boy to‘kin dasturxon, qizlaming milliy kiyimlari suratning mazmunini ochib berishga yordam bergan. Yurtimizning go‘zal tabiati taniqli rassom 0 ‘rol Tansiqboyev (1904-1974) ning ijodida markaziy o ‘rin egallaydi. 0 ‘rol Tansiqboyev Toshkentda tug‘ilib, San’at muzeyi qoshidagi badiiy studiyada, so‘ngra Penza badiiy bilim yurtida o'qib, professional mahorat sirlarini o‘rgandi. 0 ‘rol Tansiqboyev ijodining dastlabki yillari voqelikni haqqoniy aks ettirish vositalarini izlashga qaratildi. Bu borada rassom portretlar, monumental mo‘yqalam asarlari, teatr dekoratsiyalari ishladi. 111
www.ziyouz.com kutubxonasi
" « V
y', ?
0 ‘.Tansiqboyev. Oqshom pallasi. 112
0 ‘rol Tansiqboyevning asarlari obrazlarining yaxlitligi, mavzusining jiddiyligi bilan ajralib turadi, rassomning ilk asarlaridan biri boigan « 0 ‘zbek yigiti» portretida rassom o‘z zamondoshi A. Toshkanboyevni tasvirlab, uning o ‘ziga xos xarakterini ko'rsatib berishga harakat qildi. II jahon urushi yillarida rassom o ‘zbek xalqi vakillari bilan bir safda frontda xizmat qildi. Rassom o‘z taassurotlarini «Urush yillari» rasmlar seriyasida aks ettirdi. Bu seriyadagi «Partizan qiz», «Ozod qilingan yerda», «Vatan mehmonlari» suratlari, ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan. Urushdan keyingi yillarda 0 ‘. Tansiqboyevning ijodi, asosan, 0 ‘rta Osiyoning go‘zal va nafis tabiat manzaralarini mo‘yqalam yordamida haqqoniy aks ettirishga qaratildi. Uning «Issiqko‘l oqshomi», « 0 ‘zbe kistonda bahor», «Qayroqqum GESining tongi», « 0 ‘rik gullamoqda»,