Toshkentda tennis bo‘yicha Prezident kubogi uchun o‘tkazi- layotgan xaiqaro musobaqalar shu sport turining bizda ommaviy- lashishiga olib keldi, tennis maydonchalari - kortlar Andijon, Namangan, Qarshi va boshqa viloyat markazlarida qurildi. Toshkent shahrida esa Yunusobod korti mavjud. Ochiq kortlar balandligi 375 metr boMgan uch oyoqlik televizion minora tagida joylashgan. Kortlar orqasida 3000 o ‘rinü usti yopiq universal kort binosi qurilgan. Ushbu bino 1996-yil me’mor V. Akapdjanyan tomonidan loyihalashtirilgan. Bino tomining konstruksiyalari yorug* o‘tkazadigan leksanli ulkan temir-beton ravoqlar bilan bajarilgan. Bunday tom va kortni o‘rab olgan ikkinchi qavat galereyasining aylana derazalari binoga mos va boy ko‘rinishni yuzaga keltirgan. Shuningdek, 1999-yil Buxoro shahrida «Humo» nomli tennis majmuasi ochildi. Unda 250 o‘rinli usti yopiq zal, 500 o‘rinli ochiq Stadion, trenajyorlik zali, massaj xonalari, sog‘liqni saqlash xizmati va fitobarlar mavjud. Zallar devorlarining ichki ko‘rinishlaridagi yirik zamonaviy metall konstruksiyalari odatdagicha bekitilmasdan ochiq qoldirilgan. Sababi, ular o‘ziga xos estetik fazilatga ega. 9-may Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan Toshkent shahrida «Ona» nomli yangi majmua shakllandi. Abadiy alanga Mustaqillik maydonining shimolidagi xiyobonda joylashgan bo'lib, maydon kengligini davom ettirib turadi. Abadiy alanganing g‘arbiga haykaltarosh I. Jabborov tomonidan yaratilgan «Motamsaro ona» haykali o'matilgan. Shuni aytib o‘tish kerakki, ushbu haykal qiyofasini yaratgan haykaltarosh - rassom Rahim Ahmedov asarlaridagi o'zbek onasining siymosidan foydalangan. Xiyoborming uzunligi 60 metr bo‘lib, shimoliy va janubiy ayvonlarda II jahon urushida halok