168
Glossariy
Aktinomorf-
gul markazidan ikki va undan koʻp chiziq oʻtkazilganda teng
simmetrik qismlarga boʻlinsa, toʻgʻri — aktinomorf gul deyiladi.
Antiseptik vositalar-
(anti ... va yun. septikos – chirish) tib-biyotda – teri, gavda
bo‘shliqlari, jarohat yuzasi va boshqa joylardagi kasallik qo‘zg‘atuvchi
mikroblarga nisbatan kushandalik xususiyatiga ega moddalar
Aromaterapiya- Bu jismoniy va psixologik farovonlikni
yaxshilash uchun efir
moylari, xushbo'y aralashmalar va o'simlik ekstraktlari kabi turli xil
materiallardan foydalanish.
Ayrim jinsli- bitta gulda faqat bir jins yani yoki changchi yoki urug’chi
uchrashiga aytiladi.
Areal-
(lot. area – maydon, ma-kon) – o‘simlik
yoki hayvonlarning biror turi,
turkumi yoki oilasi tarqalgan hudud.
Antigelmint- organizmdagi parazit chuvalchanglarga qarshi vosita
Barg-
yuksak
o‘simliklarning
asosiy
vegetativ
organlaridan
biri, fotosintez, transpiratsiya
va gaz almashinuvi vazifasini bajaruvchi a’zosi.
Bir uyli- bir tupda ham changchi ham urug’chi guli joylashgan gullarga aytiladi
Dixogamiya - Urug‘chi va changchi gullari turli muddatda ochilishiga aytiladi.
Diuretik - siydik ajralishini oshiruvchi yoki haydovchi xususiyat
Dizenteriya- ichaklarni zararlovchi infektsion xastalik
Endosperm-
(endo... va spermA. - oʻsimlik urugʻida hosil boʻladigan zapas
oziq toʻqima.
Endemik – faqat bitta hududga mansub shu hududda o’suvchi o’simliklarga
aytiladi.
Ekzema
— terining allergik kasalligi
Enterit-
(yun. — ichak) — ingichka ichakning yalligʻlanishi
Fitontsid -(
fito... va lot. caedo — oʻldiraman) — oʻsimliklar
hosil qiladigan
faol modda, boshqa organizmlar (asosan, mikroblar)ni oʻldiradi yoki ularning
oʻsish va rivojlanishini toʻxtatadi.
169
Gul-
yopiq urugʻli oʻsimliklar)ning generativ (jinsiy urchish) organi. Gul oʻsishi
cheklangan, shakli oʻzgargan novda hisoblanadi
Gemorroy- — to’g’ri ichak atrofida tugun
hosil qiladigan gemorroidal
venalarning trombozi, yallig’lanishi yoki patologik
kattalashishi va buralib
qolishi bilan bog’liq kasallik.
Gipertoniya-
(giper... va yun. tonos — taranglik) — aʼzo va toʻqimalar tonusi
(tarangligi)ning ortishi. Mayda arteriyalar tonusining
ortishi natijasida qon
bosimining koʻtarilishiga aytiladi.
Gingivit -
(lot. gingiva — milk, itis — yalliglanish) — milk
shilliq qavatining
yalligʻlanishi.
Gastrit -
(yun. gaster — meʼda, oshqozon) — meʼda shilliq qavatining
yalligʻlanishi; koʻpincha meʼdaning sekret (meʼda shirasi ajralishi) va harakat
faoliyatining izdan chiqishi bilan birga kechadi..
Ihota-
himoya ekin lari — turli dala ekinlari
orasiga maxsus ekilgan ekin
katorlari.
Kolit-
yoʻgʻon ichakning yalligʻlanishi
Polikarpik -
o'simliklar - o'lishdan oldin ko'p marta gullaydigan va urug'larni
o'stiradigan o'simliklar.
Podagra-
(yun. podos — oyoq va agra — qopqon) — organizmda moddalar
almashinuvining buzilishidan kelib chiqadigan kasallik.
Bunda suyaklar,
boʻgʻimlar, togʻaylar, paylar, fassiyalar va boshqalarda siydik kislota tuzlari
(uratlar) toʻplanadi.
Regenerativ-
(lot. regeneratio qayta tiklanish) (biologiyadA. —
organizmning
yoʻqotgan yoki jarohatlangan organlar va toʻqimalarni tiklash xususiyati
Raxit – D vitamin yetishmasligida kelib chiquvchi kasallik
Sil kasalligi – tayoqchasimon bakteriyalar qo’zg’atuvchi o’pka kasalligi