qator turiarga va janriarga boMinadi. Grafika. Grafika yunoncha «grapho» so‘zidan olingan boMib, «yozaman», «chizaman» degan ma’noni anglatadi. Grafikaga oddiy qora qalam, tushda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiyalar kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasmlar, illyustratsiya, plakat, hajviy, sharj, efiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san’ati asosan chiziq, shakl va oq qora ranglar orqali tasvirlanadi. San’atning ayrim turlarida bo‘yoqlardan ham foydalaniladi, lekin asar mazmunini ochib berishda asosiy vazifani o ‘tamaydi, faqat kishilami jalb qilishi yoki chaqiriq vazifasini bajarishi mumkin. Shuning uchun ham bu sohada ikki uch xildan ortiq bo‘yoq deyarli ishlatilmaydi. Grafika asarlari o‘zining bajaradigan vazifasi va mazmuniga qarab quyidagi turiarga boMinadi: dastgohli grafika, kitob va gazeta jumal grafikasi hamda amaliy grafika. Dastgohli grafika san’ati ijod- koming mustaqil badiiy faoliyatini anglatadigan, yangi fikr va g‘oya- larni ilgari suradigan grafika asar lariga aytiladi. Dastgohli grafika san’ati asarlarining ko‘rinishlaridan biri estampdir. Estamp (estampe) - rassom tomonidan tayyorlangan asami maxsus asbobda ko‘payti- rilgan nusxasi, ya’ni qog‘ozga bosma yoMi bilan tushirilgan tasvir. G.Sultonova. Masxaraboz. 70
www.ziyouz.com kutubxonasi
Asosan san’at asariarida biron bir mazmun, odamlaming xatti-harak\.ti,