S. F. Abdirasilov



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

T. Sa’dullayev. Mening
o‘qituvchim portreti.
Í35
www.ziyouz.com kutubxonasi


tortar edi. Shunday qilib, Temur maktabda o‘qigan paytidayoq miniatura 
san’atiga xos tasvirlami ishtiyoq bilan kuzatar va ulardan ilhomlanar edi. 
Shuning uchun ham taniqli rassom Chingiz Ahmarov bilan uchrashish, 
undan maslahatlar olish istagini o ‘z akasi Amirga bildiradi.
«Eng baxtli kunlarimdan biri, ilk bor 1966-yilda o‘zim ishlagan 
ko‘plab suratlarni ko‘tarib akam bilan Chingiz Ahmarov huzuriga 
borgan kunimiz hali-hali yodimda», - deb eslaydi rassom.
T. Sa’dullayev Ch. Ahmarovning maslahati bilan shu yili Nizomiy 
nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining tasviriy san’at 
o‘qituvchilari tayyorlaydigan fakultetiga o ‘qishga kirdi. Bu yerda taniqli 
rassom, 
professor 
Malik 
Nabiyevdan 
rangtasvir, 
haykaltarosh 
Abdumo‘min Boymatovdan qalamtasvir sirlarini o'rgandi. Talabalik 
yillarida Chingiz Ahmarov huzuriga tez-tez borib, u kishiga xos suratlar 
ishlash Temur Sa’dullayevga juda yoqar edi. Tasviriy san’atdan bilim va 
malakaga ega boMgandan keyin, Navoiy lirikasiga bagMshlab diplom 
ishi qilish niyati borligini ustoz Chingiz Ahmarovga bildirdi. Ana 
shundan so‘ng atoqli adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov bilan 
uchrashish va tanishishga muyassar boMdi. Adabiyot va tasviriy 
san’atning jonkuyar vakillari bilan uchrashib, suhbatlashish Temur 
Sa’dullayev zimmasiga o‘ta mas’uliyatli vazifalarni yukladi. Yosh 
rassomdagi intilish, qiziqish va iste’dodni ko‘rgan Hamid Sulaymonov 
unga otalarcha g‘amxo‘rlik qilib, talabalik paytidayoq adabiyot 
muzeyiga rassom sifatida ishga qabul qildi. Hamid Sulaymonov bu yosh 
rassom ishlagan rasmlarni ko'zdan kechirib, uning shakllanishiga o‘z 
vaqtida katta imkoniyat yaratgan edi.
Alisher Navoiy asarlariga bo‘lgan qiziqish muzey ga ishga 
kelganidan so‘ng rassomda yanada kuchaydi. Natijada asta-sekin 
musavviming rang-barang, mushohadaga undaydigan portretlari yuzaga 
keldi. Uning «Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod» nomli asari 
e’tiborga moiikdir.
Rassom tabiat bag‘rida xuddi shu tabiatdek beg'ubor va pok ijod 
vakillari obrazini tasviriashga muvaffaq boMgan. Temur Sa’dullayev 
iste’dodining yuzaga chiqishida va san’atkor sifatida shakllanishida, 
shubhasiz, 
otaxon 
ustozlar 
Chingiz 
Ahmarov 
va 
Hamid 
Sulaymonovlaming xizmatlari kattadir. Bu insonlaming ishonchini 
oqlash rassomga juda katta mas’uliyat yukladi.
Shuning uchun ham o‘z ustida yanada jiddiyroq ishlar ekan, 
san’atning nozik va mashaqqatli yoMini cho‘chimasdan bosib o‘tishga 
erishdi. Bu muvaffaqiyatlar 70- yillardagi asarlaridayoq yaqqol ko‘zga
136
www.ziyouz.com kutubxonasi


tashlangaii edi. Ayniqsa, ko'pchilik tomoshabinlar e’tiborini qozongan 
«Navro‘zda qizlar bazmi», «Qiz portreti», «Omon Matjon», «Navoiy va 
Behzod», «Xosiyat Bobomurodova», «Solih Mutalibov» kabi asarlarini 
misol keltirish mumkin. Adabiyot va tasviriy san’atning bir-biri bilan 
chambarchas bogiiqligi rassom ijodining bosh mavzusidir. Temur 
Sa’dullayev ijodiy faoliyati davomida bu an’anaga sodiq boMib 
kelmoqda.
Saksoninchi yillarga kelib, rassom portret janri borasida yanada 
sermahsul ijod qildi. U bir qator shoir va adiblaming obrazlarini 
muvaffaqiyatli tasvirlab berishga erisha oldi. Atoqli olim Hamid 
Sulaymonov portretini yaratish bilan rassom otaxon ustozga boMgan 
samimiy muhabbat va hurmatini ifodaladi. Rassomning bir qator devoriy 
suratlari ham e’tiborga molikdir. Bu o‘rinda «Afshonada», «Alpomish 
va Barchinoy», «Behzod» kabi asarlarini sanab o‘tish mumkin.
Temur Sa’dullayev doimiy ravishda ko‘plab kitoblarga badiiy 
bezak berish bilan birga, miniatura san’atidagi an’analami yaxshi 
o ‘zlashtirganligi bilan ajralib turadi. U miniatura an’analarini tasviriy 
san’atning zamonaviy yutuqlari bilan uyg‘unlashtirgan, o‘z ovoziga ega 
bo'lgan xalqchil rassomdir.
1990-yillar rangtasvir san’ati rivojiga 0 ‘zbekistonda faol ijod 
qilgan A. Aliqulov, A. Agaxanyan, B. Oümxonov, Sh. Bahriddinov 
kabi ijodkorlar o‘zlarining ijodiy g‘oyaIari bilan ta’sir ko‘rsatdilar. Bu 
nafaqat kompozitsiyaning plastik yechimida, balki devoriy suratlami 
ishlashda intereming fazoviy makonini kompozitsiyaga mos ravishda 
mahorat bilan uyg‘unlashtirishda ko‘zga tashlanadi.
Kompozitsiyalar personajlari, ulaming uslubiy ishlanishi, rang va 
plastik yechimlari B. Jalolovning Qo‘qon teatri va «Turkiston» saroyi 
intererlarida ishlangan «Umar Hayyom tushlari» devoriy suratlari 
estetikasiga juda yaqin. A. Aliqulov va u bilan hamkorlikdagi 
mualliflarning keyingi 
ishlarida ulami o‘z plastik tillarini topishga 
uringanliklari natijasida birmuncha boshqacharoq uslubda ishlanganligi 
ma’lum. Rassomlar Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrining intereri 
uchun ishlangan «Jahon xalqlari ertaklari» mavzusidagi devoriy suratda 
yorqin yassi-bezakdorlik tarzida mashhur ertaklar qahramonlari 
dunyosini gavdalantiradi. Rassomlar intereming ma’lum me’moriy 
qismlaridan shunchalar muvaffaqiyatli va unumli foydalanishganki, 
kirish eshiklari, shuningdek, devoming yassi qismlari kompozitsiyaning 
mazmuni va plastik jihatlari bilan oqilona uyg‘unlashtirilgan. Devoriy 
rangtasvirning kompozitsiya va rangdagi yechimi yuksak mahorat bilan
137
www.ziyouz.com kutubxonasi


bajarilgan b o iib , interer dizayn yechimining muvaffaqiyatli topilgani 
devoriy asami tushunib yetishga xalal bermaydi.
A. Aliqulov. 0 ‘zbekistonning sporti.
A. Aliqulov boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan Toshkentdagi 
«Olimpiya shon-shuhrati muzeyi» intererining devoriy surati yechimi 
o‘ziga xos, ya’ni dinamik tarzda yechilgan. Ikki rejali kompozitsiyaning 
monoxrom siluetidagi antik atletlarga qarama-qarshi holatda sharq 
polvonlari kurashchilari, kamondozlari va chavandozlari qiyofalari 
tasvirlangan.
Alisher Aliqulov guruhining 0 ‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi 
uchun ishlangan ishlaridan biri «Xalq qo‘zg‘olonlari va jadidchilik 
harak ati» devoriy surati fuqarolik va vatanparvarlik tuyg‘usi bilan 
sug‘orilgan. Devoriy surat tili keng qamrovli va serma’no bo‘lib, unda 
qarama-qarshi ranglami uyg‘unlashtirish orqali o‘sha davrlar muhiti 
beriladi. Bu ish mavzu va uslubiy jihatdan rangtasvir asariga yaqinligi 
bilan aw algi devoriy suratlardan ajralib turadi.
0 ‘zbekistonning ko‘hna shaharlari tarixiy obidalari m avzusida 
ishlangan suratlar sifatida A. Canning Toshkentdagi «Turkiston» saroyi 
intereriga 
ishlagan 
suratlarini, 
Yu. Chemishovning 
Urganchdagi 
«Jayhun» 
mehmonxonasi, 
shuningdek, 
O. Xabibulinning 
Miliiy 
matbuot-markazi, Baynalmilal madaniyat markazi hamda Uchtepa 
tumani banki binosi intereriga ishlangan devoriy kompozitsiyalarini 
sanab o‘tish joizdir.
1990-yillar oxirida tasviriy san’atdagi o‘ziga xoslik rassomlaming 
san’atning bir-biriga yaqin janrlariga murojaatlarida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Bu vaqtda ko‘plab ràngtasvirchi rassomlar o‘zlarining ijodiy
138
www.ziyouz.com kutubxonasi


A. Alíquiov. Tarixiy davri alm ashtirishi.
qobiliyatlarini mahobatli devoriy suratlarda sinab ko'rdilar. Shu jihatdan 
samarqandlik rassom A. Isayev ijodi e’tiborga moiikdir. 1990-yillar 
oxirida u tempera texnikasida qator devoriy suratlar yaratdi. 1998-yilda 
Samarqand Davlat chet tillar institutida «Buyuk ipak yo‘li» nomli yirik 
kompozitsiya intererini yaratdi. Devoriy surat deyarli binoning butun 
vestibyulini 
egallaydi, 
uning 
markaziy 
qismi 
Samarqandga 
bag'ishlanadi, yon tomonlarida Buyuk ipak y o ii bo‘ylab joylashgan 
Hindiston, Xitoy, Misr, Italiya kabi mamlakatlarga bag‘ishlangan 
sahnaviylik o‘z ifodasini topgan. Devoriy surat cheklangan tarzdagi och- 
sariq va havorang tuslardan foydalanib amalga oshirilgan. Taxminan 
xuddi shunday rang-plastik uslubda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti 
intereriga 1999-2000-yillarda «Ona zamin saxovati» asari yaratildi.
A. Isayevning barcha ishlari, asosan, och-yashil, sariq ranglar 
gammasiga yo‘g‘rilgan va tasviming yassi tarzini ifoda etib, musavvir 
alohida hollardagina zaruriy tasvir muhitini yarata oladi.
Samarqandlik rangtasvirchilar E. M uham m adiyev va N. Sulto- 
novlarning 2000-2001-yillarda A. Navoiy nomidagi Samarqand Davlat 
universiteti intererida ishlangan «M a’naviyat bo‘stoni» nomli yirik 
hajmli devoriy kompozitsiyasi ham shu uslubda yaratilgan. Beshta 
alohida kompozitsiyadan iborat bu devoriy surat qadimgi davrdan to 
hozirgi 
kungacha 
boMgan 
0 ‘zbekiston 
madaniyati 
tarixiga 
bag‘ishlanadi. Ish mahorat bilan bajarilgan, kompozitsiyasining yechimi 
vertikal maromda, to'yingan ranglar gammasida muhim hissiy 
kayfiyatni hosil qiladi.
139
www.ziyouz.com kutubxonasi


N. 

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin