To‘g‘ri burchakli narsaiaming, masalan: yashik, jomadon, uy,
sandiq va televizor kabilaming asosi kubdir.
Kubni yon tomon
qirralarining qisqarishini ko‘ra bilish tasvirni to‘g‘ri bajara olishga
zamindir.
Kub olti kvadratdan tashkil topgan. U kishiga, ikki yoki uch tomoni
bilan ko‘rinishi mumkin. Agarda kub, kishiga ikki tomoni bilan ko‘rinsa,
unda u to‘g ‘ri to‘rt burchakka o ‘xshab turadi. Kubning uch tomoni
ko‘rinsa, uning tomonlarini qisqarishi yaqqol seziladi va perspektiv
qonuniyatlar asosida bajariladi.
Kubning rasmini tasvirlashda uning balandligi, katta-kichikligiga
qarab ixtiyoriy tik chiziq bilan belgilanadi.
Shu tik chiziqning tepa va
pastki gorizontal qirralami aniqlab chiziq bilan belgilanadi. Yon
tomonidagi gorizontal parallel qirralar ufq chizig‘idagi nuqtada
kesishadi. Kubning bizga yaqin qirrasiga solishtirib, balandligi
aniqlanadi, chap va o‘ng tomonining chekka qirralari belgilanadi.
Kubni konstruktiv qurilishi yana bir bor tekshirib aniqlik kiritiladi,
so‘ng tus jihatdan yom g‘-soyalar tekshiriladi va umumlashtirib
yakunlanadi.
Silindr. Silindr tasvirini chizishda uning qog‘ozdagi o ‘lchami
aniqlanadi. Tasvirni chizish markaziy o ‘q chiziqdan boshlanib uning
balandligi va eni belgilab olinadi.
0
‘rta chiziqdan o‘ng
va chap
tomonlarida teng joy olinadi, ustki va ostki asoslari tasviri yordamchi
chiziqlar orqali chiziladi. Shundan so‘ng silindr sirtini chegaralovchi
yon chiziqlari chiziladi. Xatolari to ‘g‘rilangach, uning hajmini
tasvirlashga kirishiladi. Silindr tanasida yom g‘dan soyaga o‘tish to ‘g ‘ri
to‘rtburchak shaklidagi kabi keskin emas. Bunday predmetlarda
yom g‘dan soyaga o‘tish
asta-sekinlik bilan boradi, shuning uchun
chizish jarayonida bunga rioya qilish lozim. Silindming asosiy tashqi
shakllari aniq chizilgandan so‘ng, uni bosqichlar yordamida tuslab
yakunlanadi.
Konus. Konussimon narsaiaming rasmini chizishga ko‘p jihatdan
o‘xshaydi, chunki konussimon narsalar tanasidagi yorug‘lik va soya
silindrsimon narsalar tanasidagi y o m g iik va soyaga yaqin. Konussimon
narsalarni chizishda avvalo uning qanday narsaga o‘xshashligi
aniqlab
olinishi kerak. Masalan: gultuvak, chelak ba’zi bir shisha idishlarga
o'xshashligi mumkin. Konussimon narsaiaming tuzilishi silindrdan farq
qiladi. Konusning pastki tomoni yo‘g ‘onlashib, yuqoriga chiqqan sari
asta-sekin ingichkalashadi. Konus tasvirini qog‘ozda bajarish usuli
oldingi kub va silindr turlari kabi bosqichma-bosqich tarzda bajariladi.
184
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shar. Sharga qaysi tomondan qaralmasin uning shakli aylana. U
qirrasiz bo‘lib hamma tomoni yumaloq hajmga egadir.
Sharni tasvirlash
geometrik jismlami tasvirlash kabi bajariladi. Shaming hamma qismiga
yorug‘lik bir xilda tushmaydi. Sharda yaltiroq joyi, yorug‘lik, soya,
yarim soya va refleks joylarini ko‘ramiz. Shaming soya tomoniga
ikkinchi tomondan yom g‘
tushib tursa refleks hosil
boMadi.
Yoritg‘ichdan tushayotgan yorugiik sharga tik tushib turgan joyida
sho‘la hosil qiladi. Shar sirtidagi soya-yorug‘lik
mayin tuslar orqali
taraladi. Masalan, kesik konus shaklidagi chelak rasmini chizishda uning
eni pastga tomon torayib borishiga, shuningdek, chelakning bandi,
qulog‘i, qismlarining o‘lchami va tuzilishiga alohida e’tibor berish
lozim. Chelakdagi yoragMik, soya, yarimsoya
va refleks kabilarning
och-to‘qligi jihatidan bir-biridan farqini his qilgan holda bajariladi.
Ko‘za simmetrik shakl hisoblanib, u silindr va shar shakllaridan
iashkil topgan. Ko‘za rasmini chizish simmetriya o'qini o‘tkazish va bu
o‘qda ko‘zaning balandligi hamda enini topishdan boshlanadi. Ko‘za ufq
chizig‘idan bir oz pastroqqa qo‘yilganligi uchun uning ustki va ostki
asoslari ellips shaklda ko‘rinadi. So‘ngra ko‘zaning bo‘yi va enini
belgilovchi chiziqlami tutashtirish orqali uning umumiy shakli topiladi.
So‘ngra soya va yorug‘likni asta-sekin tasvirlashga o‘tiladi. Narsalardagi
yorug‘-soyalarni tasvirlashni puxta o'rganish maqsadida gipsdan
ishlangan ornamentlarni chizish juda foydalidir.
Dostları ilə paylaş: