diplomi bilan qaytadi. Bunday mutaxassis kadr o ‘z davrida 106
www.ziyouz.com kutubxonasi
respublikamizning davlat nashriyoti uchun juda zarur edi. Iskandar Ikromov 0 ‘zbekistonning birlnchi poligrafchi-rassomi sifatida tanila boshladi. Bu borada samarali ijod qilish bilan birga, tasviriy san’atning grafika turiga doir qoMlanmalar yaratdi. 1932-yilda rassomning «Rasmni 0
‘rganish», 1933-yilda «Kitob va jumallar qanday nashr etiladi» albomi, 1935-yilda «Harflarni yozislini o‘rgan» kabi kitoblari chop etildi. Iskandar Ikromov pedagogikaga oid kitoblar yaratish bilan birga, kitob grafikasini yanada puxta o‘rganib, o ‘zbek shoir va yozuvchilarining asarlariga kitob mazmunini ochib bera oigan ko‘plab rasmlar ishladi. Ayniqsa, o‘zbek adiblari, shoirlari kitoblarining o‘ziga xos milliy va an’anaviy bezaklar bilan boyitilishi rassomni tez orada san’at va adabiyot vakillari o‘rtasida e’tibor qozonishiga sabab bo‘ldi. U yaratgan asarlar kitob, jurnal va gazetalaming mazmunini boyitib, o‘quvchilarga manzur bo‘ldi. 0 ‘sha davrda Davlat san’at muzeyi qoshida A. Volkov rahbarligida badiiy studiya ishlab turardi. 1924-yildan studiyaga Moskvadan kelgan realist-rassom N. V. Rozanov rahbarlik qildi. I. Repinning shogirdi N. Rozanov badiiy ta’limni realistik yo'nalishda olib bordi. Atoqli manzarachi-rassom 0 ‘. Tansiqboev, rassomlar A. Toshkenboyev, X. Valiyevlar 1927-yilda tuzilgan badiiy studiyada ta’lim oldilar. XX asr 20-yillarining oxirida 0 ‘zbekistonda paydo bo‘lgan turli badiiy guruhlar orasida eng yirigi «Yangi Sharq ustalari» guruhi edi. Bu davrda realist-rassomlar o‘z oldilariga ijodiy kuchlami birlashtirish va