Elektrotexnikaning nazariy asoslari S. F. Amirov, M. S. Yoqubov,
1.1.3. Elektr tok. Tok zichligi
Elektr zaryadlari erkin tashuvchilarining elektr maydoni ta'sirida tartibli harakati elektr tok deyiladi. Elektr tok son jihatdan
quyidagicha aniqlanadi:
,
lim
0
dt dq t q i t
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
23
bu yerda
q
-elementar zaryad,
t
-shu zaryadni biror
yuzadan o'tish vaqti.
Vaqt bo'yicha qiymati va yo'nalishi o'zgarmaydigan tok o'zgarmas tok, vaqt bo'yicha o'zgaradigan tok o'zgaruvchan tok deb ataladi.
O'zgarmas tokning qiymati o'tkazgich ko'ndalang kesimidan 1 s
vaqt mobaynida o'tadigan elektr miqdori yoki zaryad bilan
aniqlanadi:
.
А с Кл t Q I
Amper - o'zgarmas tokning shunday qiymatiki, u cheksiz uzun va ingichka hamda vakuumda o'zaro 1 m masofada joylashgan ikkita o'tkazgichdan o'tganda ular orasida qiymati 2 10 -7 N ga teng bo'lgan kuch yuzaga keladi.
Elektr tokning musbat yo'nalishi sifatida musbat zaryadlarning
manbaning "+" qismasidan "-" qismasiga harakat yo'nalishi shartli
ravishda qabul qilingan.
Elektr tokni uzluksiz o'tishi uchun potensiallar farqini hosil qiluvchi manba va zaryadlar harakati uchun berk yo'l bo'lishi shart.
O'tkazgichlarni elektr tok bilan qanday darajada yuklanganligini
baholash uchun tok zichligi tushunchasidan foydalaniladi.
Tok zichligi vektor kattalik bo'lib, s elementar yuzadan o'tayotgan i elementar tokning s yuzaga nisbati 0
s dagi limitiga teng: ds di s i S
0
lim