M t
Ko‘za va meva-sabzavotlardan natyurmort.
Natyurmort qo‘yilmasini
tasvirlashda
ishni
alohida-alohida
buyumlardan boshlab so‘ngra boshqalariga o‘tish aslo mutnkin enias.
Narsalar guruhini qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirishda nisbat, oraliq
masofalar, fazoviy joylashuvda xatolikka yo‘l qo‘ymaslik muhimdir.
Buning uchun narsalar to‘plamini yengil chiziqlar bilan belgilab chiqish
zamr. Tasvirlashda narsa va buyumlaming perspektiv qisqarishlarini
puxta bajarish o‘ta muhim.
Dastlabki qalamtasvir ishlarini bajarayotganda
talabalar narsa va
buyumlaming tekislikdagi fazoviy joylashuvi, nisbatlari, hajmi,
konstruktiv qurilishi kabi vazifalarni to‘liq bajarishmaydi. Ularning
diqqat-e’tibori narsalami kontur chiziqlarini tasvirlashga qaratilgan
b oiadi. Ulaming fikricha narsaning sirtqi ko‘rinishi chizilsa,
shakl ham
to‘g‘ri tasvirlanadi deb hisoblaydilar. Buyumning sirtqi ko‘rinishin¡
tasvir]ayotib, uning konstmktiv qurilishi, nisbat
kabi xususiyatlari
nazardan qolib ketishi mumkin.
Narsalaming o'zaro joylashuvi, istagan qirrasini yo‘nalishi
naturada osongina aniqlanadi va naturaning yo‘naltiruvchi
va vertikal
(tik), gorizontal (yotiq) chiziqlari yordamida tasvir qog‘ozda yengil
quriladi. Uzun qalam yordamida qurilmaning perspektiv burchaklarini,
qirra nisbatlarini, stol tekisligida o‘zaro turgan joylarini tekshirish
mumkin. Buning uchun qalamni cho‘zilgan
q o id a vertikal, gorizontal
yoki burchak ostida uShlab qirralami perspektiv yo‘nalishini tekshirish
mumkin.
197
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qo‘yidagi tasvirda konusning asos qismini kubning yuqori
tomonining eniga b o ig an nisbatini qalam bilan asosini chekka o‘ng
burchak yoniga qo‘yib vertikal bo‘yicha tekshirish mumkin. Naturada
bu vertikal kubning qoraytirilgan tomonini o‘rtasidan kesib o‘tadi
qalamtasvirda esa bunday bo‘lmasligi mumkin.
Xatosini aniqlab uni
darhol tuzatamiz. Agarda konusning chap tomonini davom ettirsak, u
silindming aylana asosiga zo‘rg‘a tegadi. Bu yerda ham qalamtasvir
aytarli darajada aniq emas. Vazani yuqori qismi orqali gorizontal chiziq
o‘tkazib uning balandligini konus bo‘yiga nisbatan aniqlash mumkin.
Yana silindming ikki tomonini davom ettirsak,
qayerga borib taqalishini
tekshirib ko‘rish mumkin. Naturada kubning oldingi qirrasi konusning
markazi bilan ro‘para kelmaydi, qalamtasvirda u aynan markazda bo‘lib
ko‘rinishi ham mumkin. Shunday qilib, yana bitta xatosini topamiz. Endi
gorizontal joylashgan qalamni naturadagi kubning asosiga keltiramiz va
qanchalik silindr asosini pastida bu chiziq o‘tishini kuzatamiz. Naturada
ikkalasini asosi deyarli bitta gorizontal chiziqda joylashgan. Buni
qalamtasvirda tekshirib ko‘ramiz.
Narsaiaming nisbatlarini aniqlab va ularni perspektivada qurayotib
barobar yengil-yelpi soyalami berish mumkin. Bu esa narsaiaming
nisbatlarini ham va ularning o‘zaro joylashganligini ancha aniq
yetkazishda imkon beradi. Stol tekisligidagi narsalar to‘plamini
joylashtirishda ulaming asoslarini qurish juda ham muhim. Har bir
narsani joyini aniqlamasdan ular orasidagi
kenglikni yetkazish mumkin
emas. Ayrim narsalar havoda «muallaq» bo'lishi yoki biri ikkinchisiga
«o‘yib» kirgandek ko‘rinishi mumkin.
Tasvirlash jarayonida alohida narsaiaming va ulaming qismlarini
katta-kichikligini har doim bir-biriga taqqoslab borish zarur.
Dostları ilə paylaş: