Fosh etish murakkabligini quyidagi
koeffitsientlar yordamida
o‘lchash mumkin:
- ma’lumotlar murakkabligi. Fosh etish amalining kirish
yo‘lida foydalaniladigan ma’lumotlar hajmi;
- ishlash murakkabligi. Fosh etish uchun kerakli vaqt.
Ko‘pincha ish koeffitsienti deb yuritiladi;
- xotiraga talablar. Fosh etishga kerakli xotira sig‘imi.
Fosh etishning ba’zi amallari uchun koeffitsientlaming o‘zaro
aloqasi joiz hisoblanadi: tezroq fosh etishga xotiraga talablami
kuchaytirish evaziga erishish mumkin.
Murakkablik talaygina kattalik orqali ifodalanadi.
Muayyan
algoritm uchun ishlash murakkabligi 2128 ni tashkil etsa, algoritmni
fosh etish uchun 2128 ta amal kerak bo‘ladi (ushbu amallar murak-
kab va davomli bo‘lishi mumkin). Masalan, agar hisoblash quvvati
sekundiga million amal bajarsa va masalani yechish uchun million
parallel
protsessor ishlatilsa, kalitga ega bo‘lish uchun 1019 yildan
ko‘proq vaqt talab etiladi. Bu koinot mavjud bo‘lgan vaqtdan
million marta ko‘pdir.
Fosh etish murakkabligi o‘zgarmay qolganida kompyuter quv
vati oshib boradi. Oxirgi 50 yil mobaynida hisoblash
quvvati niho-
yatda oshib ketdi va ushbu tendensiya davom etishiga shubha yo‘q.
Aksariyat kriptografik usullar parallel kompyuterlar uchun yaroqli
hisoblanadi: masalan, milliard kichik fragmentlarga ajratiladiki,
ulami yechish uchun protsessorlararo ta’siming keragi boimaydi.
Kriptotizimlarni sindirishga bardoshli loyihalashda hisoblash vosita-
lari kelajagini hisobga olish zarur.
Nazorat savollari:
1. Kriptotahlil tushunchasi.
2. Kripotahlil usullarini sanab bering.
3. Tahlillash murakkabligini qanday koeffitsientlar yordamida
o‘lchash mumkin.
130