1.3.Umumrivojlantiruvchi mashqlarga o’rgatishning turlari Odatda U.R.M shug’ullanuvchilar uchun bir marta bajarilganda murakkab xarakat topshiriqlari bo’lib ko’rinmaydi: o’rgatish jarayonida majmuadagi mashqlar tartibini yodlab olish zarur bo’ladi. Lekin shunga qaramay, U.R.M ni o’zgartirib olishda dastlabki va so’nggi xarakatlardagi xatoliklarni yo’qotishga oloxida e'tibor berish, xarakatda ishtirok etmaydigan mushaklar zo’riqishiga yo’l qo’ymaslik lozim. U.R.M ni o’rgatishda eng samarali usullar: ularni umumiy tarzda va bo’limlariga taqsimlab o’rgatishdir. Bunda ko’rsatish gapirib tushuntirish va aralash yo’llarini qo’llash mumkin.
1. Ko’rsatish asosida yaxlit tarzda o’rgatish. O’qituvchi avval mashqni to’laligicha ko’rsatadi. Keyin “Dastlabki xolatni egallab” komandasi beriladi,(bajarish yo’li zarur bo’lsa, qadamlar bilan, “sakrab” deb tushuntiriladi ). Agar mashq bajarishni to’xtatish zarur bo’lsa, “To’xtating! ” komandasi beriladi.
Mashg’ulotni o’tkazuvchi gurux oldida turgancha mashqni bajaradi, uning xarakatlari ko’zguda aks etganday ko’rinib, boshqalar uchun qulaylik tug’diradi. U.R.M ni sanab o’tkazish tavsiya etiladi, ko’proq 4 va 8 gacha sanaladi.
Bu musiqa jo’rligida foydalanish imkonini beradi. U.R.M ni “ko’rsatish yo’li bilan” o’rgatganda, ayni vaqtda qaysi sanoqqa qanday mashq bajarilishi xaqida ko’rsatmalar xam beriladi. Gurux bilan birgalikda mashqni 2-3 marta takrorlagandan keyin o’tkazuvchi sanash va aytib turishga o’tadi. Mashqlarni “To’xta!” komandasidan so’ng tugatadilar. Bu buyruq so’nggi sanoq o’rniga beriladi. Kichik maktab yoshidagi bolarga o’rgatilayotganda, komandalar emas, buyruqlar beriladi, masalan: “Dastlabki xolatni egallang”, “mashqni men kabi bajaring”, “Mashqni tugatamiz” kabi .
2. Mashqni yaxlit xolda gapirib berish asosida o’rgatish. Osonroq mashqlar o’rgatilganda yoki shug’ullanuvchilar, diqqatini faollashtirish maqsadida ushbu usuldan foydalaniladi.
O’qituvchi mashqlarni tushuntiradi, avval dastlabki xolat qanday bo’lishini aytib beradi, xar bir sanoqqa aniq qanday xarakatlar bajarilishini qisqacha gapirib o’tadi. Komandalar “Ko’rsatish asosida” bajariladigan mashqlardagi kabi beriladi. Sanash o’rniga asosiy xarakatlarni mashqlar ritmi va tezligidan kelib chiqib yo’l –yo’lakay tushuntirib ketiladi. Masalan, “bir- ikki- uch -to’rt” deb sanash o’rniga, “Engashing- tiklaning-o’tirish- turish” so’zlarini aytish kifoya. Ko’rsatish
va gapirib berishni birlashtiradigan “aralash” usullarda o’qituvchi mashqni xam ko’rsatadi, xam tushuntiradi.