S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


6-jadvalda quruq changtutgichlarning ko‘rsatkichlari keltirilgan. 6-jadval



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

81


6-jadvalda quruq changtutgichlarning ko‘rsatkichlari keltirilgan.
6-jadval
Quruq changtutgichlarning ko‘rsatkichlari
Changtutgichning turi
M aksimal
quvvati,
m 3/s
Turli o ic h a m li 
changlarni tutish 
sam aradorligi.%
Gidravlik
qarshilik,
Pa
Gaz tem pera- 
turasining 
yuqori chegarasi 
°C
C ho'kliruvchi kam era 
Siklon
Quyunli changtutgich 
Batareyali siklon 
Inersion changtutgich 
D inamik changtutgich
v8
85000
30000
170000
127000
42500
8 0 -9 0 (50 mkm) 
5 0 -8 0 (10 mkm) 
90 (2 mkm)
90 (5 mkm)
90 (2 mkm)
90 (2 mkm)
50-130 
250-1500 
2000 gacha 
750-1500 
750-1500 
750-1500
350-550 
350-550 
250 gacha 
350-5 5 0
400 gacha 
400 gacha
V — joylashishi mumkin bo‘lgan maydonga qarab aniqlanadi.
4.4. Gazlarni filtrlarda tozalash
Havoni filtrlash usuli bilan tozalash uchun changlangan havo 
filtrlovchi to'siqlardan o'tkaziladi. Filtrlovchi to ‘siqlar tuzilishiga binoan 
turli-tuman, lekin asosan tolalik va donalik bo‘lib, shartli ravishda 
ular quyidagi turlarga bo'linadi:
Egiluvchan g‘ovak to ‘siq — tabiiy va sun’iy matolar; qog‘oz, karton, 
namat, kleyonka, matosiz tolali materiallar; yacheykali ashyolar, ya’ni 
gubkali rezina, penapoliuretan, membranali filtrlar;
Yarim qattiq g‘ovak to ‘siqlar — tayanch moslamalarga biriktirilgan 
tolalar qatlami, payraxa, to‘qilgan setkalar;
Dag‘al g‘ovakli to ‘siqlar — donalik materiallar (g'ovakli sopol yoki 
plastmassa, pishirilgan yoki presslangan metallar poroshogi, g‘ovakli 
shishalar, ko‘mir, grafitli va boshqa materiallar); tolali materiallar (metall 
va shishadan tayyorlangan tolalar qatlam i); m etall setkalar va 
perfovaraqlar.
Filtrlash usuli bilan tozalash jarayonida zarrachalar tolali yoki donali 
material yuzasiga yaqinlashadi, u bilan to‘qnashib, diffuziya, inersiya 
va elektrostatik kuchlar ta ’sirida cho‘kib qoladi. Filtrlarda tutib olingan
82


chang zarrachalari uning g‘ovaklarida to'planib borishi natijasida 
to‘siqda changli qatlam.hosil qilib, keyingi changlar uchun filtrlovchi 
muhit vazifasini о Чау boshlaydi. To'siqlarni qaysi birini qachon 
q[o‘llashni aniqlashda birinchi navbatda chang zarrachalarining 
o'lchamiga qaraladi va keyin boshqa xususiyatlari ham hisobga olinadi. 
Agar chang zarrachalari yirik bo‘lsa, u holda qattiq va dag‘al to ‘siqlar 
qo‘llaniladi, chang zarrachalari juda mayda bo‘lsa, u holda egiluvchan 
g'ovak to‘siqlar qo‘llaniladi.
Tozalanayotgan havoning tarkibidagi changning kirayotgan va 
chiqayotgan vaqtdagi miqdoriga binoan filtrlar shartli ravishda 3 sinfga 
bo‘linadilar.
1. Mayda chang zarrachalarini tozalash uchun qo‘llaniladigan filtrlar. 
Ularning samaradorligi 99% ni tashkil qiladi. Ushbu filtrlar yuqori 
zaharli chang zarrachalarini ushlab qolish uchun mo'ljallangan, ya’ni 
gaz tarkibidagi submikron zarrachalarni tozalash uchun qo‘llaniladi. 
Ularni regeneratsiya qilib bolmaydi. Filtrga kiritilayotgan gazning 
tarkibida < 1 m g/m 3 va filtrlash tezligi < 10 sm/s bo‘ladi.
2. Havoli filtrlar — ushbu filtrlar asosan havoni ventilatsiya va 
kondensionerlash sistem alarida qo ‘llaniladi. U la r changning 
konsentratsiyasi 50 mg/m 3 dan kam bo‘lganda va katta filtrlash tezligida
— 2 ,5 —3 m /s ishlaydilar. F iltrlar regeneratsiyalanadigan va 
•regeneratsiyalanmaydigan turlarga bo'linadilar.
3. Sanoatda qo‘llaniladigan filtrlar — matoli, donali, dag'al tolali 
bo‘lib, sanoat gazlarining tarkibida 60 g/m 3 ga miqdorda chang bor 
bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ushbu filtrlar regeneratsiyalanadi.
Matoli filtrlar. 

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin