S. F. Abdirasilov


Ot va tuyani tasvirlashning ketma-ketligi



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Ot va tuyani tasvirlashning ketma-ketligi.
Qush va hayvonlaming rasmini chizishni o ‘rganishda avvalo 
tulumiga qarab turli tomondan tasvirlaslmi mashq qilish maqsadga 
muvofiqdir. Buning uchun hayvon va qushlami sinchikiab kuzatish va 
o'rganish lozim. Keyin esa tulumlarini tez chizishni mashq qilish orqali 
jonli hayvon va qushlar rasmini tasvirlashga o ‘tiladi.
204
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tirik qushlammg tasvirini ishlash juda qiyin. Chunki ular tinmay 
harakat qilib turadi. Albatta, tajribasi kam talabalar buni tezda chizib 
ulgurmaydi.
Qush tasvirining akvarelda bosqichli bajarilishi.
Qushlar tuzilishi.
Birorta qush rasmini ishlashdan 
oldin uning boshiga nisbatan gavdaning 
kattaligi, tumshug‘i, dumining tuzilishi 
aniqlab olish kerak. Qushlarning tuzi- 
lishini geometrik jismlarga taqqoslasak, 
tumshug‘i konussimon, 
boshi 
sharga 
o ‘xshaydi. Gavdasi esa tuxum shakliga 
o ‘xshab ketadi. Ana shu shakllarga 
o ‘xshatib 
qushning 
boshi, 
bo‘yni, 
tumshug‘i, 
gavdasini 
chizish 
kerak. 
Albatta har qaysi boMakning o‘ziga xos 
tomonlarini hisobga olib bir-biriga uzviy 
bo g iash lozim, b oim asa boshqa bir 
qushga o‘xshab qoladi.
Qush(tuma) rasmini chizish uchun 
aw a l sinchiklab kuzatiladi, turnaning 
gavdasiga 
nisbatan 
oyog‘i, 
bo‘yni 
anchagina uzun, tumshugM esa uzun va 
uchlidir. Qog‘ozga turnaning gavdasi 
o‘rtasidan yo‘nalishi bo‘yicha qiya chiziq
205
www.ziyouz.com kutubxonasi


tortib, ana sliu chiziqqa uzunchoq tuxum shaklidagi gavdasi belgilanadi. 
Keyin bo‘yini belgilovchi chiziq, oyoqlarning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi 
chiziqni, so‘ng dumining uzunligi belgilanadi. Chizish jarayonida 
qushning tumshug‘i, boshi, oyog‘i, qanoti, dumi kabi boiaklarining 
o‘lchamlari qayta-qayta solishtirilib aniqlanadi. Ish yorug‘ va soyalami 
asta-sekin tasvirlash bilan nihoyasiga yetkaziladi.
Hayvoniar rasmini chizishda ham qushlar rasmini chizishdagi 
tartibga rioya qilinadi. Ot, qo‘y, sigir, mushuk, quyon va hokazolar 
shular jumlasidandir. Ularning tasvirini chizish qushlarni chizishga 
qaraganda birmuncha qiyin. Chunki hayvonlaming tana va suyak 
tuzilishi murakkabdir. Suyak tuzilishini o‘rganish ham tasvir chizishda 
katta yordam beradi.
Tirik hayvon va qushlarning tasvirini tugal ravishda ishlash qiyin. 
Shuning uchun tirik hayvon va qushlarning faqat xomaki tasviri 
chiziladi.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin