«Kuz tongi» kabi ko‘plab asarlari rassomning manzaranavislik san’atining mohir ustasi sifatida jahonga tanitdi. 0 ‘rol Tansiqboevning «Jonajon o ‘lka» asarini ko‘rar ekan, tomoshabinning ko‘z o ‘ngida o‘zbek diyori, uning dilga orom beruvchi tabiati, kishilaming mehnati bilan bog‘- bo‘stonga aylanayotgan yerlar gavdalanadi. Rassomning « 0 ‘zbekistonda mart» surati ko‘p yillik ijodiy izlanishlar samarasi. Bu epik polotnoda so‘lim bahor damlarida uyg‘onayotgan tabiat ohangdor ranglarda ifodalangan. Birinchi ko‘rinishda tog‘ etagidagi yam-yashil vodiy, nariroqda yoyilib oqayotgan daryo, gullayotgan o‘rik daraxtlari, feruza osmon 0 ‘zbekiston bahoriga xos nafíslikni ochib bergan. www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘. Tansiqboyevning asarían kishida estetik zavq-shavq uyg‘otadi, uni toMqinlantirib, jonajon o‘lkaning inson mehnati bilan o‘zgarayotgan ajoyib tabiatidan faxrlanish tuyg'usini kuchaytiradi, chunki rassom o‘z asarlarida Vatanning porloq istiqbolini kuylaydi. O'rol Tansiqboyevning sermahsul ijodiy faoliyati yuksak baholandi. 0 ‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov (1912-1995) monumental devoriy rasmlaming mohir ustasi. O‘zbekiston tasviriy san’atida miniaturaga xos ajoyib polotnolar yaratib, milliy san’atimiz- ning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Bu rassomning o‘z ijodiy yo‘li va san’at maktabi mavjud. Chingiz Ahmarov 1912-yilda Rossiyaning Troisk shahrida tavallud topgan. Taqdir taqozosi bilan ulaming oilasi 0 ‘zbekistonga kelishadi. U yoshlik yillaridayoq Qarshi, Samarqand shaharlaridagi sharqona me’moriy obidalar, amaliy san’at namunalari