S. F. Abdirasilov



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

«Kuz tongi» 
kabi ko‘plab asarlari rassomning manzaranavislik
san’atining mohir ustasi sifatida jahonga tanitdi. 0 ‘rol Tansiqboevning
«Jonajon o ‘lka» asarini ko‘rar ekan, tomoshabinning ko‘z o ‘ngida o‘zbek
diyori, uning dilga orom beruvchi tabiati, kishilaming mehnati bilan bog‘-
bo‘stonga aylanayotgan yerlar gavdalanadi.
Rassomning « 0 ‘zbekistonda mart» surati ko‘p yillik ijodiy
izlanishlar samarasi. Bu epik polotnoda so‘lim bahor damlarida
uyg‘onayotgan tabiat ohangdor ranglarda ifodalangan. Birinchi
ko‘rinishda tog‘ etagidagi yam-yashil vodiy, nariroqda yoyilib
oqayotgan 
daryo, 
gullayotgan 
o‘rik 
daraxtlari, 
feruza 
osmon
0 ‘zbekiston bahoriga xos nafíslikni ochib bergan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘. Tansiqboyevning asarían kishida estetik zavq-shavq uyg‘otadi,
uni toMqinlantirib, jonajon o‘lkaning inson mehnati bilan o‘zgarayotgan
ajoyib tabiatidan faxrlanish tuyg'usini kuchaytiradi, chunki rassom o‘z
asarlarida Vatanning porloq istiqbolini kuylaydi. O'rol Tansiqboyevning
sermahsul ijodiy faoliyati yuksak baholandi.
0 ‘zbekiston xalq rassomi 
Chingiz Ahmarov (1912-1995)
monumental devoriy rasmlaming mohir ustasi. O‘zbekiston tasviriy
san’atida miniaturaga xos ajoyib polotnolar yaratib, milliy san’atimiz-
ning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Bu rassomning o‘z ijodiy yo‘li
va san’at maktabi mavjud. Chingiz Ahmarov 1912-yilda Rossiyaning
Troisk shahrida tavallud topgan. Taqdir taqozosi bilan ulaming oilasi
0 ‘zbekistonga kelishadi. U yoshlik yillaridayoq Qarshi, Samarqand
shaharlaridagi sharqona me’moriy obidalar, amaliy san’at namunalari

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin