2. Tasvirlashning perspektiva asoslari
Mazmuni:
Perspektiva haqida umumiy ma’lumot. Perspektiva
turlari. Narsalarni tasvirlashda perspektivaning qoiuin-
qoidalari va asosiy tushunchalari (ufq chizigM, kesisliish
nuqtasi, ko'rish nuqtasi, surat tekisligi).
Turli hajmga cga
bo'lgan
buyumlarni
tasvirlashning
o‘ziga
xos
xususiyatlari.
Narsalarni
tasvirlashda
perspektiva
qoidalariga amal qilinishi.
Topshiriq
-
qalamda kub, yashik, chelak, to‘g‘riburchakli,
silindrsimon, konussimon buyum
kabilami rasmini
chizish.
Kundalik hayotimizda uchraydigan va tevarak-atrofimizni qurshab
turgan
narsalarga nazar tashlasak, ular uzoqlashgan sari go‘yo bir
nuqtada uchrashayotgandek tuyuladi. Ko‘cha chetlaridagi qator
daraxtlar, simyog‘ochlar bizdan uzoqlashgan sari kichrayib boradi.
Daraxtlaming yam-yashil barglari
o‘zoqlashgan sari ko‘m-ko‘k
ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Tabiatdagi narsalaming ana shunday
ko‘rinishini qog‘oz yoki biror bir buyum
ustida tasvirlash bilan
shug'ullanadigan fanni perspektiva deyiladi.
Perspektiva fransuzcha so‘z bo‘lib, (la perspective) - «uzoqqa
qarash», yunonchasiga esa - «oyna orqali to‘g‘ri va aniq ko‘rayapnian»
degan ma’noni bildiradi.
Pei'spektiva fani realistik rasm yaratishda narsalarni ko‘z
o‘ngimizda qanday ko‘rsak, shunday tasvirlasliga yordam beradi.
Ibtidoiy davr odamlari qoya va toshlarga ko‘mir bilan turli tasvirlarni
tushirib, so‘ngra ular ustidan o ‘tkir toshni yurgizib chiqqanlar, keyin esa
tasvirlarni pushti rang bilan bo‘yaganlar. Shuni ta’kidlash lozimki,
aksariyat tasvirlar afsonaviy va turli marosimlar asosida ishlangan
(ritual) suratlar bo‘lib, insonlaming o ‘sha davrdagi dunyoqarashlarining
dastlabki ko‘rinishlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ko‘pincha, mamont,
bizon va boshqa hayvonlar yakka-yakka qilib tasvirlangan.
Sharq
miniatyuralarida ikki va undan ko‘proq odam va hayvonlar tasvirini
uchratish mumkin. Bu tasvirlarda perspektiva qoidalariga amal
qilinmagan. Y a’ni narsalaming oldingi qatordagilari kattaroq,
keyingi
qatordagisi esa kichikroq tasvirlangan. Uzoqdagi narsalar teparoqda,
yaqindagisi esa tasvir pastrogMda, lekin bir xil kattalikda tasvirlangan. U
vaqtlarda perspektiva tushunchasi bo‘lmagan.
173
www.ziyouz.com kutubxonasi
Uyg‘onish davrining buyuk siymolar italiyalik mashhur rassomlar
Bruneleski, Pero Della Franchesko (1416-1492), Leonardo da Vinchi
(1452-1517)lar perspektiva qonuniyatlari bilan shug‘ullangan.
Nemis
rassomi va uymakori Albrext Dyurer birinchi bo‘lib perspektiv
apparatda tasvirni yasashda ko‘rish nuqtasining qo‘zg‘almas ekanligini
isbotladi va bular to‘g‘risida risola yozgan.
Perspektiva qonunlari ko‘p, lekin biz ulaming eng asosiylaridan
foydalanamiz. Rasm chizishda rassom perspektivaning kuzatish,
chiziqli
va havoiy turlaridan keng foydalanadi. Kuzatish perspektivasi bu
kenglikni bevosita kuzatish, chamalash asosida amalga oshiriladi.
Chiziqli perspektivaning ma’nosi perspektiv tasvirlanishi chiziqli
geometrik qurilish uslubiga asoslanishiga tayanadi.
Havoiy perspektiva
kuzatuvchidan nai-salami uzoqlashgan sari havoiy muhit ta’sirida tus va
rang o'zgarishlarini o‘rganadi.
Misol tariqasida, taqqoslab ko'ringchi, xonaning fazoviy ko‘rinishi
qanday idrok etiladi, agaida orqa devorini havo rangga bo'yalsa:
ipi
Dostları ilə paylaş: