milliy kadrlar tayyorlash vazifasini qo‘ydilar. Rassomlar hayotni, uni
yaratuvchi insonni zo‘r ishtiyoq bilan tasvirlashga kirishdilar. Asosiy
mavzu - mehnat ahli, uning ijodkorligi, g‘ayrati, shijoatini ko‘rsatishdan
iborat bo‘ldi. Rassomlar jamoa xo‘jaliklari, qurilishlar, zavod-
fabrikalarga
borishib,
mehnatkashlaming
fidokorona
mehnatini
polotnolarda aks ettirishga harakat qildilar.
Tasviriy san’at ko‘rgazmalariga A. Volkov, M. Kurzin, V. Mar
kova, A. Nikolayevlar bilan bir qatorda, mahalliy yoshlaming ham
ijodiy ishlari qo‘yila boshladi.
1933-yilda Toshkent tasviriy san’at bilim yurtiga mahalliy
yoshlami jalb etishda iste’dodli rassom Bahrom Hamdamiy (1910-
1942)ning hissasi katta bo‘ldi.
Yoshligidan san’atga qiziqqan
B. Hamdamiy awal o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, so‘ngra
Toshkent badiiy bilim yurtida o‘qib, tajribali rassomlar A. Volkov,
M. Kurzin,
O. Tatevosyanlar
qoiida
ta’lim
oldi.
Keyinchalik
B. Hamdamiy o ‘zi ham shu dargohda o'qituvchilik qilib, milliy ijodkor
107
www.ziyouz.com kutubxonasi
kadrlar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shdi. 0 ‘zbek rassoiiilaridan
S. Abdullayev, L. Nasriddinov, M. Nabiyev, S. Muhamedov, R. Ahme-
dovlar B. Hamdamiy qoiida ta’lim olib, undan realistik san’at sirlarini
o‘rgandilar. B. Hamdamiy o‘z asariarida insonning go‘zalligini, uning
kuch-qudratini, matonatini aks ettirishga harakat qildi. («Gruppaviy
portret», «Muhitdinova portreti»). B. Hamdamiyning 1939-yilda moyli
bo‘yoqda ishlagan avtoportretida jiddiy, kuch-quwati, g‘ayrati jo ‘sh
Dostları ilə paylaş: |