58
Eshak sho‘ra -Amaranthus retroflexus
Dorivorlik xususiyati
: Bu o‘simlikning guli , ildizi va barglar ishlatiladi.
O‘simlik moyidan sirtga qo‘llansa qoraqo‘tir, qichishish kabi kasalliklarni
davolaydi. O‘simlikdan og‘ir hayz ko‘rish, gemoroidal qon ketish ,
oshqozon
yarasi va turli xil yallig‘lanishlarga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi. Xalq
tabobatida bargidan tayyorlangan damlamasi bosh og‘rig‘i va o‘sma kasalliklari
uchun, qovurilgan shaklda iste’mol qilish esa dizenteriya xastaligi uchun ishlatiladi
Sho‘radoshlar (Chenopodiaseae) oilasiga deyarli hamma qit’alarning sahro va
cho‘llarida, qumlarda va sho‘rtob yerlarda o‘sadigan 100
dan ortiq turkumga
mansub, 1500 turga oid daraxtlar, butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar
kiradi. Bularning ko‘pchiligi cho‘llarda o‘sadi. Bu o‘simliklar ko‘pincha etdor
sersuv bo‘ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket
yoki qarama-qarshi
o‘rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo‘qolib ketgan bo‘lishi
mumkin. Gullar mayda, yashil yoki rangsiz, to‘g‘ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, ba`zan
ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to`pgulda o‘rnashgan. Tugunchasi bir
uyli va bir urug‘ kurtakli. Mevasi asosan yong‘oqcha.
Dostları ilə paylaş: