L. Abdullayev. Xaiq hofizi Mulla
To‘ychi Toshmuhammedov.
dastlabki
asarlari orasida xalq
hofizi
«Mulla
To‘ychi •f
Toshmuhamedov» portreti alohida
o‘rin tutadi. Hofizning yuzini,
naqshdor to‘nini, mayin mo'yna
telpagini rassom yuksak mahorat
bilan tasviriagan.
Portret umumiy
sarg‘ish tilla ranglar gammasida
ishlangan.
II
jahon
urushi yillarida
L. Abdullayev
rassomlar
bilan
yonma-yon turib, front ortida
fidokorona mehnat qilib, g‘alabani
yaqinlashtirish
uchun
kurasha-
yotgan
paxtakorlarning
yorqin
obrazlarini yaratdi.
0 ‘zbek
xalqining II jahon
urushida
ko‘rsatgan
mislsiz
qahramonligidan
ilhomlangan
rassom «Front va front orti», «Qasam» nomli qator suratlarni ishladi,
shu bilan birga, plakat sohasida ham unumli ijod qildi. L. Abdullayevning
«Shimoliy Toshkent kanalida konsert» nomli surati juda ta’sirchandir.
1947-yilda L. Abdullayev zaxiraga bo‘shatilgan askarlaming ona
yurtiga, tinch mehnat quchog'iga qaytib kelishini ifodalovchi
«Qahramon bilan uchrashuv» suratini ishladi.
Suratning kompozitsion
markazini
quchoqlashib
ko‘rishayotgan
ota-bola
tashkil
etadi.
Jangchining boshqa oila a’zolari - onasi, rafiqasi, o‘g‘li, og‘a-inilari,
qarindoshlari, qo‘shnilari atrofda turishibdi. Ularning chehralaridagi
xursandchilik suratning ko‘tarinki ruhiga mos tushgan. Surat oltinsimon
ranglar
gammasida bajarilganligi, yomgMikning ko‘pligi uchun
tomoshabin voqea serquyosh o‘lkada bo‘layotganiga ishonch hosil
qiladi.
L. Abdullayevning ijodi ko‘p qirralidir. Mohir mo'yqalam ustasi
kitob suratkashligi,
shuningdek, hajviy grafikada ham faol ijod qilgan.
A. Qahhorning «Sarob», Oybekning «Quyosh qoraymas» va «Bolalik»,
A. Qodiriyning « 0 ‘tkan kunlar», G ‘. G ‘ulomning «Shum bola» kabi
asarlariga suratlar ishlash bilan birga, L. Abdullayev «Mushtum» hajviy
jurnali tahririyatida muvaffaqiyat bilan mehnat qildi.
116
L
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘z ijodi bilan o‘zbek tasviriy san’atini ravnaq toptirgan, uni
jahonga tanitgan mashhur rassomlarimizdan biri
Dostları ilə paylaş: