S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Ephedra- strobilacea Bge
 Dorivorlik xususiyati:
bronxial astma, gipotenziya, o‘tkir respirator virusli 
infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi
 Tur. Ikkiboshoqli efedra (Ephedra distachya L)
qisqa poyali buta o‘simlik 
bo‘lib, bo‘yi 10-25 sm gacha yetadi. Novdasi yashil rangda, barglari qisqargan, 
tangachasimon changchi kuchalasi anerofora degan alohida bandchada rivojlanadi. 
Barglari kuchli reduksiyalashgan. U asosan qumlarda, qumli substratlarda, dasht va 
sahro mintaqalarda keng tarqalgan. Bu efedra Markaziy Osiyoda, Shimoliy 
Qozog‘istonning qariyb hamma qismida, Sibirda, Kavkazda, Rossiyaning Yevropa 
qismining janubida va G‘arbiy Yevropada tarqalgan. O‘zbekistonning Toshkent, 
Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi 
viloyatlarining tog‘li shag‘al va tosh yonbag‘irlarda, Qoraqalpog‘istondagi mayda 
tuproqli va shag‘alli joylarda o‘sadi.
Dorivorlik xususiyati:
Zamonaviy ilmiy tibbiyotda efedrin preparatlari bronxial 
astma, gipotenziya, mavsumiy allergik rinokonyunktivit, o‘tkir respirator virusli 
infeksiyalar, morfin guruhi va skopolamin bilan zaharlanish bilan kechadigan 
holatlar uchun buyuriladi. 
Ikkiboshoqli efedra-Ephedra distachya L.


22 
Rossiyada bu o‘simlikdan xalq orasida uzoq vaqtdan beri revmatizm, ovqat hazm 
qilish tizimining buzilishi va o‘pka va bronxlar kasalliklarida mushak va 
bo‘g‘imlarda og‘riqni davolashda samarali vositasi sifatida ishlatilgan.
4
Hozirgi 
vaqtda efedrin alkaloidlari revmatizm uchun ilmiy tibbiyotda qo‘llanilmasa ham, 
ularning yallig‘lanishga qarshi ta’siriga oid dalillar mavjud 
5
Xitoy an’anaviy tibbiyotida efedra bronxial astma, shamollash, bronxit 
kasalliklari, artrit, bosh og‘rig‘i va arterial gipotenziyani davolashda ishlatiladi .
6
Efedra o‘tini qabul qilish ta’siri gipertoniya, yurak qon-tomir xastaliklari
uyqusizlik va xavotirning pasayishi kabi holatlarda qo‘llaniladi. Efedra 
preparatlarini tunda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin