-yili «Shaxtyorlar» nomli 
diplom himoyasi bilan tugatdi.
G ‘. Abdurahmonov 1961-yillardan boshlab mustaqil yaratilgan 
ijodiy kompozitsiyalari bilan ko‘rgazmalarda faol ishtirok etdi. U 1965- 
yili 0 ‘zbekiston rassomlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. Bir necha 
yillik ustozlik ijodiy izlanishlardan so‘ng rassomlar bilim yurtida 
direkter bo‘lib ishlay boshlaydi. Bu rassomning nafaqat ijodiga, shu 
bilan birga, uning pedagogik faoliyatiga berilgan yuksak baho edi.
Rassom uchun yanada mas’uliyatli davr boshlandi. 0 ‘n yilga yaqin 
direktor, o‘n to‘rt yillik rassomlik faoliyatida, bilim yurtidagi pedagoglik 
davrida ko‘plab yoshlarga murabbiylik qildi. 0 ‘sha paytlarda bilim 
yurtida ta’lim olgan talabalardan Shuhrat Abdurashidov, Bahodir 
Jalolov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov kabi 
o‘nlab o‘zbek xalqining iqtidorli rassomlari yetishib chiqqanini alohida 
ta’kidlash kerak. Bugungi kunda tasviriy san’atning ko‘pgina sohalarida 
barakali ijod qilayotgan B. Nazarov (kino rassomi), K. Karimov 
(naqqosh), Sh. Rashidov (san’atshunos) kabi rassom va haykaltaroshlar 
G ‘ofur akaning qo‘ lida ta’ lim olishgan.
125
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rassom yaratgan kompozitsiyalar keng qamrov va rang-barangligi 
bilan ajralib turadi. Bu, ayniqsa, «To‘y», «G‘alaba», «Baxmallik qizlar», 
«Qirq birinchi yildagi kuzatuv», «Hosil bayrami», «Mening oilam» kabi 
asarlarida yaqqol ko‘rinadi.
Rassom G ‘ofur Abdurahmo- 
nov ijodining ajralmas va o ‘ziga 
xos 
tomonlaridan 
yana 
biri 
natyurmort janri bo‘lib, u o‘z 
natyurmortlarida 
ona 
tabiat 
saxovatini mahorat bilan tasvirlab 
beradi.
«Qo‘shiq» asarini tomosha 
qilar ekansiz, 
inson qalbidagi 
tuyg‘ular 
tabiatning 
jozibali 
ohanglariga 
hamohang jarang- 
íayotganini his qilasiz. Bahor 
gullari to‘shaIgan qirlar, qizlaming 
nafís harakatlari, tog‘ cho‘qqilari, 
shuningdek, olisdagi bulutlaming 
bir-biri 
bilan 
uzviy 
b o g iiq
bo‘yoqlarda tasvirlanishi kishini 
o‘ziga sehrlab qo‘yadi. «Baxmalda tong» nomli manzarasida esa 
tabiatda yangilanayotgan holatning nafis ko‘rinishi rassom tomonidan 
ilg‘ab olingan. Tasvirda erta tongdagi jonlanish, borliqning uyg‘o- 
nayotganligi yaqqol sezilib turadi. Bu asar tomoshabinda yaxshi kayfiyat 
uyg‘otish bilan birga, uning maroqli dam olishiga yordam beradi. 
Tabiatga nisbatan muhabbat va estetik zavq uyg'otadi. Rassom ijodida 
manzara janriga b o ig an qiziqish kurtaklarini uning dastlabki etyudlarida 
ham ko‘rish mumkin. G ‘ofur Abdurahmonov Fransiya, Polsha, 
Bolgariya kabi xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda b o iib qaytdi. 
Xorijda, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining bir qancha shaharlarida 
0
‘tkazilgan ko‘rgazmalarda rassom asarlari olqish va qiziqish bilan kutib 
olindi.
Qoraqalpogiston 
tasviriy 
san’ati 
ravnaqiga 
hissa 
qo‘shib 
kelayotgan atoqli haykaltaro sh JoMdosbek Q nttim urodov qoraqalpoq 
xalqining ma’naviy go‘zalligini jonlantirish bilan tomoshabinlar 
hurmatiga 
sazovor 
b o iib
kelmoqda. 
Haykaltarosh 
Joidosbek 
Quttimurodov 1934-yilda Kegayli tumanining Oqtuba qishlogida 
tugilgan. Maktabdan so‘ng Respublika rassomlik bilim yurtida
G ‘. A bdurahm onov. 
M ening oilam.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi


A. P. Lunyovdan ta iim oldi. Keyinchalik san’at institutida tasviriy 
san’at sirlarini astoydii o‘rgandi. Shu tarzda Joidosbek Quttimurodov 
1960-yillarda haykaltaroshlik san’atiga erkin ijodiy izlanishiar bilan 
dadil kirib keldi.
J. Quttimurodovning «Orzu», «Arslon», «Bosh kiyimli qiz», 
«Kelin» kabi bir qancha asarlarida go‘zallik, latofat, qoraqalpoq xalqiga 
xos milliy an’analar mujassamlashganini ko‘ramiz. Haykaltaroshning 
ijodiy kamoloti, ayniqsa, «Iskandar Zulqamayn», «Shamol», «Nihol», 
«Beruniy», «Oqqush va qiz» kabi asarlarida yaqqol seziladi. Uyg‘un 
tasvirlanishlar, 
ya’ni 
badiiy 
obrazning jonliligi, 
butunliligining 
ta’minlanishi J. Quttimurodov asarlarida har jihatdan o‘z ifodasini 
topgan. Bu 
0
‘rinda uning «Baliqlarni qutqarayotgan Anaxita», 
«Ikkiyuzlamachi ayol», «Farhod», «Guldursun», « 0 ‘tirgan qiz» kabi 
haykallari e’tiborga molik.
Iste’dodli haykaltarosh Joidosbek Quttimurodov tasviriy san’atda 
o‘z y o ii va o‘z uslubini topar ekan, bu o‘rinda ham jahon 
madaniyatidagi ilg‘or namunalarga tayanib, sharq xalqlarining an’ana va 
turmush tarziga hurmat-ehtirom bilan qaraydi.
Ilhorn Jabb o ro v azal-azaldan amaliy san’at ustalari bilan mashhur 
b o ig an Namanganning Chust tumani Olmos qishlogida 1945-yili 30- 
iyunda tavallud topgan. Olmos qishlogidagi maktabda 8 yillik 
ma’lumotni olgandan so‘ng 1961-yili Toshkentdagi badiiy bilim 
yurtining teatr bezakchisi boiim iga o‘qishga kiradi. Bilim yurtida unga 
taniqli rassom Grishchenko ustozlik qilgan. Ana shu yillar Ilhom 
Jabborov uchun tasviriy san’at sirlaiini oiganishda alohida maktab 
vazifasini o‘tadi. Namangandagi viloyat teatriga ishga boradi. Tasviriy 
san’atga b o ig an ishtiyoq b o ig ‘usi haykaltaroshni 1966-yilda san’at 
institutiga yetakladi. Bu yerda u taniqli haykaltarosh Anvar Ahmedov- 
dan saboq oldi.
Ma’lumki, haykaltaroshlikni o‘rganishda qalamtasvir alohida 
ahamiyat kasb etadi. San’at sirlarini o‘rganishning keyingi bosqichi ham 
o ‘z samarasini bera boshladi. Albatta, ilm va san’atni o‘rganish 
ustozlaming mehru mahoratlariga bo g iiq. Ilhom Jabborov bilim yurti va 
san’at institutida ta’lim oigan yillaridayoq o‘zining iqtidori bilan ajralib 
turar edi. Shuning uchun ham u yaratgan asarlar rang-barangligi, 
kompozitsiyalarga boyligi bilan ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, uning 
«Xayol» nomli asari diqqatga sazovordir. Shunday qilib, Ilhom Jabborov 
o‘ta rang-barang haykallar yarata boshladi. Haykaltarosh bir qator 
allomalar obrazini yaratishga muvaffaq b o id i. Ayniqsa, uning «Ibn
127
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sino», «Forobiy», «Navoiy va Jomiy», «G‘ofur G‘u!ora» k s ti asariari 
e’tiborga moiikdir. Haykaltarosh turli kompozitsiyalar, rang-barang 
portretlar yaratar ekan, zamonaviy haykaltaroshlikda mahorat egasi 
ekanligini isbotladi.
Yangilanish, uyg‘onish, ijodiy kamolot sari astoydil harakatlar 
Ilhom Jabborov ijodiga qanot baxsh etdi. U buyuk sarkarda Amir Temur 
obrazini monumental haykalda tikladi. Haykaltarosh Temur obraziga 
murojaat qilar ekan, u ko‘plab sohibqiron haqidagi adabiyotlar, 
miniatura tasvirlar, rassomlaming badiiy ishlari bilan tanishdi.

Amir Temur obrazini yaratish orzusi menda ilk bor bundan 25 
yilcha avval paydo boMdi. 0 ‘shanda Samarqand shahrida boMganimda 
tepamda xuddi ulug‘ bobomiz ruhi uchib yurganday qalbim larzaga 
kelgan edi. Samarqandga ikkinchi marta borganimda Zarafshon 
bo‘yidagi tepalik ustida shoh ruhi shaharni qo‘riqlab turganday bo‘ldi. 
Necha asrdan keyin yetib keldim, uchib keldim, deyayotganday... 
haykalimning g‘oyasi ham shu fikr-o‘y, xayolda tug‘ilgan obraz asosida 
shakllandi. Temur 27 davlatga madaniy at olib borgan. Haykaldagi ot 
jilovini mahkam ushlab turganining ramziy m a’nosi bor - bunda uning 
katta bir mamlakatni boshqarib turish holati aksini topgan. Go‘yo 
mamlakatda osoyishtalik, tinchlik gullab-yashnasin, deb turganday 
g‘oya ilgari surilgan, deya e ’tirof etadi haykaltarosh.
Darhaqiqat, 
Ilhom Jabborov bugungi monumental haykal- 
taroshlikka dadil kirib kelgan va bu sohada o ‘zining ajoyib asarlarini 
yarata olgan yetuk ijodkordir,
XX asrning ikkinchi yarmida 0 ‘zbekiston haykaltaroshlik san’ati 
yanada ravnaq topdi. Bunda Hakimxo‘ja Husniddinxo‘jayev, Shapiro 
Yakov Iosifovich, Abdumo‘min Boymatov, Eynulla Aliyev, Jo‘ldosbek 
Quttimurodov, Anvar Ahmedov, Ilhom Jabborov, Ulug‘bek Mardiyev 
kabi ko‘plab haykaltarosh-rassomlaming hissasi katta bo‘ldi.
Xalq yoki millatning ma’naviy qiyofasini o‘ziga xos ravishda 
gavdalantirishda monumental haykallar alohida o ‘rinda turadi. Toshkent, 
Samarqand, Buxoro kabi shaharlarimizni sayr qilsak, ko‘plab salobatli 
haykallarga duch kelamiz. Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, 
Beruniy, Ibn Sino, Hamid Olimjon, G ‘ofur G ‘ulom kabi o‘zbek 
xalqining sevimli farzandlarining obrazlari muhrlangan monumental 
haykallar ana shular jumlasidandir.
Monumental haykallarda suronli janglarda halok bo‘lgan ota- 
bobolarimiz qiyofalari ham mukammal ifodalangan. Afsonaviy xalq 
qahramonlari, dostonlardagi Alpomish, Farhodu Shirin obrazlari ham
128
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘zgacha talqin qilingan. Xullas, 0 ‘zbekiston haykaltaroshlik san’ati 
xalqimiz ruhiyatiga mos shaklu shamoyilini topa oigan.
Rangtasvir san’atida ulkan muvaffaqiyatlami q o ig a kiritgan 
0 ‘zbekiston xalq rassomi Javlon U m arbekov 1946-yilda Toshkent 
shahrida tavallud topdi.
U 1961-1966-yillarda P. P. Benkov nomidagi respublika rassomlik 
bilim yurtida ta’lim oldi. Talabalik yillaridayoq Toshkent shahrida 
o ‘tkazilgan ko‘rgazmada qatnashib, «Hosil» nomli asari uchun 
mukofotga sazovor b o id i. Rassom Javlon Umarbekov 1966-1972- 
yillarda sobiq Butunittifoq Davlat kinematografiya institutida tahsil 
ko‘rdi. Mana shu yillari ham bir qator asarlari bilan ko‘rgazmalarda 
ishtirok etib, san’at ixlosmandlari hurmatini qozondi.
San’atkor ijodining dastlabki namunalaridayoq sharqona mh 
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Biz musavvirning sharq an’analarini puxta 
o‘rganganligini ko'ramiz.
J.Umarbekov 
1968- 
yilda «Husayn Boyqaro va 
Alisher Navoiyning yoshligi» 
nomli asarida ikki do‘stning 
sharqona obrazini yaratdi va 
o‘zining katta mahorat egasi, 
shuningdek, 
rangtasvir
san’atining chinakam ustasi 
ekanini namoyon qila oldi.
1969-yilda 
ishlangan
«Qo‘shiq» deb nomlangan 
kartinasini kuzatar ekanmiz, 
o‘z davridayoq o ‘ziga xos 
mo‘yqalam 
yuritishda
muvaffaqiyatga 
erishganiga 
guvoh boiam iz.
Rassomning 
talabalik 
yillaridagi diqqatga sazovor 
ishlaridan yana biri «Mening 
do'stim» 
deb 
nomlangan. 
Unda muallif rassom do‘stiga va 
kompozitsiyadan o‘rin oigan ona siymosiga mehr hamda muhabbatini 
ifoda
etadi. Javlon Umarbekov ustozi Chingiz Ahmarovdan ta’lim olibgina 
qolmasdan, san’atga sadoqat, ajdodlar j? erosiga hurmat va muhabbatni
J. Um arbekov. Sozandalar.
129
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham 
0
‘rgandL «Yoz», «Birinchi qon>, «Olíin natyunnort», «Avto- 
portret», «Suvga icelayotgan ayol», «Sozandalar» kabi asarlarida 
rangtasvir san’atining ilg‘or zamonaviy an’analarini mukammal egallay 
boshlagani aniq ko‘zga tashlanadi. J. Umarbekov oliygohni tugatgach, 
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida bosh rassom, keyinchalik 
(1974-yildan) Toshkent teatr va rassomlik institutida o‘qituvchi b o iib
ishladi. 1984-yildan 1987-yilgacha 0 ‘zbekiston Rassomlar uyushmasi 
boshqaruvining raisi sifatida ham samarali xizmat qildi. 1980-yillarga 
kelib rassomning mazmunan keng qamrovli va kompozitsiya jihatidan 
yanada murakkab asarlari tasviriy san’at ixlosmandlarining hurmatiga 
sazovor b o id i. Bunday asarlarda tarixiy-falsafiy g‘oyalar olg‘a surilar 
ekan, ijodiy izlanishiar bilan b o g iiq mehnat samarasi yuzaga chiqqanini 
ta’kidlash o‘rinli. J. Umarbekov doimo ijodiy izlanish va yangilik 
yaratish ruhi bilan yashab kelayotgan san’at ustalaridandir. Asarlari bir- 
birini 
takrorlamaydi. 
1990-1995-yiilarda 
yaratilgan 
«Gullar», 
«Natyurmort: Gullar va tikanlar», «Meshkob», «NatyuiTnort: Idish- 
iovoq», kabi asarlari bu o‘rinda fikrimizning yaqqol dalilidir. Haqiqatan 
rassomning issiq tabiatli sharqona bo‘yoqlari qamrovi ichidagi rangin 
asarlarini kuzatar ekansiz, o ‘zb^kona ruhni ilg‘aysiz. San’atkor rang- 
barang kompozitsiyalar, portretkr, boy mazmunli manzara va 
natyurmortlar muallifidir. Uning ijod namunalarida san’at qiyomiga 
yetkaziladi, professional tugallik o ‘z o‘mini topadi.
Javlon Umarbekov asarlarida tarixiy shaxslar qiyofasi toiaqonli 
kompozitsiyalar qamrovida gavdalanadi. Bu o ‘rinda, ayniqsa, al« 
Xorazmiy, Abu Rayhon Bemniy, Amir Temur kabi tarixiy shaxslar 
obrazlarining toiaq o nli gavdalanishi diqqatga sazovordir. Keyingi 
yillardagi asarlarida rassom milliy merosimizga, jumladan, amaliy bezak 
san’atidagi an’analarga e’tiborini kuchaytirdi. U xalq amaliy san’atidagi 
ramziy belgilar kalitini topish, o‘sha sim asrorlami bo‘yoqlar orqali 
jonlantirish borasida izlanishiar olib bormoqda.
B ahodir Jalolov - O ‘zbekiston xalq rassomi, Alisher Navoiy 
nomidagi Davlat mukofotining sovrindori, zamonaviy rangtasvir san’ati 
rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan iste’dodli rassomlardan 
biridir.
Bahodir Jalolov 1948-yilda Toshkent shahrida tavallud topdi. 
1968-yili P. P. Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtini 
tugatdi. 1974-yilda esa I. E. Repin nomidagi Sankt-Peterburg rassomlik, 
haykaltaroshlik va m e’morlik institutining bezatish monumental 
fakultetini tamomladi. Yoshlik yillarida portret san’atining ustasi
130
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin