tika va boshqa sohalarda qo‘llanadi. Submikron o ‘lchamli
chang
zarrachalarini ham tozalash mumkin. Ularning quyidagi turlari mavjud:
1) quruq — ingichka tolali, elektrostatik, chuqur, bosh!ang‘ich
tozalash
filtrlari;
2) ho‘l — setkali, o‘z-o‘zini tozalovchi, davriy va to ‘xtovsiz sug‘orib
turiladigan.
20-rasm. Mayda zarrachali changni tozalovchi filtrlar:
a) — ramali: 1 — P — shaklidagi taxtacha; 2 — yonaki devor;
3 — filtrlovchi mato 4 — ajratgich.
b) D-KL — tipidagi pona shaklidagi separatorli filtr:
1 — filtrlovchi material; 2 — pona shaklidagi separator;
d) kombinirlangan filtr: 1 — tolali qatlam seksiyasi; 2 — mayda changni
tozalash seksiyasi.
Ushbu filtrlar yordamida barcha o ‘lchamdagi chang zarrachalari
bor bo‘lgan katta hajmdagi gazlarni tozalab olish mumkin. Ular
radioaktiv aerozollarni tozalash uchun keng qo‘llaniladi. 0 ‘lchamlari
0,05—0,5 mkm bo‘lgan changlarni 99%
tozalab olish uchun yupqa
varaq shaklida matolar yoki ultra yupqa tolalar qo‘llaniladi. Filtrlash
tezligi odatda 0,01-0,15 m /s ni tashkil etadi. Toza filtrlar qarshiligi
200—300 Pa ni, chang bilan to'lgan filtrlar qarshiligi esa 700-1500 Pa
ni tashkil qiladi. Filtrlarda chang zarrachalari diffuziya va to'qnashish
effekti hisobiga ushlab qolinadi. Ushbu filtrlarni
regeneratsiya qilib
bo'lmaydi. Shuning uchun ulardan uzoq vaqt (0,5 — 3 yil) foydalanish
mo‘ljallangan. So‘ngra ular yangisi bilan almashtiriladi.
Ushbu filtrlaming optimal konstruksiyasi quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
87
1) eng kichik o'lchamda eng katta filtrlash yuzasiga ega bo‘lishi;
2) minimal qarshilikka ega bo‘lishi;
3) tez va qulay o‘rnatish imkoniyatiga ega boiishi;
4) alohida moslamalar guruhlarga
birlashtirilganda ishonchli
germetiklikka ega bo‘lishi.
Yuqoridagi talablarga ramali filtrlar (20 a-rasm) to‘liq javob beradi.
20 b rasmda esa D-KL markali filtrlar keltirilgan. Viniplastli plyonkadan
tayyorlangan gofrirlangan taqsimlovchi — ramkalar orasiga filtrlovchi
matolar joylashtirilgan.
Ikki bosqichli yoki kombinirlangan filtrlar esa 20 d rasmda
keltirilgan. Bir korpusda dag‘al changni tutib olish uchun qalinligi 100
mm bo'lgan lavsan matoli filtr joylashtirilgan bo‘lsa, ikkinchisida mayda
zarrachalarni tutib olish uchun Petiyanov filtri joylashtirilgan.
Chuqur filtrlar — ko‘p qavatli filtrlar bo‘Hb, ventilatsion va texnologik
gazlarni radioaktiv zarrachalardan tozalash uchun qo'llaniladi. Ular
10—20 yil mobaynida ishlashi mumkin. So‘ng ularni ko‘mib; sementlab
tashlash zarur.
Dostları ilə paylaş: