(chap yoki o‘ngda) uchrashadi. Uning bosh nuqtadan uzoqligi ko‘rish
nuqtasidan surat tekisligigacha bo'lgan oraliqqa teng boMadi.
Narsaiaming tasvirini chizishda perspektivaning quyidagi beshta
qoidasini bilish lozim;
- narsa va buyumlar kuzatuvchidan uzoqlashgan sari ko‘zga
kichrayib ko‘rinadi;
- surat tekisligiga parallel joylashgan
gorizontal chiziqlar doimo
gorizontal holatda chiziladi;
- surat tekisligiga parallel bo'lgan tik (vertikal) chiziqlar har doim
tik holatda chiziladi;
- surat tekisligiga parallel bo‘lmagan, ammo o‘zaro
parallel
bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlar ufq chizig‘ining bir nuqtasida uchrashadi;
- aylana shaklni ufq chizig'idan asta-sekin yuqori ko‘tara
boshlasak, aylana qismi ellips shakliga aylangandek tuyuladi. Uning
ustki aylanasi ko‘zimiz balandligiga yetganda ellips to‘g‘ri chiziq bo‘lib
ko‘rinadi. Aylana va ellipsni eni oMchami perspektivada o‘zgarmaydi.
Dostları ilə paylaş: