O ‘zbekiston xalq rassomi, professor, Badiiy akademiyaning faxriy
akademigi Malik Nabiyev (1916-2009) Toshkent shahrida tug'ilgan.
M alik Nabiyev tasviriy san’atning ilk saboqlarini rassom Bahrom
Hamdamiydan olgach, ustoz maslahatiga binoan rassomlik bilim yurtiga
o‘qishga kiradi. 1937-yili Toshkent badiiy texnikumini, so‘ngra
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining badiiy-
grafika fakultetini tamomlagan. Ijodining ilk davrida M. Nabiyev
portretnavis rassom sifatida tanilgan. U turli
mavzuda kompozitsiyalar
yaratgan. Rassomning «Oilaviy konsert» va boshqa suratlarida hayot
hodisalari ko‘p tomonlama va mazmundor qilib tasvirlangan. 30-yillarda
yaratgan « 0 ‘zbeb> portreti, «Tikuvchi», «Qo‘zg‘oIon bostirildi» asarlari
Nabiyevni muxlislarga iste’dodli yosh rassom sifatida tanitdi. Ijodiy
izlanishda davom etgan rassom ustozlari Benkov, Tatevosyanlardan
tasvir sirlarini o‘rgandi.
M. Nabiyev ko‘proq nafis san’atning tarixiy janrida mo‘yqalam
tebratayotgan rassomlardandir. Yoshligidan tarixiy mavzularga qiziqqan
rassom o‘qiganlarini suratlarda aks ettirishga harakat qiladi. Uning
«Spitamen qo‘zg‘oloni», «Muqanna qo‘zg‘oloni», «Hosilning yo‘q
qilinishi», «Jizzaxdagi 1916-yilgi qo‘zg‘olon»
deb nomlangan suratlari
shular jumlasidandir. «Spitamen qo‘zg‘oloni» suratida xalqning
eramizdan oldingi IV asrda yunon bosqinciiilariga qarshi olib borgan
vatanpai'varlik harakati aks ettirilgan. Rassom ozodlik uchun boigan
xalq qo‘zg‘olonlari mohiyatini ochib beradi. Bu borada, rangtasvirchi
rassom M. Nabiyev avloddan-avlodga hikoya qilinib kelinayotgan
tarixiy voqealarni astoydil oigan ib , ularni jonli
ranglarda tasvirlashga
muvaffaq
boigan.
Ала
shunday
asarlardan
birida
Iskandar
Zulqarnaynga qarshi jang qilgan so‘g‘diylar qahramoni Spitamen aks
etgan. Asar o'zining uslubi, kompozitsion tuzilishi jihatidan boshqa
tarixiy asarlardan ajralib turadi. Unda ishlatilgan qizil, sariq, yashil, ko‘k
bo‘yoqlar gammasi rassomga asarning mazmunini, uning g‘oyasini
ochishga yordam bergan. Qo‘zg‘olon mavzusida yaratgan manzaralarida
xalqning g‘alabaga, ozodlikka b o ig an intilishlarini obrazli tarzda aks
ettirishga harakat qiladi.
M. Nabiyev ijodida buyuk siymolar portretlari alohida o‘rin tutadi.
1949-yili Abu Rayhon Beruniy vafotining 900 yilligi munosabati bilan
ulug‘ mutafakkir portretini yaratish uchun katta tanlov e’lon qilingandi.
Unda respublika rassomlari qatori boshqa respublikalar mo‘yqalam
ustalari ham qatnashib, 80 ga yaqin asar tanlov hay’ati e’tiboriga havola
etildi. Nabiyev yaratgan «Beruniy» portreti yuksak baholandi. Rassom
119
www.ziyouz.com kutubxonasi
yetuk san’atkorlar qatoridan o‘rin oldi. Bu
portretni yaratisli ijodkor
uchun mashaqqatli va sharafli edi. Chunki Beruniy qiyofasini ifoda
etadigan hech qanday ma’lumot va tasviriy material yo‘q edi. Abu
Rayhon Beruniy o ‘z zamonasining turli fanlarini, birinchi navbatda,
astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya
asoslarini
puxta bilgan, bu fanlar taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan
buyuk qomusiy olim edi. Uning ko‘p qiiTali ilmiy va insoniy qiyofasini
tasvirlash rassomdan juda katta mehnat va mahoratni talab etardi.
M. Nabiyev ko‘p izlandi, sharqshunos olimlaming fikr-mulohazalariga
tayanib, fakt va ko‘rsatmalar asosida Beruniy yashagan tarixiy davmi
o‘rgandi, X -X I asrlar Xorazm tangalaridagi shohlar rasmi bilan tanishdi
va,; nihoyat, Bemniy obrazini suratda aks ettirdi. Nabiyev shundan keyin
ham buyuk olimning qiyofasini yaratishdagi izlanishlarini to ‘xtatmadi.
1973-yili Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan yaratgan
portretida ulug‘ siymoning yaxlit obrazini gavdalantirdi. Rassom Abu
Rayhon Beruniyni kamtar va sodda kishi sifatida tasvirlaydi. Uning
ko‘zlarida donolik, idrok va ijodiy g ‘ayrat ko‘rinib turibdi. Bu portret
ikkinchi marotaba ham tanlov g‘olibi bo‘ldi va YuNESKOning «Kurer»
jurnali
muqovasida,
xorijiy
mamlakatlarning
ko‘pgina
jurnal,
gazetalarida
hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor
nashrdan chiqarildi.
Musavviming yutuqlaridan yana biri u yaratgan buyuk shoir, adib,
faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur obrazidir. Bobur
obrazini yaratish uchun rassom Afg‘oniston, Hindiston va boshqa bir
qancha xorijiy mamlakatlarda bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang
qilgan joylarni o ‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. M. Nabiyev Bobur she’riyati bilan
chuqur tanishib, uning hayotini mukammal o ‘rganib, shoiming navqiron
va toiaqo n li portretini yaratdi.
1968-yili Alisher Navoiy va
Abdurahmon Jomiy portretlarini chizib, san’at muxlislari e’tiboriga
havola qildi. Bu portretlarning har biri o'ziga xos xarakteri va yaratilish
uslubi bilan ajralib turadi.
Keyingi yillarda M. Nabiyev ijodida
tarixiy mavzular bilan bir
qatorda, zamonaviy mavzularda portret asarlari ham paydo bo‘ldi.
Rassom yaratgan «Sut sog‘uvchi», «Samarqandlik qiz», «Bog‘bon»,
Dostları ilə paylaş: