S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning nazariy asoslari


Elektrotexnika taraqqiyoti tarixidan lavhalar



Yüklə 173,17 Kb.
səhifə3/52
tarix03.05.2023
ölçüsü173,17 Kb.
#106485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Elektrotexnikaning nazariy asoslari S. F. Amirov, M. S. Yoqubov,

Elektrotexnika taraqqiyoti tarixidan lavhalar 

Hozirgi zamon elektroenergetikasi - mamlakatning yetakchi
sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab-
chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o'ynaydi.
Inson o'z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan
foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi
ajoyib xossalari bilan ajralib turadi:
a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom)
energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda;
b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) bilan
uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin;
v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;
g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin;
d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga
o'zgartirish sodda;
e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon,
telegrafiya, radioaloqa).
Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda
nafaqat elektroenergetikaning asosiy masalalarini, balki noelektr
texnikalarni
yangi
sifat
darajaga
ko'tarishga
imkon
berdi.
Elektrotexnika
fanining
zamirida
elektrotexnik,
radiotexnik,
elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash
texnikasi tez sur'atlar bilan rivojlandi.
Elektrotexnikaning yuzaga kelishi o'zgarmas tok manbaining
yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan
bog'liq.
Qadim o'tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya
tog' rudalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini
payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar.
Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardanoq qahrabo
ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo
bo'lishini ta'kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim dunyodan
ma'lum, lekin bu hodisalar to'g'risidagi fan 1600 yilda ingliz fizigi U.
Gilbert elektr va magnit hodisalar to'g'risida tadqiqotlarini e'lon
qilgandan keyin boshlandi. Elektr to'g'risidagi fanni rivojlanish
bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o'rganishga bag'ishlangan
M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlarning
amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Elektr va magnit hodisalarni o'zaro bog'langanligini rus olimi F.
Epinus 1758 yilda o'z ma'ruzasida aytib o'tgan.
1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o'z nomi bilan atalgan qonunni
kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi.
Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan.

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI


9
Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov


1802 yilda elektroximiya bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o'tkazgan va
u elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi.
Magnit strelkaga tokning ta'siri X. Ersted tomonidan 1819 yilda,
toklarning o'zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan 1820 yilda
o'rganilgan. Amper birinchi bo'lib elektr toki, tok kuchi, elektr
kuchlanish atamalarini kiritgan. Magnit maydonining dastlabki
tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o'tkazilgan va Laplas
tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio - Savar -
Laplas qonuni).
Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalarni fransuz matematigi S.
Puasson tadqiq etgan. Elektromagnit maydonning materialistik
konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U
elektr va magnit maydonlarni tadqiq etish uchun kuch va
ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan.
1782 y. Laplas o'z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og'irlik
nazariyasiga tegishli asarlarida qo'llagan. Elektromagnit induksiya
qonunini 1831 yilda ingliz fizigi M. Faradey tajriba yo'li bilan kashf
etgan
va
elektrokimyo
qonunlarini
birinchi
bor
o'rgangan.
Elektromagnitli telegraflar rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 yili
yaratilgan. Rus akademigi B. Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun
elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om qonuni 1826 yilda
nemis olimi G. Om tomonidan kashf etilgan.
Elektromagnit o'lchash birligi absolyut tizimini nemis olimlari
K.F. Gauss va T. Veber 1831-1833 yillari yaratdilar.
Tokning issiqlik ta'siri - Joul-Lens qonunini ingliz fizigi D.
Joul 1841 yili va rus akademigi E. Lens 1842 yilda ta'riflab berishgan.
1844 yil E. Lens elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis
olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid ikkita muhim
qonunga ta'rif bergan.
Vektor potensiali, induktivlik va o'zaro induktivlikni birinchi bor
1845 yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D.
Maksvell 1873 yili siljish toklari tushunchasini kiritdi, hamda hozirda
uni nomi bilan ataladigan o'zgaruvchan elektromagnit maydon
tenglamalarini tuzdi. Bundan faqat 25 yildan keyingina elektromagnit
maydon mustaqil tarzdagi materiya deb isbot etildi.
Elastik muhitda energiya harakati rus olimi N.Umov tomonidan
1874 yilda nazariy jihatdan tadqiq qilingan.
Rus injeneri F. Pirotskiy 1875 yilda quvvati 4,4 kVt o'zgarmas
tokni 1 km masofaga uzatish tajribasini o'tkazgan.
Cho'g'lanish lampasi 1875 yil A. Lodigin tomonidan kashf
etilgan.
1884 yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon energiyasini
uzatishni nazariy jihatdan tadqiq etgan.

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI


10
1889-91 yillarda rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy elektr


energiyaning uch fazali tizimi qism(generator, transformator, motor)
larini ishlab chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo'lgan
elektr energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga oshirgan.
1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan.
Dunyoda birinchi bo'lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan.
1887-88 yillarda nemis olimi G. Gers elektromagnit to'lqinlarni
mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi.
Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905-1908 yillarda
G. Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog'liq.
O'ta o'tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom
tomonidan 1911 yilda kashf etilgan.
"Elektrotexnikaning nazariy asoslari" faniga bevosita aloqasi
bo'lgan matematik va umumnazariy ishlar to'g'risida quyidagi
ma'lumotlarni berish mumkin.
Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi
akademiklari L. Eyler va D. Bernullilar bilan birgalikda to'lqin
tenglamalari
nazariyasini
hamda
matematik
fizika
asoslarini
yaratishdi.
Laplasning to'g'ri o'zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan.
Hajm integralini sirt integraliga o'zgartirish formulasini M.V.
Ostrogradskiy 1828 yilda bergan.
Differensial tenglamalarni operator usulida integrallashni rus
matematigi M. Vashenko-Zaxarchenko taklif etgan.
O'rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. Chebishev
tomonidan 1867 yil, Dyuamel integrali esa 1883 yil berilgan. Ma'lum
harakatning turg'unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon
etgan. Operator usuli elektrotexnika faniga O. Xevisayd tomonidan
1892-1912 yillarda tadbiq etilgan.
Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash
usulini amerika olimi Ch. Shteynmets 1894 yilda taklif etgan.
Garmonik balans usulida nochiziq elektr zanjirlarni hisoblash usulini
fransuz olimi M. Joli 1911 yil joriy etgan. Sekin o'zgaradigan
amplitudalar usulini 1927 yil golland olimi B. Vander-Pol taklif
etgan. Kichik parametrlar usulini esa 1928 yil fransuz olimi G.
Puankare taklif etgan.
Nochiziq
tebranishlar
nazariyasidagi
fundamental
ishlarni
akademiklar L. Mandelshtamm, N. Papaleksi va A. Andronov 1937 yil
amalga oshirdilar.
Nochiziq zanjirlarni chastotaviy usulda tahlil etishni rus olimlari
N.M. Krilov va N.N. Bogolyubov birinchi bo'lib taklif etdilar. Elektr
zanjirlar sintezini birinchi bor nemis olimlari I.O. Sobel (1924 y.),
amerika olimi R. Foster (1924 y.) rus olimlari S. Yevlanov (1937 y)
hamda B.V. Bulgakov (1949 y.) nazariy jihatdan asosladilar.

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI


11
Elektr zanjirlarni signal graflar bilan tahlil qilishni rus olimi B.N.


Petrov (1945 y.) va amerika olimi S. Mezon (1953 y.) taklif etishgan.
Maydon nazariyasi masalalarini yechishda integral tenglamalarni
qo'llashni rus olimlari G.A. Granberg, V.M. Alexin, O.V. Tozoni, E.V.
Kotel nikovlar (1948 y.) taklif etdilar.
1904 yilda Peterburg politexnika institutida professor V.F.
Mitkevich "Elektr va magnit xossalari" fanidan, 1915 yilda Moskva
Bauman
oliy
texnika
o'quv
yurtida
professor
K.A.
Krug
"O'zgaruvchan toklar nazariyasi" fanidan ma'ruzalar o'qidi.
O'zbekistonda energetika va elektrotexnika fanlarini o'rganish va
rivojlantirish XX-asrning 30 yillaridan boshlandi. Respublikadagi
energetika va elektrotexnikaning asosiy ilmiy yo'nalishlari N.
Shcherdin va akademik X. Fozilov rahbarligida belgilandi va elektr
stansiyalar elektr tizimi va jihozlarini takomillashtirish, puxtaligini
oshirish, samaradorligini ko'tarishga qaratildi. Elektr tizimlarini
hisoblashning ixcham usullari (X.Fozilov, K.R. Allayev, T.X. Nosirov,
1960-70 yillar) taklif etildi.
Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta o'lchamli nochiziq
tenglamalarni yechish (S. Solihov) masalalari tadqiq qilindi.
An'anaviy energiya hamda tiklanuvchi energiyadan kompleks
foydalanish (R.A. Zoxidov) masalalari xalq xo'jaligi uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
1970-1980
yillarda
akademik
J.Abdullayev
tomonidan
energetika tizimlarida o'lchash texnikasi aniqligi, puxtaligi va
samaradorligini oshirish bo'yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirildi.
Shu yillarda o'zbek olimlari (M.Z.Xomidxonov, S.Z.Usmonov,
N.M.Usmonxodjayev,
M.Xusanov,
O.O.Xoshimov,
K.Mo'minov)
avtomatlashgan elektr yuritmalarning yangi avlodini hamda ko'p
rotorli asinxron motorlarni (A.Dadajonov) yaratishga muvaffaq
bo'ldilar. Elektr tarmoqlari optimal rejimlarini boshqarish asoslari (E.
Payziyev) yaratildi.
Nazariy elektrotexnika sohasida nochiziq elektr zanjirlari va
tizimlari nazariyasi (G.R. Raximov, Z.I. Ismoilov, P.F. Xasanov) hamda
avtoparametrik tebranishlar zanjirlarida o'zgaruvchan tok fazalar soni
va chastotasini o'zgartirish nazariyasi (A.S.Karimov, M.I. Ibodullayev)
takomillashtirildi.
Tarqoq
parametrli
zanjirlar
nazariyasi
va
ular
asosida
elektrotexnik hamda elektr o'lchash o'zgartkichlarini takomillashtirish
(M.F. Zaripov) yo'nalishlarida ijobiy natijalarga erishildi.
Elektr o'lchashlar fanida yangi xarakteristikalarga ega chastotasi
o'zgaruvchan o'zgartgichlar va o'lchash ko'priklari nazariyasi Sh.Sh.
Zoxidov tomonidan takomillashtirildi.


Yüklə 173,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin