bilan tanishadi. Chingiz Ahmarov o‘zbek xalqining tarixi, uning an’anaviy san’at merosiga qiziqadi. 1930-yilda Perm tasviriy san’at o‘quv yurtini, 1942-yilda Moskva Davlat badiiy institutini tugatadi. 1949-yili Ch. Ahmarov shu institut aspiranturasini tamomlab, san’atshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Rassom Alisher Navoiy nomidagi opera va balet Katta teatriga, Samarqanddagi Ulug‘bek muzeyi, Beruniy nomidagi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutining yangi binosi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi devorlariga freskalar ishlagan. U yaratgan «Tasviriy san’at ramzi», «Raqs», «She’riyat», «Kuy» kabi san’atning ramziy tasvirlari diqqatga sazovordir. «Saddi Iskan- dariy», «Farhod va Shirin», «Bahrom va Dilorom», «Layli va Majnun» kabi monumental tasvirlar devoriy suratlarda milliy tuyg‘u va an’analar gavdalantirilgan. Monumental rassomlik bilan bir qatorda. Ch. Ahmarov dastgoh rassomligi va suratkashligida ham faol ijod qilgan. Rassom o ‘zbek xalqining tasviriy san’at sohasidagi merosidan unumli foydalanib, uning ilg'or an’analarini hozirgi zamon san’atiga ijodiy singdirgan ijodkorlardandir. U ko‘plab o‘zbek adiblarining, jumladan, buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarini o'rganib, o‘zbek milliy adabiyoti, she’riyatining ixlosmandiga aylanadi. Uning «Shirin» deb nomlangan asarida Shirinning sharqona chehrasi, liboslari, hatto xatti- harakati bir-biri bilan uyg‘unlashib mahorat bilan tasvirlangan. Bu portretda boshi biroz egilgan, nozik qarashlar bilan eshik yonida turgan Shirinning to‘liq gavdasi aks ettirilgan. 113
www.ziyouz.com kutubxonasi