san’atini o‘z asarlari bilan boyitdi.
0 ‘rta Osiyoning boy madaniy merosini sevib, uni yangicha maz-
mun bilan boyitishga hissa qo‘shgan rassomlardan biri A. Nikolayev-
Usta Mo‘min (1891-1957) ham O‘zbekiston tasviriy san’atiga 30-
yillarda kirib kelgan. A. Nikolayevni o ‘zbek xalqining naqshlari maftun
etdi. U xalq urf-odatlarini o ‘rgandi va milliy sharq miniatyurasi uslubida
108
www.ziyouz.com kutubxonasi
asarlar yaratdi. Usta Mo‘minning «Bedana tutgan bola», «Oila»,
«Naychi» kabi asarlari kishida lirik tuyg‘ular uyg‘otadi.
0 ‘zbek san’ati ravnaq topayotgan yillarda boshqa rassomlar qatori
ajoyib o‘zbek qizi
Shamsiro‘y Hasanova ham ijod qilgan. Shamsiro‘y
1917-yilda ishchi oilasida tavallud topdi. 1932-yilda o‘rta maktabni
tamomlab Toshkent badiiy bilim yurtiga o‘qishga kirdi. Uning ustozi
A. N. Volkov edi. Bilim yurtini bitirgach, Samarqandda P. P. Benkov
rahbarlik qilgan badiiy studiyada tahsilni davom ettirdi.
Uning ijodi o‘zi sevgan va chuqur o‘rgangan sharq miniatyura-
chiligi va monumental tasviriy san’ati bilan chambarchas bog'liqdir.
Shamsiro‘y Sharqning betakror shoirasi Zebunisobegim obrazini
yaratish yo‘lida bir qancha polotnolar yaratdi. Podshoh va adib
Bobuming nevarasi bo‘lmish Zebuniso XVII asrning ikkinchi yarmida
Hindistonda yashab ijod qildi. Uning asarlari 0 ‘rta Osiyo, Hindiston,
Eron hamda Afg‘onistonda ma’lum va mashhurdir.
^ "
*
‘
40-yillaming
boshidayoq
Shamsiro‘y
o‘rta
asr
Sharq
shoiralarining
portretlari
turkumi
Dostları ilə paylaş: |