Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)
Abdulhaq Abdullayev (1918-2002) dir. U Turkiston shahrida tavallud topgan. Portret san’ati
ustasi o‘n uch yoshidan boshlab mo‘yqalamda rasm ishlagan.
A. Abdullayev 1931-yilda Samarqand badiiy bilim yurtiga kirib,
mashhur rassom-pedagog P. Benkov qoMida o‘qidi. 1938-1940-yillar
mobaynida Surikov nomli Moskva rassomlik institutida bilim olgan
rassom, 1941-yilda Toshkentga qaytib keldi. Boshqa rassomlar bilan bir
safda turib urush davri qahramonliklari, front va front ortidagi
fidokorona kurashlarni tasvirlovchi bir necha polotno va 150 dan ortiq
portret yaratdi.
A. Abdullayev o'zbek xalqining atoqli san’atkoriari, adiblari,
paxtakorlari, naqqoshlari va olimlarining portretlar galereyasini yaratib,
chuqur runiy portret san’ati ustasi sifatida tanildi. Ayniqsa, mashhur
o‘zbek aktyori Abror Hidoyatovning Otello rolidagi porcreti e’tiborga
molik. Ma’lumki, o‘z davrida Abror Hidoyatov Otello roli orqali
jahonga tanildi. Ana shu obrazni astoydil kuzatgan, har jihatdan
o'rgangan rassom uni o‘ziga xos tarzda tasvirlashga muvaffaq bo‘ldi.
0 ‘ta ta’sirchan va to'laqonli bu portret rassomning mahorat cho‘qqisini
egallaganidan dalolat beradi. Bu portret bir qarashdayoq tomoshabin
e’tiborini o‘ziga rom etishiga shak-shubha yo‘q. Umumiy qizgish rang
¿ammasi portretdagi obrazning ichki g‘oyasini ochib berishga xizmat
qiladi. Shu tariqa rassom rejissyor Mannon Uyg‘ur, Furqat, Hamid
Olimjon, Oybek portretlarini ham katta badiiy kuch, mahorat bilan
tasvirladi.
«Artist Sora Eshonto‘rayeva» portretida rassom «o'zbek sahnasi
ciurdonasi»ni ortiqcha dabdabasiz, oddiy ko‘rinishda tasvirlagan. Stolga
suyanib, o‘ychan o‘tirgan aktrisaning boshi sal ko‘tarilgan b o iib ,
uzoqlarga tikilgan ko‘zlarida, ta’sirchan yuzida ijodiy ilhomlanish
sezilib turibdi. A. Abdullayevning o'sha davrda yaratgan asarlaridan
muvaffaqiyat qozonganlari «Xalq ustasi Toshpoiat Arslonqulov»
(1948) va «Nazarali Niyozov» portretlaridir. Dongdor paxtakor Nazarali
Ota Niyozov keng paxta maydonida yelkasida ketmoni bilan
tasvirlangan. Bu mirishkor dehqon sinchkovlik va diqqat bilan paxta
dalalarini ko‘zdan kechirib, egatlarda shildirab oqayotgan suvning
tovushiga quloq solmoqda. Suratning koloriti sho‘xchan, jozibali,
serquyosh yoz manzarasi zarhal, yorqin bo‘yoqlarda ishlangan.
117
www.ziyouz.com kutubxonasi
JiV-
i''**' '
k ■
-Ï
} i* '^
■
- ' i f ' -
f> * '\ ^ i \
•'
■?*-«' ' ■ ■
v^*A.5j5ii ;. I’ Táeíwí
S-ki-