Topshiriq
- Qotirilgan qush va hayvonlarni o‘ziga qarab qalamda va
rangda tasvirlash: Xo‘roz, tovuq, o‘rdak, qarg‘a, bo‘ri,
quyon, mol, qo‘y, echki va otlami tasvirlash. Hayvonot
bog'idagi yovvoyi qush va hayvonlaming tasvirini
xomaki ishlash.
Har bir bo‘lg‘usi o‘qituvchi qush va hayvonlar rasmini tasvirlash
borasida kerakli bilim va malakalarga ega bo‘lishini talab etadi.
Pedagogik faoliyat jarayonida o‘quvchilar tasviriy san’at darslarida qush
va hayvonlarni rasmini tasvirlashga to‘g ‘ri keladi. Qush va hayvonlar
tabiatimizning chiroyi, ular biz bilan birgalikda hayot kechiradi. Qushlar
va hayvonlar tabiatning har xil sharoitlariga moslashgan bo‘lib, yashash
joylari bir-biridan farq qiladi. Masalan, o‘rdak vaqtning ko‘proq qismini
suvda suzish bilan o‘tkazadi. Uning gavdasi boshiga nisbatan katta,
oyog‘i pardali, bular unga suvda suzishiga yordam beradi. Burgutning
esa tumshug‘i qayrilgan, changali kuchli, tim og‘i o‘tkir va qanoti keng
boMadi. Shular kabi ko‘k qarg‘a, chittak, jiblajibon, qaldirg‘och va
hokazo qushlardir.
Dostları ilə paylaş: