.. ri. Yu. Elizarov. Onalik. Yu. Elizarovning «Ona por treti», «Ota portreti» kabi suratlari shu davrda yaratilgan asarlari orasida diqqatga sazovordir. 50— 60-yillarda rassomning mahorati oshib, katta polotnolar yaratishga kirishdi. Shunday asarlardan biri « 0 ‘zbekiston san’at arboblari» (1958) dir. Bu polotnoda o‘zbek san’ati arboblari, atoqli basta- korlar, xonandalar, raqqosalar, aktyorlar va rassomlar tasvirlan gan. Suratning kompozitsion markazini yaltiroq qora royal oldida yaqqol ko‘rinib turgan oq kiyimli konsertmeyster qiz figurasi bilan uyg‘unlashgan binafsha baxmal ko‘ylak kiygan taniqli xonanda — xalq artisti Halima Nosirova tashkil etadi. Rassom tasvirlagan har bir obraz, ayniqsa, M. Ashrafiy, S. Yudakov, T. Sodiqov kabi bastakorlar, 0 ‘. Tansiqboyev, P. Benkov singari musavvirlar, aktyor A. Hidoyatov obrazlari chuqur ruhiy ifodaliligi bilan ajralib turadi. Yu. Elizarov suratni ishlashda yorqin bo'yoqlardan foydalanib, asami kolorit tuzilishining boy va toiqinlantiruvchan chiqishiga erishgan. Yu. Elizarov keyingi yillarda «Ijodiy hamkorlib), «O‘zbekiston paxtakorlari» kabi yirik polotnolar bilan bir qatorda, rang- larining uyg‘unligi, koloritining nafisligi, xarakterlarining aniqligi bilan